Shavkat mirziyoev bmt inson hukuklari boyicha oliy komissarini kabul kildi — ozbekiston

Shavkat mirziyoev bmt inson hukuklari boyicha oliy komissarini kabul kildi — ozbekiston

Shavkat mirziyoev bmt inson huk’uk’lari bo’yicha oliy komissarini k’abul k’ildi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 10 may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huk’uk’lari bo’yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husaynni k’abul k’ildi, deb xabar berdi O’zA. K’ayd etish joizki, bu BMT inson huk’uk’lari bo’yicha Oliy komissarining respublikaga birinchi tashrifi hisoblanadi.
Davlat rahbari mehmonni k’utlar ekan, O’zbekiston va BMT, ushbu nufuzli universal xalk’aro tashkilot institutlari, shu jumladan, BMT Inson huk’uk’lari bo’yicha Oliy komissari boshk’armasi o’rtasida amaliy va ochik’ mulok’otni yanada rivojlantirish va mustahkamlash muhimligini alohida ta’kidladi.
Inson huk’uk’larini har tomonlama himoya k’ilish O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli tarkibiy islohotlarning ustuvor yo’nalishi ekani k’ayd etildi.
YAk’inda tasdik’langan va mohiyatiga ko’ra BMT Bark’aror rivojlanish mak’sadlarini amalga oshirishning «yo’l xaritasi»ga aylangan 2017?2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida demokratik huk’uk’iy davlat va kuchli fuk’arolik jamiyati k’urishni takomillashtirishga doir anik’ chora-tadbirlar dasturi belgilangan.
Bundan tashk’ari, O’zbekiston inson huk’uk’lari bo’yicha 70 dan ziyod xalk’aro hujjatga, jumladan, BMTning o’nta shartnomasiga k’o’shilgan. Bugungi kunda ushbu hujjatlarni milliy k’onunchiligimizga implementasiya k’ilish va amaliyotga joriy etish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmok’da.
Uchrashuvda o’zaro hamkorlikning istik’bolli yo’nalishlari bo’yicha fikr almashildi.
Zayd Raad al-Husayn Prezident Shavkat Mirziyoevga samimiy k’abul, O’zbekistonda inson huk’uk’larini himoya k’ilish masalalariga yuksak e’tibor k’aratilayotgani va bu borada amaliy choralar ko’rilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. BMT Inson huk’uk’lari bo’yicha Oliy komissari boshk’armasi O’zbekiston bilan uzok’ muddatli va tizimli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.