Shavkat mirziyoev bogi bobur istirohat bogi bilan tanishdi — ozbekiston
Shavkat mirziyoev bog’i bobur istirohat bog’i bilan tanishdi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Andijon viloyatiga tashrifini «Bog’i Bobur» istirohat bog’i bilan tanishishdan boshladi, deb xabar k’ildi O’zA.
Istirohat bog’i Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilgan. 357 gektar maydonni egallagan bog’da Bobur Mirzoning ramziy k’abri va haykali, «Bobur va jahon madaniyati» muzeyi barpo etilgan.
Davlat rahbari tashabbusi bilan istirohat bog’ini yanada obod k’ilish, muzeyni ta’mirlash va faoliyatini kengaytirish rejalashtirilgan.
«Har bir hududga borganda o’sha erning tarixini o’rganish va tiklashga e’tibor k’aratmok’damiz. Bobur Mirzo xalk’imizning buyuk farzandi. Adabiyot, ilm, ma’rifat nuk’tai nazaridan u hamon yashayapti. Bu maskanni yanada obod k’ilib, tarbiya o’chog’iga aylantirish zarur. O’zligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-ma’rifatni rivojlantirsak, hech k’achon kam bo’lmaymiz», — dedi Shavkat Mirziyoev.
Prezident muzey eksponatlari bilan tanishdi. Olimlar va nuroniylar bilan mulok’otda bo’ldi.
Комментарии 0