Shavkat mirziyoev erlan idrisovni kabul kildi — ozbekiston

Shavkat mirziyoev erlan idrisovni kabul kildi — ozbekiston

Shavkat mirziyoev erlan idrisovni k’abul k’ildi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 dekabr kuni mamlakatga ishchi tashrif bilan kelgan K’ozog’iston tashk’i ishlar vaziri Erlan Idrisovni k’abul k’ildi. Bu hak’da davlat rahbari matbuot xizmati xabar k’ildi.
Shavkat Mirziyoev K’ozog’iston rahbari va xalk’ini mazkur mamlakat mustak’illigining 25 yilligi bilan tabrikladi. U O’zbekiston-K’ozog’iston o’rtasidagi ishonchli va mazmundor alok’alar har ikki mamlakat va k’ardosh xalk’larning uzok’ muddatli manfaatlariga muvofik’ kelishini ta’kidlab o’tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat yak’in k’o’shni va vak’t sinovidan o’tgan hamkorlar sifatida bir-biri va butun Markaziy Osiyoda xavfsizlik va bark’arorlik, bark’aror ik’tisodiy va ijtimoiy tarak’k’iyotni ta’minlashdan birdek manfaatdor ekani k’ayd etib o’tildi.
K’ozog’istonning 2017?2018 yillarda BMT Xavfsizlik kengashining nodoimiy a’zoligiga saylangani Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlarining global mik’yosda k’o’llab-k’uvvatlanishi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Shavkat Mirziyoev va Erlan Idrisov O’zbekiston-K’ozog’iston kun tartibidagi barcha yo’nalishlar, eng avvalo savdo-ik’tisodiy, investision va transport-kommunikasiya sohalari bo’yicha o’zaro fikr almashdi. Mintak’adagi eng yirik savdo hamkorlari hisoblangan O’zbekiston va K’ozog’iston mazkur sohada munosabatlarni chuk’urlashtirish va kengaytirish, mavjud barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekani aytib o’tildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.