Shavkat mirziyoev margilondan quqonga poezdda bordi — ozbekiston

Shavkat mirziyoev margilondan quqonga poezdda bordi — ozbekiston

Shavkat mirziyoev margilondan quqonga poezdda bordi — o’zbekiston

Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Fargona viloyati buylab safari chogida Quqon shahriga tashrif buyurdi. Davlat rahbari bu erga Margilondan poezdda keldi, deb khabar qildi UzA. Bu ikki shahar urtasida qatnovchi elektropoezdning birinchi reysi edi.
Quqon shahridagi «Shaffof metan sanoat» masuliyati cheklangan jamiyatida iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi. «Shaffof metan sanoat» MChJ tomonidan Quqon shahrida siqilgan va suyultirilgan gaz ballonlar ishlab chiqarish yunalishidagi zamonaviy korkhona tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun eski «Quqonmash» zavodining bush turgan binolarida zamonaviy tekhnologiya urnatiladi. Yiliga 100 ming dona gaz balloni ishlab chiqarish va avtotransport vositalariga urnatish yulga quyiladi. Korkhonada 30 ish urni yaratiladi.
Davlat rahbari ushbu mahsulotlarga bulgan talab bilan qiziqdi. Gaz bilan yuradigan transport vositalari kupaysa, benzin va dizel yoqilgisiga talab kamayadi. Natijada sohadagi khizmatlar arzonlashadi, imkoniyatlar kengayadi, dedi Prezident.
Mahsulot tannarkhini arzonlashtirish, ishlab chiqarishni ikki barobar oshirish, sohaga ikhtisoslashgan mutakhassislar tayyorlash buyicha kursatmalar berildi.
Quqon shahrida hunarmandlikni va turizmni rivojlantirish borasida ham qator loyihalar belgilangan. Jumladan, hunarmandlik va zargarlik markazlari tashkil etish, zamonaviy mehmonkhona qurish rejalashtirilgan. Ular qator soliq imtiyozlariga ega buladi, aholi bandligini taminlash, farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shaharda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yana bir loyiha — Wi-Fi tarmogini barpo etish loyihasi aholi va sayyohlarga qushimcha qulaylik yaratadi.
Loyihalashtirilgan tibbiy khizmat va stasionar davolash markazi inson manfaatlarini taminlashga qaratilgan. Bu erda AQShning «Jeneral elektrik» kompaniyasidan zamonaviy tibbiy jihozlar urnatiladi. Markaz yiliga 25,5 ming kishini davolash, 500 jarrohlik amaliyoti utkazish imkoniyatiga ega buladi.
Prezident aholi salomatligi bilan bogliq bu majmua qurilishini tezlashtirish zarurligini takidladi.
Shavkat Mirziyoev «Imano grupp» korkhonasi negizida poliuretan qoplamali tayyor charm ishlab chiqarish investisiya loyihasi bilan tanishdi. Loyiha amalga oshirilgach, 250 ish urni tashkil etish imkoniyati yaratiladi.
Mavjud imkoniyatlardan etarlicha foydalanmayapmiz, dedi davlat rahbari. Tizimdagi korkhonalarni barqaror khomashyo bilan taminlash, bunga aholini ham jalb etish zarur. Khom terini yigish, sifatli tayyorlash va qayta ishlovchilarga etkazib berishga ikhtisoslashgan korkhonalar tashkil etish kerak.
Prezidentning 2017 yil 12 yanvardagi «Urgut», «Gijduvon», «Quqon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish tugrisida»gi farmoniga muvofiq, Quqonda erkin iqtisodiy zona barpo qilinmoqda. Ushbu hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida malumot berildi. Rejaga muvofiq, bu erda tuqimachilik, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik, elektrotekhnika, farmasevtika, mebelsozlik, poligrafiya, charm-poyabzal va qurilish materiallari ishlab chiqarish yulga quyiladi.
Shu erda tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan, chiqindilarni kompleks boshqarish klasterini tashkil etishga qaratilgan loyihalar ham namoyish etildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.