Shavkat mirziyoev pokistonga hamdardlik bildirdi — ozbekiston

Shavkat mirziyoev pokistonga hamdardlik bildirdi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husaynga va do’st Pokiston xalk’iga Sind muzofotining Sexvan-Sharif shahrida sodir etilgan terrorchilik xuruji ok’ibatida ko’plab insonlarning nobud bo’lgani munosabati bilan chuk’ur ta’ziya izhor etdi, deb xabar k’ildi TIV matbuot xizmati.
Davlat rahbari k’urbon bo’lganlarning oila a’zolari va yak’inlariga hamdardlik so’zlarini etkazdi hamda jarohat olganlarning tez orada sog’ayib ketishini tiladi.
Payshanba kuni kechk’urun Sexvan-Sharifda Lal Shaxboz K’alandar mak’barasi hududida portlash sodir bo’ldi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, 90 ga yak’in kishi halok bo’ldi, 300 dan ziyodi jarohatlandi. Portlash uchun javobgarlikni IShID to’dasi o’z zimmasiga oldi.
Комментарии 0