Shavkat mirziyoev vayronkor kuchlar atdan yanada faolrok foydalanmokda — ozbekiston

Shavkat mirziyoev vayronkor kuchlar atdan yanada faolrok foydalanmokda — ozbekiston

Shavkat mirziyoev: vayronkor kuchlar atdan yanada faolrok’ foydalanmok’da — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostonada Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidagi nutk’ida tashkilot ta’sis hujjatlarining ShHT Mintak’aviy aksilterror tuzilmasi vakolatlarini kengaytirishga oid k’ismiga o’zgartishlar kiritishni taklif k’ildi.
«Bugungi kunda xalk’aro terroristik guruhlar va vayronkor kuchlar o’z faoliyatida axborot texnologiyalaridan yanada faol k’o’llagan holda yoshlarimiz ongini zaharlash va zo’ravonlik g’oyalarini tark’atishda ulardan foydalanmok’da», — deya k’ayd etdi O’zbekiston Prezidenti.
U ShHT MATning global axborot maydonida vujudga kelayotgan tahdidlarni monitoring k’iluvchi va ularga k’arshi turuvchi tizimni tashkil etish bo’yicha vakolatlarini kengaytirishni taklif k’ildi.
Shavkat Mirziyoev o’sib kelayotgan avlodni turli terroristik va tazovuzkor tuzilmalar faoliyatiga jalb k’ilinishiga yo’l k’o’ymaslik bo’yicha hamkorlikdagi anik’ choralarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
«Barchamizni doimo yaxshilik, tinchlik va bag’rikenglikka chak’irgan va da’vat etuvchi islom dinining asl ma’rifiy k’adriyatlarini keng mik’yosda tushuntirishda hamkorlik k’ilish muhim deb hisoblaymiz», — dedi u.
Shavkat Mirziyoev mazkur mak’sadlarda Samark’andda Islom hamkorlik tashkiloti ko’magida Imom Buxoriy nomidagi Xalk’aro tadk’ik’ot markazi tashkil etilganini eslab o’tdi.
«O’ylaymizki, mazkur markaz faoliyati dinlararo, millatlararo va madaniy mulok’otga ko’maklashishga imkon tug’dirar edi. Biz ShHTga a’zo davlatlar diniy vakillari tashkil etilayotgan markaz faoliyatida faol k’atnashadi, deb umid k’ilamiz», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoev.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.