Shavkat mirziyoevning kamolot harakatining iv qurultoyidagi nutqi — ozbekiston

Shavkat mirziyoevning kamolot harakatining iv qurultoyidagi nutqi — ozbekiston

Shavkat mirziyoevning kamolot harakatining iv qurultoyidagi nutqi — o’zbekiston

Qadrli anjuman ishtirokchilari!
Avvalo, siz, azizlar bilan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida uchrashib turganimdan khursand ekanimni bildirib, barchangizga uzimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etishga rukhsat bergaysiz.
Ochigini aytganda, men bugungi uchrashuvga kupdan buyon tayyorgarlik kurib kelayotgan edim. Yurtimiz yoshlarining munosib vakillari, ertangi kunimiz egalari bulgan siz, aziz ugil-qizlarimiz davrasida yoshimiz, lavozimdagi farqlarga etibor bermasdan, khuddiki sizlar bilan teng bulib, chin dildan, samimiy bir suhbat qurishni anchadan beri orzu qilib kelar edim.
Bugun sizlarning qalbingiz, yuragingizdagi uy-fikrlar, maqsad-muddaolar, kerak bulsa, ushalmay turgan niyatlar bilan yaqindan tanishish, shu asosda yoshlar siyosati buyicha olib borayotgan ishlarimizni tanqidiy baholab, tegishli qarorlar qabul qilishni men uz faoliyatim uchun goyat muhim deb hisoblayman.
Malumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bulib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda.
«Tarbiya qancha mukammal bulsa, khalq shuncha bakhtli yashaydi», deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bulishi uchun esa bu masalada bushliq paydo bulishiga mutlaqo yul quyib bulmaydi.
Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda.
Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migrasiya, «ommaviy madaniyat» kabi khavf-khatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan etiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur etkazmoqda.
Mana shunday va boshqa kuplab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani — ayni haqiqat va buni hech kim inkor etolmaydi.
Bugungi uchrashuvimizda ana shu murakkab vaziyatni hisobga olgan holda, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati qanday amalga oshirilyapti, bu sohada qanday muammolar bor, ularni qanday hal qilishimiz kerak, bu borada yoshlar tashkilotining urni qanday bulishi lozim, degan masalalar haqida atroflicha gaplashib olsak, uylaymanki, maqsadga muvofiq buladi.
Hurmatli yigilish qatnashchilari!
Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarni modernizasiya qilish va yangilash jarayonlari yangi bosqichda jadal olib borilmoqda.
Hayot talablaridan kelib chiqib, yurtimizdagi kupgina davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyati yanada takomillashtirilmoqda.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, nafaqat yoshlarimiz, balki butun khalqimiz taqdiriga dakhldor bulgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining bugungi kuni va ertangi istiqboli barchamizni uylantirishi tabiiy.
Sizlarga yakhshi malum, bundan 16 yil oldin, yani, 2001 yilda tashkil etilgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati utgan davr mobaynida yoshlar hayotiga kirib borib, ularning malum bir qismini uz atrofida birlashtirishga, uz Dasturi va Ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni imkon darajasida bajarishga harakat qilib kelmoqda.
Tashkilot tomonidan yoshlarni har taraflama qullab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning hayotda uz urnini egallashiga kumaklashish buyicha bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilganini albatta etirof etishimiz kerak.
Ayni vaqtda tahlillar shuni kursatmoqdaki, mohiyat etibori bilan yoshlarning haqiqiy tayanchi va suyanchi bulishi zarur bulgan «Kamolot» harakati faoliyatida jiddiy kamchilik va nuqsonlar kuzga tashlanmoqda.
Birinchidan, «Kamolot» butun Uzbekiston yoshlarini birlashtirgan, tom manodagi ommaviy harakatga aylana olmadi. U asosan uz atrofida Harakat faoliyatiga khayrikhoh bulgan yoshlarni uyushtirib, faqat ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidangina ish olib bordi.
Natijada yoshlarning keng qatlamlariga taalluqli bulgan dolzarb masalalar, avvalo, yoshlarning bandligini taminlash, ularni katta maqsadlar sari safarbar etish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, qisqacha aytganda, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish buyicha uzini haqiqiy yoshlar tashkiloti sifatida kursata olmadi.
Malumotlarga kura, hozirgi vaqtda «Kamolot»ning 4 millionga yaqin azosi bor. Bu mamlakatimizdagi 10 milliondan ziyod yigit-qizlarning 40 foizini tashkil etadi.
Bir qarashda, 4 million — salmoqli raqam bulib kurinadi. Lekin kholisona aytganda, tashkilotga azolik kup hollarda faqat qogozda mavjud, amalda esa aksariyat azolar «Kamolot» tugrisida aniq tasavvurga ega emas, uning maqsad va vazifalarini bilmaydi, uz etakchilarini tanimaydi, Harakat faoliyatida ishtirok etmaydi.
Natijada yurtimizdagi minglab yoshlar, ayniqsa, qishloq joylarda nafaqat «Kamolot»ning, ayni vaqtda davlat va jamiyatning etiboridan chetda qolmoqda. Ular bilan hech kim deyarli shugullanmayapti, ular uz holiga tashlab quyilgan, desak, achchiq haqiqatni tan olgan bulamiz.
Buning oqibatida uyushmagan, yani, ishlamaydigan, uqimaydigan, tayin bir mashgulotga ega bulmagan, salbiy tasirlarga beriluvchi yoshlar soni ortib bormoqda.
YOshlar urtasida jinoyat sodir etish, diniy ekstremistik oqimlarga, terrorchi guruhlarga qushilib qolish holatlari kupayib borayotgani kuzatilmoqda.
2016 yilda yoshlar ishtirokida 1 million 740 mingga yaqin huquqbuzarlik, 23 ming 440 ta jinoyat sodir etilgani, yosh oilalar urtasida 8 mingdan ortiq ajralish holati qayd etilgani barchamizni jiddiy tashvishga solishi kerak.
Albatta, bu borada hamma aybni faqat «Kamolot»ga yuklab quyish adolatdan emas. Bu masalada mahalliy hokimliklar, ichki ishlar bulimlari, prokuratura, sud, mahalla idoralarining ham aybi bor.
Ayni vaqtda bu masalada yoshlar bilan doimo hamnafas, hamfikr bulib yashashi, ishlashi kerak bulgan «Kamolot» va uning joylardagi bulinmalarining masuliyati kuproq, desak, tugri buladi.
«Kamolot» faoliyatidagi bunday kamchiliklarning albatta obektiv va subektiv sabablaribor.
Obektiv sabablar shundan iboratki, biz uz vaqtida «Kamolot»ni jamoat tashkiloti sifatida tuzib, lekin undan katta bir vazirlik vazifasini talab qila boshladik. Unga juda keng, ulkan vazifalarni topshirdig-u, ammo ularni bajarish uchun zarur huquqiy va amaliy vakolatlar, tegishli imkoniyat va imtiyozlar yaratib berish haqida, afsuski, etarlicha bosh qotirmadik.
Oqibatda «Kamolot» yoshlar hayoti bilan bogliq hamma narsaga javob beradigan va ayni paytda hech narsaga javob bermaydigan, murt va zaif bir tuzilmaga aylanib qolganini bugun qanchalik ogir bulmasin, etirof etishimiz kerak.
«Kamolot» faoliyatiga salbiy tasir kursatayotgan subektiv sabablar haqida gapirganda, uning aksariyat rahbarlari va khodimlari tomonidan ishga rasmiyatchilik bilan, yuzaki va loqayd munosabatda bulish, maishatga, ichkilikbozlikka berilish kabi salbiy holatlarga yul quyilayotganini ham afsus bilan qayd etish lozim.
Men bugungi anjumanda «yoshlar etakchisi» degan yuksak nomga mutlaqo yarashmaydigan bunday nokhush holatlar haqida gapirib, sizlarni khijolatga quyish fikridan yiroqman.
Sizlar qurultoy majlislarida bu masalalarni ham muhokama qilib, ularga tegishli baho berasizlar, deb uylayman.
Afsuski, biz «Kamolot»ni yoshlarimiz chin dildan intiladigan, samarali faoliyat olib boradigan, zamonaviy kuchli bir tashkilotga aylantirish uchun uz vaqtida tegishli choralar kurmadik. Buni ochiq tan olishimiz va zarur khulosa chiqarishimiz kerak.
Men bu gaplarni osmondan olib emas, aniq faktlardan kelib chiqib aytyapman.
Mana, Prezidentning Khalq qabulkhonalari va Virtual qabulkhonasiga kelib tushayotgan murojaatlar bilan tanishib kuringlar. Ularning aksariyati «Bizni hech kim eshitmaydi», «Bizni hech kim tushunmaydi», «Biz bilan hech kim qiziqmaydi», «Rahbarlar uzini uylash bilan ovora» degan mazmunda yozilgan.
YOshlarga, ularning tashvish va muammolariga ana shunday mensimasdan qarash holatlari, afsuski, haqiqat.
Biz yoshlarga mana shunday bepisand, begona munosabatda bulsak, oqibati nima bulishi aniq — ular ham bizdan begonalashadi.
Uqishdan, ishdan, jamiyatdan, davlatdan, boringki, hayotdan kungli sovib, khalqimiz iborasi bilan aytganda, qulini yuvib, qultigiga uradi.
Bu haqda gapirganda, nafaqat joylarda, balki Harakatning markaziy idorasida ham mehnat va hayot tajribasiga ega bulgan malakali kadrlarning etishmasligi jiddiy muammo bulib turganini takidlash lozim.
Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, tizimda ishlayotgan khodimlarni moddiy ragbatlantirish va ijtimoiy qullab-quvvatlashga etarlicha etibor berilmayapti.
Urtacha oylik ish haqi 800 ming sumni tashkil etayotgani uchun ularning aksariyati oylik maoshi katta bulgan boshqa ishlarga utib ketyapti.
Buning ustiga, kupgina viloyat va tumanlarda «Kamolot» tashkilotlari uchun binolar etishmasligi, ularning moddiy-tekhnik bazasi nochorligi, zarur mebel va inventarlar, aloqa va tashkiliy tekhnika vositalari bilan etarlicha taminlanmagani, khizmat mashinalari yuqligi ham ishga salbiy tasir kursatmoqda.
Misol uchun, hududiy bulinmalarning 81 tasi mahalliy hokimliklar binosida, 96 tasi turli korkhona va muassasalar binosida joylashgan. Bu uz-uzidan yoshlarning uz tashkilotiga erkin kirib-chiqishini qiyinlashtirmoqda.
Bazi misollarga murojaat qilaylik.
Fargona viloyatida YOshlar markazi binosining birinchi qavatida yoshlar uchun muljallangan tugarak va klublar faoliyati tukhtatilib, mazkur bino hokimlik tomonidan boshqa tashkilotga berib yuborilgan.
«Kamolot»ning Toshkent viloyati, Piskent tumani kengashi tuman hokimligi binosida faoliyat yuritib kelgan. Ammo hokimning topshirigiga kura, «Kamolot»ga tegishli khonalar «Mahalla» fondining tuman bulimiga olib berilgan. «Kamolot»ga esa uchinchi qavatdagi majlislar zalidan shunchaki nomiga joy ajratilgan.
Qoraqalpogiston Respublikasining Kegeyli, Fargona viloyatining Sukh tumanidagi «Kamolot» tashkilotlari avariya holatidagi binolarda joylashganiga, aytinglar, nima desa buladi?
Ana shunday chidab bulmaydigan yana bir misolni keltirmoqchiman. «Kamolot» harakatining Urta Chirchiq tumani kengashi «Elegant» deb ataladigan kelin-kuyovlar libosi salonida joylashgan. Buni qanday baholash mumkin?
Harakatning joylardagi tuzilmalari faoliyati tor doirada cheklanib, asosan uquvchi-yoshlarga qaratilmoqda. Buning natijasida yoshlarning katta qismiga Harakatning suzi ham, amaliy tasiri ham etib bormayapti. Ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash masalasi etibordan chetda qolib ketmoqda.
«Kamolot» tomonidan utkazilayotgan kupchilik tadbirlarning, targibot materiallarining mazmuni va sifati pastligi, ular zamon talablariga javob bermasligi, yoshlar auditoriyasi bilan ish olib borishda interaktiv usullar qullanmayotganini qayd etish lozim.
Yana bir nokhush holat shundan iboratki, mahalliy hokimliklar tomonidan «Kamolot» rahbarlari va khodimlarini ularga aloqasi bulmagan vazifalarni bajarishga, jumladan, qishloq khujaligi yumushlari, metallom topshirish, obodonlashtirish kabi ishlarga, eng yomoni, turli-tuman majlislarga jalb etish avj olmoqda.
Bunday achinarli holat Toshkent shahrida ham mavjud bulib, «Kamolot»ning tuman kengashlari raislari obodonlashtirish ishlari, binolar fasadini tamirlashga safarbar etilgan.
Ular ish vaqtining asosiy qismini uzlariga biriktirilgan «okrug»larda utkazadi. Kechki payt esa hokimiyat majlislarida hisobot beradi. Uzingiz ayting, ular qachon uzining bevosita ishi, yani, yoshlar masalasi bilan shugullanadi?
Eng yomoni, joylardagi ayrim rahbarlar «Kamolot» uchun munosib sharoit yaratib berish, yoshlar etakchilariga yordam berish urniga ularga qupol munosabatda bulish, obrusini tukishni «ish uslubi»ga aylantirib olmoqda.
Masalan, joriy yilning 4 may kuni Navoiy shahridagi «YOshlik» sport majmuasida utkazilgan targibot tadbirlarida khunuk voqea ruy bergan. Ichki ishlar boshqarmasi rahbarlaridan biri «Kamolot»ning Navoiy viloyati kengashi raisini kupchilik urtasida haqorat qilib, zuravonlik bilan tadbirdan chetlashtirmoqchi bulgan.
Qani, ichki ishlar vaziri, A. Azizov, siz bu masalaga qanday izoh berasiz? Navoiy viloyat hokimi, Q. Tursunov, sizning bu holatdan khabaringiz bormi? Bor bulsa, bu masala buyicha qanday chora kurdingiz?
Shu borada Andijon viloyatidan ham nokhush bir misol keltirishga tugri keladi. Utgan yili Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan viloyat «Kamolot» harakati kengashiga Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tantanali ravishda yangi avtobus topshirilgan.
Lekin marosim tugashi bilan avtobus olib quyilib, uning urniga shalagi chiqqan eski transport vositasi berilgan. Aytinglar, bunday «uyin»lar, kuzbuyamachilik bilan biz yoshlarga qanday tarbiya beryapmiz?
Andijon viloyatining hokimi Sh. Abdurahmonov, siz bunga nima deysiz?
Afsuski, bunday kamchiliklarni respublika miqyosidagi vazirlik va idoralar faoliyatida ham uchratish mumkin.
Khalq talimi vaziri Ulugbek Inoyatov, ayting-chi, siz uz tizimingiz buyicha yoshlar etakchilari bilan qachon uchrashgansiz? Siz boshchilik qilayotgan sohada ishlayotgan pedagoglarning necha foizini yoshlar tashkil etadi? Ularning qanchasi «Kamolot» azolari hisoblanadi?
Hozirgi vaqtda kupgina qishloq joylarda turli manaviy-marifiy tadbirlar utkazish uchun zamonaviy infratuzilma tarmoqlari deyarli yuq. Masalan, Bakhmal, Mirzaobod, Khovos, Urta Chirchiq tumanlarida yoshlar uchun istirohat boglari, kinoteatrlar umuman mavjud emas.
Yana bir misol. Bukhoro shahrida joylashgan Ibn Sino nomidagi dam olish va istirohat bogi Vazirlar Mahkamasining qaroriga kura, 2016 yilning noyabr oyigacha rekonstruksiya qilinib, «Kamolot» balansiga yoshlar markazi sifatida utkazilishi zarur edi. Lekin mablag etishmasligi tufayli qurilish va obodonlashtirish ishlari tukhtab qolgan.
Qani, ana shu shahar va tumanlarning hokimlari, tegishli mutasaddilar, bu masalalarga qanday baho berishingiz mumkin?
Sizlar rahbar bulgan hududlarda yashaydigan yoshlar zerikkanidan nima qilishni bilmasdan, bemaza ishlarga berilishi, bezorilik, jinoyat yuliga kirishi, zararli oqimlarga qushilib ketishi mumkinligi nahotki sizlarni bezovta qilmasa?! YOshlar uchun barcha sharoitlarni muhayyo qildik, deb biz kimni aldayapmiz?
Shu munosabat bilan barcha katta-kichik rahbarlar qulogiga qurgoshindek quyib olsin: biz endi sizlarning faoliyatingizga pakhta yoki gallaga qarab emas, eng avvalo, sizlarning yoshlarga, yoshlarga oid davlat siyosatiga bulgan munosabatingizga qarab baho beramiz.
Hurmatli anjuman qatnashchilari!
Bunday tanqidiy fikrlarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Lekin maqsad — faqat tanqid qilish emas. Maqsad shu gaplardan tugri khulosa chiqarib, tilga olingan har bir muammo buyicha amaliy echim topishdan iborat.
Biz bugungi Uzbekiston sharoitida yoshlar tashkiloti qanday bulishi kerak, degan masalani tegishli rahbarlar, olimlarimiz, ekspert va mutakhassislar, yoshlar vakillari bilan kup bor muhokama qildik.
Bu borada jahon tajribasini, uzoq-yaqindagi turli davlatlar tajribasini urgandik. Dunyodagi rivojlangan, demokratik mamlakatlarda yoshlar tashkilotlari dabdabali, balandparvoz tadbirlar utkazish emas, balki yoshlar bilan bevosita ishlash, ular bilan amaliy muloqot qilish, ularni uylantirayotgan hayotiy muammolarni hal etishga asosiy etiborni qaratadi.
Hozirgi paytda hammangiz «oynai jahon» orqali kuryapsiz, biz joylarda jamoatchiligimiz, avvalo, yoshlarimiz vakillari bilan doimiy muloqotlar utkazyapmiz. Bu uchrashuvlarda bir fikr takror va takror aytilmoqda. Yani, Uzbekiston yoshlari rasmiyatchilikdan, kampaniyabozlikdan kholi, navqiron avlod manfaatlarining haqiqiy himoyachisi bula oladigan demokratik yoshlar tashkilotini tuzish haqida uz khohish-istaklarini bildirmoqda.
Bunda ilgarigidek barcha yoshlarni bir tashkilotga «ikhtiyoriy-majburiy» asosda birlashtirish emas, aksincha, ularning orzu-intilishlari, hayotiy va kasbiy qiziqish doirasi, ijtimoiy maqsadlari buyicha uyushtirish tugri buladi, degan takliflar ilgari surilmoqda.
Mening nazarimda, bunday fikrlarda chuqur asos va mantiq bor. Bu taklifning afzalligi shundaki, u mamlakat yoshlarining barcha toifa va guruhlarini qamrab oladi, eng muhimi, ularni demokratik prinsiplar asosida birlashtiradi.
Bu, uz navbatida, bugun Uzbekistonda olib borilayotgan demokratik islohotlar jarayoni bilan hamohang ekani ayniqsa etiborlidir.
Ana shularning barchasini hisobga olib, mamlakatimizda yoshlarning chinakam suyanchi va tayanchi bula oladigan mutlaqo yangi tashkilot — Uzbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etsak, nima deysizlar?
Hurmatli yigilish ishtirokchilari!
Malumki, har qanday islohot, khususan, millionlab yoshlarning hayoti va kelajagiga bevosita dakhldor bulgan uzgarishlar har tomonlama chuqur uylab ish tutishni, etti ulchab, bir kesishni talab etadi.
Shu nuqtai nazardan biz bugun yangi yoshlar tashkilotini tuzmoqchi ekanmiz, shoshilmasdan, vazminlik bilan ish kurishimiz, bu masalaning barcha ijobiy va salbiy tomonlarini uzimizga yaqqol tasavvur qilib, shundan keyin bir khulosa va qarorga kelishimiz lozim.
Bu borada avvalo bulgusi tashkilotning huquqiy maqomi, asosiy maqsad va vazifalari, uning ijtimoiy hayotimizdagi urni va nufuzini, obru-etiborini oshirishga alohida etibor qaratish zarur.
Shu maqsadda Uzbekiston yoshlar ittifoqi rahbari ayni vaqtda Uzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati buyicha davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borishini huquqiy asosda belgilab quyish darkor. Shu bilan birga, u Prezident farmoniga binoan Oliy Majlis Senati azosi etib tayinlanadi.
Tashkilotning Qoraqalpogistondagi kengashi raisi Respublika Juqorgi Kengesi raisining, viloyat, tuman va shahar bulinmalarining rahbarlari esa tegishli hokimlarning yoshlar siyosati buyicha maslahatchilari etib tayinlanishi maqsadga muvofiq.
Mana, kurib turibsizlar, Uzbekiston yoshlar ittifoqining rahbarlariga qanday katta maqom va vakolat berilyapti.
Uzbekiston yoshlar ittifoqining tarkibiy tuzilishi haqida gapirganda, bir masalaga alohida ahamiyat berish kerak.
Malumki, hozirgi vaqtda umumtalim maktablaridagi boshlangich sinf uquvchilari bilan ishlash uchun «Kamalak» bolalar tashkiloti mavjud.
Shuningdek, yosh tadbirkor va fermerlar bilan ish olib boradigan YOshlar tadbirkorligi va fermerlikni qullab-quvvatlash markazi, istedodli va ijodkor yoshlar bilan ishlash uchun YOshlar tashabbuslari markazi kabi tuzilmalar ham tashkil etilgan.
Lekin tan olish kerakki, bugun ularning aksariyati talab darajasida ish olib bormayapti. Bu tuzilmalarning faoliyatini jonlantirish, ularga yangi mazmun va ruh bagishlash kerak.
Shu munosabat bilan umumtalim, urta makhsus va oliy talim tizimida «Kamolot» nisbatan samarali faoliyat olib borganini hisobga olgan holda, ushbu tizimdagi «Kamolot» tashkilotlari negizida Uzbekiston yoshlar ittifoqining bulimlarini tashkil etish mumkin.
Kelgusida esa yoshlarning khohishi va intilishlariga kura, YOsh olimlar uyushmasi, YOshlarga ijtimoiy-psikhologik yordam kursatish markazi, YOshlar turizmi uyushmasi, Sport klublari va fitnes markazlari uyushmasi, Imkoniyati cheklangan yoshlar uyushmasi va boshqa tashkilotlar ham tuzilishi mumkin.
Albatta, bu tuzilmalarni qanday nomlash, ularning vazifalarini belgilash buyicha avvalo sizlar barcha tengdoshlaringiz bilan fikrlashib, shu asosda bir qarorga kelishingiz tabiiy.
Uzbekiston yoshlar ittifoqi hozir mavjud bulgan va kelajakda tuziladigan bu uyushmalarning barchasini birlashtirib, ularga nafaqat moliyaviy, moddiy-tekhnik nuqtai nazardan, avvalo, goyaviy-uslubiy, manaviy jihatdan amaliy yordam kursatadigan, ularning ishini muvofiqlashtiradigan asosiy tashkilot sifatida faoliyat olib boradi.
Ayni vaqtda hammamiz tushunamizki, Uzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini dastlabki paytda har taraflama qullab-quvvatlash, uning oyoqqa turib olishi uchun davlat tomonidan zarur kumak va yordam berilishi lozim.
YOshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish nainki Prezident devoni, balki barcha bugindagi davlat organlari rahbarlarining doimiy ishiga aylanishi zarur. Bundan buyon bu sohada aniq tizim asosida ish olib boramiz.
Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisidan boshlab, Bosh vazir va uning urinbosarlari, Bosh prokuror, vazirlik va idoralar, kompaniya va khujalik birlashmalarining rahbarlarigacha markazda va joylarda har bir soha buyicha yoshlar bilan uchrashib, doimiy muloqot olib boradigan tartib joriy etishimiz kerak.
Shu munosabat bilan avvalo hozirgi kunda faoliyat kursatayotgan tuzilmalar bilan, jumladan, talim tizimidagi yoshlar tashkilotlari bilan — Bosh vazir A. Aripov hamda oliy va urta makhsus talim vaziri I. Majidov, khalq talimi vaziri U. Inoyatov, hamma sohada YOshlar tadbirkorligi va fermerlikni qullab-quvvatlash markazi bilan — Bosh vazirning birinchi urinbosari A. Ramatov, Bosh vazir urinbosari Z. Mirzaev va Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikromov, YOshlar tashabbuslarini qullab-quvvatlash markazi bilan — Davlat maslahatchisi Kh. Sultonov va madaniyat vaziri M. Muratov doimiy ish olib borishi kerak.
Shuningdek, kelgusida tashkil etiladigan YOshlar turizmi uyushmasi bilan — Bosh vazir urinbosari J. Quchqorov va Turizmni rivojlantirish davlat qumitasi raisi A. Sharapov, YOsh olimlar uyushmasi bilan — Bosh vazir urinbosari U. Roziqulov va Fanlar akademiyasi prezidenti B. Yuldoshev, Sport klublari va fitnes markazlari uyushmasi bilan — Bosh vazir urinbosari G. Ibragimov hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qumitasi raisi R. Qurbonov, Imkoniyati cheklangan yoshlar uyushmasi bilan — Bosh vazir urinbosari T. Norboeva va sogliqni saqlash vaziri A. Shodmonov, YOshlarga ijtimoiy-psikhologik yordam kursatish markazi bilan — Bosh prokuror I. Abdullaev va adliya vaziri M. Ikromov tizimli asosda ish olib borishi, boshqacha aytganda, ularni otaliqqa olishi maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birga, joylarda viloyat, tuman va shahar hokimlari, sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, sogliqni saqlash, khalq talimi tashkilotlari yoshlar bilan doimiy muloqotni yulga quyishi, ularning oldida muntazam ravishda hisobot berib borishi zarur.
Uzbekiston yoshlar ittifoqining joylardagi kengashlari raislari va faollari albatta saylovlarda ishtirok etib, khalq deputatlari mahalliy Kengashlariga, kerak bulsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylanishi ham muhim ahamiyatga ega.
Ikkinchidan, Uzbekiston yoshlar ittifoqi davlat va jamiyat uchun rahbar kadrlarni tayyorlab beradigan uziga khos markaz bulishi, zamonaviy tilda aytadigan bulsak, yoshlar uchun «sosial lift» vazifasini bajarishi kerak. U bilimli, tashabbuskor va tashkilotchi, fidoyi yosh rahbarlarning kadrlar zakhirasini yaratishi kerak.
Shu maqsadda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida YOshlar muammolarini urganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish zarur.
Bosh vazir A. Aripov, Davlat maslahatchisi U. Ismoilov va akademiya rektori R. Qosimovga bir oy muddatda shu masala yuzasidan tegishli qaror loyihasini tayyorlab, tasdiqlash uchun kiritish vazifasi topshiriladi.
Uzbekiston yoshlar ittifoqi tashkilotlarida uzini ijobiy jihatdan kursatgan khodimlar Davlat boshqaruvi akademiyasida bilim va malakasini oshirib, hokimlik va vazirliklar tizimida rahbarlik lavozimlari uchun asosiy nomzodlar qilib tayyorlanishi kerak. Bunday tajriba ilgari ham bulgan va yakhshi natija bergan edi.
Uchinchidan, Uzbekiston yoshlar ittifoqining obrusi va tasirini oshirish uchun mamlakatimizda yoshlar manfaatini taminlashga qaratilgan ishlarda uning ishtirokini har tomonlama kengaytirish zarur.
YOshlar, yosh oilalar uchun shakhsiy uy-joyga ega bulish naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini hisobga olgan holda, biz bu yunalishda boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirishimiz kerak.
Barcha tuman va shaharlarda, jumladan, chekka hududlarda «YOshlar uylari»ni qurish buyicha turt yillik aniq reja ishlab chiqish va 2018 yildan uni bajarishni boshlash lozim.
Bu borada aholi zich yashaydigan Fargona vodiysi viloyatlarida, khususan, sharoiti ogir bulgan Markaziy Fargona mintaqasida yosh oilalarning uy-joyga bulgan ehtiyojini taminlashga alohida etibor qaratish kerak.
Umuman, qishloq hududlarida yashayotgan, turar joyga muhtoj yosh oilalarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joy bilan taminlash buyicha vakolatni endi Uzbekiston yoshlar ittifoqiga berish masalasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kurib chiqilishi lozim.
Turtinchidan, yoshlarni ish bilan taminlash masalasi biz uchun hamon eng dolzarb vazifa bulib qolmoqda. Bugungi kunda yoshlar uchun yangi ish urinlari ochish, ularning halol mehnat qilib, daromad topishi maqsadida kup ishlar qilinmoqda. Lekin, shunga qaramasdan, bu borada muammolar ham oz emas.
Yurtimizda ishsizlarning aksariyat kupchilik qismini kollej bitiruvchilari tashkil etmoqda. Masalan, 2016 yili 477 ming 743 nafar yosh yigit-qiz kollejlarni bitirib chiqqan va ularning 438 ming 503 nafari yoki 91,8 foizi ish bilan taminlangani tugrisida malumot berilgan.
Savol tugiladi: bu raqamlar qanchalik tugri? Agar barcha kollej bitiruvchilari ishga joylashayotgan bulsa, ishsiz yoshlar qaerdan paydo bulyapti?
Kollej bitiruvchilari bilan turt tomonlama shartnomalarni nomigagina imzolab, uzimizni uzimiz aldamayapmizmi?
YOshlarni ish bilan taminlash uchun avvalo ular urtasida tadbirkorlikni keng rivojlantirish, bu borada yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida biz bir qator chora-tadbirlarni kuzda tutmoqdamiz.
Bu borada Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat raqobat qumitasi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga har bir tuman (shahar) markazida YOshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etish vazifasi topshiriladi.
Ana shu klasterlar faoliyatini yulga quyish uchun elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va transport kommunikasiyasi, aloqa vositalari va Internetga ulanish imkoniyati mavjud bulgan hududlarda foydalanilmay yotgan davlat obektlari yosh tadbirkorlarga «nol» qiymati bilan ijaraga beriladi.
Hamma hududlarda tashkil etilayotgan iqtisodiy zonalarda, shaharlarda esa kichik sanoat zonalarida Uzbekiston yoshlar ittifoqining azosi bulgan yosh tadbirkorlardan ijara haqi olinmaydigan tartib joriy etiladi.
Bundan tashqari, uz biznesini boshlayotgan yosh tadbirkorlarga imtiyozli narkhlarda yuridik, tekhnik va boshqa maslahat yordamlarini kursatishni yulga quyish lozim.
Bu masala buyicha moliya vaziri B. Khujaev hamda Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikromov bir oy muddatda tegishli takliflarni ishlab chiqib, taqdim etishi zarur.
Shuningdek, tegishli iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobidan Uzbekiston yoshlar ittifoqining byudjet mablaglarini ikki barobar kupaytirish rejalashtirilmoqda.
Bosh vazir urinbosari J. Quchqorov, moliya vaziri B. Khujaev va Davlat soliq qumitasi raisi B. Parpiev bu masalaga masul hisoblanadi.
Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qumitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda «Hunarmand» uyushmasiga topshiriq: hunarmandlik yunalishidagi tadbirkor yoshlar, ayniqsa, qizlarning kasanachilik bilan band bulishi uchun qulay sharoit yaratib berilsin. Bu borada bush turgan obektlardan imtiyozli shartlar asosida joy ajratish, mini-tekhnologiyalar, asbob-uskuna va zarur jihozlar urnatib berish kuzda tutilmoqda.
Jumladan, yosh hunarmandlarga khomashyo sotib olish uchun kreditlar berish, uz biznesini boshlagan yosh tadbirkorlar tomonidan Pensiya jamgarmasiga tulanadigan sugurta badalini olingan kreditlarni qoplashga yunaltirish tizimi joriy etiladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga topshiriq: sinov tariqasida 11 yillik majburiy urta talim tizimiga utish munosabati bilan bushaydigan kollej ustakhonalari negizida yoshlarni, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni 6 oygacha bulgan muddatda bepul uqitish va kasbga qayta uqitish markazlari tashkil etilsin.
Ayni paytda quliga diplom olib, mustaqil ish boshlayotgan yoshlarimiz uchun ham qushimcha imkoniyat va imtiyozlar yaratib beriladi.
2018 yilning 1 yanvaridan boshlab kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va oliy talim muassasalarining birinchi marta ishga joylashgan bitiruvchilari bu imkoniyatlardan foydalanadi.
Yani, talim muassasasini tamomlaganiga uch yil bulmagan bulsa, ularning ish haqidan olinadigan daromad soligi birinchi yili 50 foiz, ikkinchi va uchinchi yillarda esa 25 foiz kamaytiriladi.
Shuningdek, Uzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida barcha turdagi soliqlardan 10 yilga ozod qilingan shuba korkhonalari tuzish vakolati beriladi. Ushbu korkhonalar uchun aniq faoliyat yunalishlarini, misol uchun, turli fanlar, jumladan, chet tillarni urgatish, kompyuter dasturlarini tuzish va tadbirkorlik asoslarini uqitish tizimlarini belgilash lozim.
Mazkur korkhonalar tomonidan tulanadigan soliq tushumlarining 20 foizini Uzbekiston yoshlar ittifoqiga utkazib berish tartibini joriy etish kerak.
Yana bir masala — Uzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat va tumanlarda zamonaviy «YOshlar kinoteatrlari»ni barpo etish ishiga bosh-qosh bulsa, yakhshi bulardi. Buning uchun «Uzsanoatqurilishbank» tomonidan 5 yil muddatga beriladigan imtiyozli kreditlar asosida alohida dastur ishlab chiqish va amalga oshirish taklif etiladi.
YOshlar ittifoqining faol azosi bulgan, bakalavriat va magistratura talabalariga urtacha uzlashtirish kursatkichi 86 foiz va undan yuqori bulgan taqdirda talim buyicha shartnoma tulovi miqdorining 35?40 foizini tashkilot hisobidan tulash orqali moddiy yordam kursatish ham kuzda tutilmoqda.
Uzbekiston yoshlar ittifoqi tizimida 3?5 yil va undan kuproq faol ishlab kelayotgan, ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish istagini bildirgan khodimlarning har yili 140 nafariga 25?30 foiz miqdoridagi boshlangich tulov tashkilot mablaglari hisobidan tulanadi.
Shuningdek, YOshlar ittifoqining viloyat, shahar va tuman kengashlari raislarini ragbatlantirish, tashkilotning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida «Asaka» bankining 10 yil muddatgacha muljallangan, boshlangich tulovi 15 foizlik imtiyozli kreditlari asosida ularga uzimizda ishlab chiqarilgan «Matiz» va «Damas» avtomobillarini shakhsiy mulk sifatida sotib olishda qulaylik yaratiladi.
Agar hozirgi narkhda urtacha 46 million sum bulgan bu kreditni qaytarish muddati amalda 3 yil, foizi esa 30 foiz ekanini hisobga olsak, samarali khizmat qilayotgan yoshlar etakchisi bundan qancha iqtisodiy naf kurishini tasavvur qilish qiyin emas.
Yana bir muhim masala — endi viloyat va tuman hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va manaviy-marifiy ishlar buyicha urinbosarlari, tuman ichki ishlar bulimi boshliqlarining yoshlar buyicha urinbosarlari Uzbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan lavozimga tayinlanadi.
Bu albatta joylardagi davlat boshqaruv idoralarining Uzbekiston yoshlar ittifoqi tuzilmalari bilan hamkorligini sifat jihatidan oshirishga khizmat qiladi.
Beshinchidan, yoshlar hayoti, uy-kechinmalari, orzu-niyatlari, eng muhimi, ularni qiynayotgan masalalar, afsuski, radio va televidenie, gazeta va jurnallarda uz ifodasini tuliq topmayapti.
Guyoki hamma narsa joyida, olam guliston. Agar hammasi joyida bulsa, tugri yuldan adashgan yoshlar, jinoyatchilik, ishsizlik qaerdan paydo bulyapti? Nega yoshlarga oid davlat siyosatiga loqayd munosabatda bulayotgan amaldorlar haqida ommaviy akhborot vositalari, avvalo, yoshlar matbuoti churq etmaydi?
Masalan, «Kamolot» radiosini, «Kamolot»ning Internet saytini oladigan bulsak, ularda utkazilgan yuzaki tadbirlar, engil-elpi qushiqlar, uzini uzi maqtash, chiroyli qiyofalardan boshqa narsani deyarli kurmaymiz.
«YOshlar» teleradiokanali ham uz imkoniyatlaridan samarali foydalana olmayapti. Shu munosabat bilan ushbu kanal faoliyatini kuchaytirish, uning 50 foiz aksiyasi Uzbekiston yoshlar ittifoqiga tegishli bulishi, uning direktori mazkur tashkilot Markaziy kengashi tomonidan lavozimga tasdiqlanishi buyicha Bosh vazir A. Aripov, Uzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Kh. Mirzohidov, adliya vaziri M. Ikromovga bir oy muddatda tegishli taklif tayyorlash vazifasi topshiriladi.
Hozirgi vaqtda yoshlarga muljallangan «Turkiston» gazetasi 9 ming 500 nuskhada, «Molodyoj Uzbekistana» gazetasi 2 ming 800, «YOsh kuch» jurnali 3 ming nuskhada chop etilayotganini qoniqarli baholash mumkinmi? Mamlakatimizda 10 milliondan ortiq yoshlar mavjud bulgani holda, bu raqamlar biz uchun uyat emasmi?
Misol uchun, «Turkiston» gazetasiga Fargona viloyatida 225 ta, Surkhondaryo viloyatida 134 ta, Samarqand viloyatida 54 ta, Sirdaryo viloyatida esa bor-yugi 40 ta obuna bulganini, aytinglar, qanday izohlash mumkin?
Holbuki, respublikamizdagi barcha vazirlik va idoralar, yirik kompaniyalar khodimlarining aksariyatini yoshlar tashkil etadi. Lekin ana shu tashkilotlarda yoshlar nashrlariga obuna masalasi qanday?
Qani, «Uzbekneftgaz» kompaniyasi raisi A. Sultonov, siz bu savolga qanday javob berasiz? Siz uz tizimingizdagi yoshlar qanday matbuot nashrlariga obuna bulgani, qanday kitoblarni uqiyotgani, umuman, ularning manaviy saviyasi, dunyoqarashi bilan hech qiziqib kurganmisiz?
Janob A. Sultonovga bergan bu savolimni men boshqa kup rahbarlarga ham berishim mumkin va aminmanki, javob mana shunday qoniqarsiz bulishi aniq.
Uzingiz uylang, aziz dustlar, yoshlarimiz uzimizning gazeta-jurnallarimizni uqimasa, uz milliy adabiyotimiz va sanatimizni bilmasa, ular qanday qilib vatanparvar buladi? Ularning ongu tafakkuri, dunyoqarashi nima hisobidan shakllanadi?
Bundan kelib chiqadigan khulosa shuki, katta-kichik rahbarlarning barchasi bu masala buyicha shakhsan masul ekanini unutishga hech qanday haqqi yuq.
Ayni vaqtda yoshlar auditoriyasiga ikhtisoslashgan ommaviy akhborot vositalari ham uz faoliyatini tubdan uzgartirishi lozim.
Avvalo, quruq rasmiy gaplardan qochish, tanqidiy tahlil, kreativ yondashuv, bugungi hayotni butun kulami, mazmuni, kerak bulsa, murakkabligi bilan yoritishda jurnalistlarimiz faollik kursatishi kerak.
Shu manoda, yangi tashkil etilgan Khalqaro press-klubga ukhshab, Uzbekiston yoshlar ittifoqining ham uz matbuot klubini ochish foydadan kholi bulmaydi.
Utkir va dolzarb muammolarni sizlar aytmasangiz, baribir khalqning uzi aytadi. Akhir, sizlarning vazifangiz hayotdan bir qadam oldinda yurish emasmi?
Biz uchun eng muhim bulgan yana bir masala — bu yosh qizlar tarbiyasi bilan bogliq.
Shu munosabat bilan Bosh vazir urinbosari T. Norboevaga murojaat qilmoqchiman: siz boshchilik qilayotgan Khotin-qizlar qumitasi faqat «Zulfiyachi qizlar» bilan cheklanib qolmasdan, yurtimizdagi barcha qizlar bilan faol ish olib borishi lozim.
Ayniqsa, qizlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, istedod va qobiliyatini yuzaga chiqarish, ular orasida haqiqiy etakchilarni tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish kerak. Shu borada men qizlarimiz uchun alohida bir nashr — mayli, uning nomi «Qizlarjon» buladimi, «Dugonalar» buladimi, yangi jurnal tashkil qilishni taklif etaman.
Hozirgi kunda mamlakatimizda kitobkhonlik saviyasini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga katta ahamiyat berilayotgani sizlarga malum. Lekin, kuplab bolalarimiz kitobdan uzoqlashib, kup vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda utkazayotgani — bu ham bor gap.
Albatta, biz Internet va boshqa zamonaviy akhborot manbalarining urni va ahamiyatini inkor etmaymiz. Bugungi hayotimizni Internetsiz tasavvur qilishning uzi qiyin.
Shuni hisobga olgan holda, Uzbekiston yoshlar ittifoqi Internet tizimi orqali manaviy targibot ishlarini, jumladan, elektron kitobkhonlikni kuchaytirishi zarur.
Nega deganda, biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan utgan, yuksak manaviyat khazinasi bulgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli akhborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz.
Aholimiz, eng avvalo, yoshlar urtasida kitobkhonlik saviyasini oshirish maqsadida Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har yili «Eng kitobkhon maktab», «Eng kitobkhon mahalla», «Eng kitobkhon oila» kabi yunalishlarda tanlovlar utkazish, yakuniy bosqich goliblarini taqdirlash uchun qimmatbaho sovgalar, jumladan, yurtimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarni mukofot tariqasida berish, uylaymanki, bu juda katta ragbat buladi.
Bosh vazir A. Aripov va Davlat maslahatchisi Kh. Sultonovga shu masala buyicha bir oy muddatda taklif kiritish vazifasi topshiriladi.
Shuningdek, «Kitob olami» dukonlari tarmogini Uzbekiston yoshlar ittifoqi tasarrufiga berish hamda yosh ijodkorlarning kitoblari hamda «Turkiston», «Molodej Uzbekistana» gazetalari, «YOsh kuch» jurnallarini chop etish uchun «YOshlar nashriyot uyi»ni tashkil etish vaqti keldi, deb uylayman.
Shu munosabat bilan Uzbekiston yoshlar ittifoqiga umumtalim muassasalari kutubkhonalarini 10 milliard sum mablag hisobidan badiiy adabiyotlar bilan taminlash imkonini yaratib berish lozim. Tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda u har yili umumtalim muassasalari kutubkhonalarining talabini urganib, badiiy adabiyotlarni kharid qilish ishlarini tashkil etishi darkor.
Shu borada yana bir muhim loyiha — 2020 yil 1 dekabrgacha har bir tuman va shaharda Uzbekiston yoshlar ittifoqiga qarashli, barcha qulayliklarga ega bulgan kutubkhona va kitob dukonini ham uz ichiga olgan kichik YOshlar markazlarini barpo etish loyihasini amalga oshiramiz.
Kelgusida Qoraqalpogiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridagi har bir tumanda bittadan kollej binosini Uzbekiston yoshlar ittifoqi tasarrufiga berish lozim.
Bu binolar faqat tashkilotning boshqaruv idorasi bulib qolmasdan, ularda yoshlar ishtirokida turli manaviy-marifiy tadbirlar, fan va kasb-hunar tugaraklari, sport musobaqalari, adabiy kecha va mushoiralar, badiiy va hunarmandlik kurgazmalari utkazishni albatta yulga quyish kerak.
Oltinchidan, yurtimizda ijtimoiy-manaviy muhitni yakhshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar tasiridan asrash masalasi barchamiz uchun eng asosiy vazifa bulib turibdi.
Maktabda, lisey-kollej yoki mahallada bir bola adashib, notugri yulga kirib ketar ekan, bundan avvalo uning tengdoshlari, yoshlar tashkiloti khabardor bulishi, hech kimni tinch qoldirmasdan, bong urishi kerak emasmi?
Shu manoda, bugungi kunda yurtimizda tobora keng tarqalib borayotgan «Uz bolangni uzing asra!» degan davat faqat quruq shior bulib qolmasdan, har bir ota-ona, har bir fuqaroning qalbiga, yuragiga chuqur kirib borishi, amaliy harakatga aylanishi zarur.
Buning uchun bu masalani, yani, ota-onalarning farzandlar tarbiyasi uchun masuliyati va burchini huquqiy asosda mustahkamlab quyish vaqti keldi, deb uylayman.
Davlat maslahatchisi O. Murodov, adliya vaziri M. Ikromov bir oy muddatda ushbu masala yuzasidan tegishli takliflarni tayyorlab, kiritishi zarur.
Hozirgi vaqtda chet elda ishlab yurgan ayrim yoshlarning terrorizm va ekstremizm changaliga tushib qolayotgani bilan bogliq muammo barchamizni qiynamoqda.
Lekin, qaysi hokim yoki vazir, qaysi jamoat tashkilotining rahbari mana shu yoshlar khorijda nima qilib yuribdi, qanday kun kechiryapti, deb qiziqib kuryapti?
Holbuki, kupgina davlatlarda uz fuqarolari bulgan, khorijdagi yoshlar bilan ishlash buyicha tuzilmalar bor. Ularning tajribasini urganib, biz ham chet ellarda uqiyotgan, mehnat qilayotgan yoshlar bilan ish olib boradigan, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladigan bir tashkilot tuzishimiz kerak. Uzimizning bolalarimiz haqida uzimiz uylamasak, kim uylaydi?
Bu masala buyicha Davlat maslahatchisi A. Yunuskhujaev, tashqi ishlar vaziri A. Komilov, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. Abduhakimov Uzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda taklif kiritsin.
Ettinchidan, Uzbekiston yoshlar ittifoqi manaviy-akhloqiy jihatdan muammosi bor, yani notinch oila farzandlari, jinoyatchilikka moyil bulgan yoki profilaktik ruykhatda turadigan yoshlar bilan individual tarzda ish olib borishga kuproq etibor qaratishi lozim.
Iqtidorli, tarbiyali bolalar bilan ishlash oson, lekin hayotda qoqilgan yoki yomon muhitga tushib qolgan yoshlarni tugri yulga, ezgu maqsadga davat qilish, ishontirish qiyin. Yangi tashkilot mana shu ogir, lekin uta zarur vazifani uz zimmasiga olishi ayni muddao bulur edi.
Biz «uyushmagan yoshlar, uyushmagan yoshlar», deb kup gapiramiz. Lekin bu masalani huquqiy va amaliy jihatdan hal qilishga kelganda, ochiq aytish kerak, kupchiligimiz nima qilish lozimligini bilmaymiz.
Shu maqsadda Uzbekiston yoshlar ittifoqi boshchiligida, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar ishtirokida, bir ilmiy-amaliy konferensiya utkazish urinli bulur edi. Unda uyushmagan yoshlar bilan ishlash buyicha har tomonlama asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish zarur, deb uylayman. Bu vazifa Davlat maslahatchilari O. Murodov va R. Komilovga topshiriladi.
Yana bir muhim masalaga etiboringizni qaratishni istardim.
Uzbekiston yoshlar ittifoqi jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qushgan buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bulish tuygusini shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur urganish va keng targib etishga qaratilgan mazmundor, tasirchan loyihalarni amalga oshirishda tashabbus kursatishi nur ustiga nur bulur edi. Hozircha bu borada yoshlar tashkilotining ishini qoniqarli deb bulmaydi.
Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo totuvlik, uzaro hurmat va mehr-oqibat muhitini kuz qorachigidek asrash, yosh avlod urtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirishda Uzbekiston yoshlar ittifoqi uzining mustahkam urniga ega bulishi lozim.
Malumki, tarikhda khalqimiz orasidan kuplab buyuk sarkardalar etishib chiqqan. Ana shunday mard va fidoiy ajdodlarimizning harbiy sohadagi boy merosi, mardlik va jasurlik fazilatlari yoshlarimiz uchun ibrat maktabi bulib khizmat qiladi.
Ayniqsa, Sohibqiron Amir Temur bobomizdek — u zot bironta jangda maglub bulmagan — engilmas sarkarda va davlat arbobi jahon tarikhida kamdan-kam topiladi. Uz yaqinlari, zamondoshlari bu ulug siymoni Temurbek deb atagan ekanlar. Men shu haqda uylaganimda, bir fikr khayolimdan hech ketmaydi. Yurtimizda yoshlarga harbiy talim-tarbiya beradigan kursantlar maktablariga «Temurbeklar maktabi» deb nom bersak, nima deysizlar?
Bu masala buyicha Bosh vazir A. Aripov Khavfsizlik kengashi kotibi V. Mahmudov, mudofaa vaziri Q. Berdievga bir oy muddatda taklif kiritish vazifasi topshiriladi.
Aziz dustlar!
Yurtimiz yoshlari urtasida ilm-fan, talim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat, adabiyot va sanat, sport, ishlab chiqarish, harbiy khizmat sohalarida, umuman, barcha jabhalarda jonbozlik kursatib kelayotgan azamat yigitlarimiz juda kup. Ular uzining jismoniy va manaviy salohiyati, istedod va mahoratini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish borasida mamlakatimizda kup ishlar qilinyapti va kelgusida ham ularni albatta davom ettiramiz.
Ayni vaqtda halol va samarali mehnati, ilmiy-ijodiy yutuqlari, Vatanga sadoqatli khizmati bilan barchaga urnak bulayotgan mard uglonlarimizni qullab-quvvatlash va ragbatlantirish davlatimiz va jamiyatimizning etibor markazida bulishi zarur.
Sizlarga malumki, yurtimizda iqtidorli va faol qizlarimiz uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tasis etilgan. Endi turli soha va tarmoqlarda katta natijalarga erishib kelayotgan yigitlar uchun «Mard uglonlar» degan nom bilan Davlat mukofotini tasis etsak, nima deysizlar?
Shu bilan birga, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, uqishda, mehnatda, jamoat ishlarida har tomonlama faol bulgan yigit-qizlarimizni taqdirlash maqsadida «Kelajak bunyodkori» medalini ham tasis etish urinli bulur edi.
Nega deganda, har qanday yutuq, har qanday galabaning zamirida avvalo mehnat va qatiyat, mardlik va jasorat mujassam bulib, el-yurt ravnaqi yulidagi halol khizmat albatta uzining munosib bahosi va qadrini topishi kerak.
Fursatdan foydalanib, yana bir muhim fikrni sizlar bilan maslahat qilmoqchiman. Yurtimizda bayramlar kup, lekin yoshlarga bagishlangan alohida bayram yuq. Bugun shu masalani ham hal etadigan vaqt keldi.
Uzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun — 30 iyun sanasini mamlakatimizda YOshlar kunideb elon qilsak, qanday buladi?
Hurmatli delegatlar, aziz farzandlarim!
Mana, bugun sizlar bilan mamlakatimiz yoshlari hayotiga dakhldor kupgina masalalar tugrisida, jumladan, yosh avlodimizni har tomonlama etuk insonlar, biz boshlagan ulug ishlarning munosib davomchilari etib tarbiyalash borasida oldimizda turgan eng muhim va dolzarb vazifalar haqida atroflicha gaplashib oldik.
Tan olish kerakki, keskin tanqidiy gaplar ham buldi. Lekin bu gaplar qanchalik achchiq bulmasin, ular haqqoniy gaplardir. Men uylaymanki, biz bir-birimizni tugri tushundik.
Bugungi muhokama, bildirilgan fikr-mulohazalarning barchasi yagona, ezgu bir maqsadga, yani khalqimiz, eng avvalo, yoshlarimizning hayotini yanada obod va farovon, mazmunli va bakhtli qilishga qaratilganini hammamiz anglab turibmiz.
Bugun mana shu muhtasham zalda tuplangan siz, azizlarni, viloyat va tumanlarda videoaloqa orqali anjuman ishini kuzatib borayotgan yigit-qizlarimizni, barchangizning yonib turgan kuzlaringizni, azmu shijoatingizni, navqiron kuch-gayratingizni kurib, sizlar bilan samimiy suhbatda bulib, ochigini aytsam, uzim ham yasharib ketgandek buldim.
Bugungi uchrashuvdagi kutarinki ruh, baland kayfiyatni kurgan har qanday odam beikhtiyor mashhur shoirimiz Hamid Gulomning:
«Oh, sening yoshliging menda bulsaydi!» degan guzal satrini takrorlashi tabiiy, deb uylayman.
Haqiqatan ham, biz, ota-onalar, ustoz va murabbiylar sizlarni, butun Uzbekiston yoshlarini Vatanimiz, jamiyatimizning hal qiluvchi kuchi deb bilamiz va sizlar hamisha khalqimizning mana shunday yuksak ishonchiga munosib bulasiz, deb ishonamiz.
Sizlarga yakhshi malum, hozirgi vaqtda yurtimizda «Buyuk kelajagimizni mard va olijanob khalqimiz bilan birga quramiz» degan shior keng tarqalib, hayotimizga tobora chuqur kirib bormoqda. Lekin Uzbekistonimizning mana shunday yorug va farovon istiqbolini bunyod etishdek masuliyatli vazifani kim uz zimmasiga oladi?
Albatta, faqat zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni pukhta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga dakhldorlik tuygusi bilan yashaydigan siz, aziz yoshlarimiz maydonga dadil chiqib, bugungi kunda hayotning uzi oldimizga quyayotgan vazifalarni hal etishga qodirsiz.
Mana shunday ulug maqsadga erishish yulida, Uzbekiston yoshlar ittifoqini tom manoda mamlakatimizdagi barcha yoshlarning tayanchi va suyanchiga aylantirish yulida sizlarga sihat-salomatlik, kuch-gayrat, bakht va omad yor bulishini tilab qolaman.
Etiboringiz uchun rahmat.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.