Shavkat mirziyoevning maruzasi 1-kism — ozbekiston

Shavkat mirziyoevning maruzasi 1-kism — ozbekiston

Shavkat mirziyoevning ma’ruzasi (1-k’ism) — o’zbekiston

K’onun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash — yurt tarak’k’iyoti va xalk’ farovonligining garovi (1-k’ism)
O’zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoevning maslakat Konstitusiyasi k’abul k’ilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Hurmatli xonimlar va janoblar!
Vatanimiz hayotidagi k’utlug’ sana — Konstitusiyamiz k’abul k’ilingan kunni nishonlash arafasida go’zal va muhtasham «O’zbekiston» anjumanlar saroyida sizlar bilan uchrashib turganimdan g’oyat mamnunman.
Barchangizga, butun xalk’imizga o’zimning cheksiz hurmat va ehtiromimni izhor etib, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi k’abul k’ilinganining 24 yillik bayrami bilan chin k’albimdan samimiy muborakbod etishga ruxsat bergaysiz.
1992 yil 8 dekabrda mustak’il O’zbekistonimiz Konstitusiyasining k’abul k’ilinishi mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy vok’ea bo’ldi.
Konstitusiyaning yaratilishi va hayotimizga tatbik’ etilishida zamonamizning buyuk davlat arbobi, ulug’ yo’lboshchimiz, muhtaram Islom Abdug’anievich Karimovning xizmati bek’iyos ekanini barchamiz yaxshi bilamiz.
Xalk’imizning ongu tafakkuri, dunyok’arashi va butun hayotini tubdan o’zgartirgan ushbu muhim siyosiy hujjatni ishlab chik’ishda Islom Abdug’anievichning konseptual ahamiyatga ega, teran fikrlari mustahkam zamin bo’ldi.
Oliy Kengash deputati sifatida men ham Konstitusiyaviy komissiya tarkibida Bosh k’omusimizni yaratish va k’abul k’ilish jarayonida bevosita ishtirok etganimni doimo faxrlanib eslayman. Konstitusiyamizning k’anday k’ilib hozirgi mazmun va shaklga kelgani, bu murakkab jarayonda kechgan k’izg’in tortishuv va bahs-munozaralar bugungidek yodimda.
Hak’ik’atan ham, 90-yillardagi o’ta og’ir davrda Asosiy k’onunimiz loyihasini ishlab chik’ishda Islom Abdug’anievichdek keng mik’yosda, strategik fikrlaydigan, uzok’ni ko’ra oladigan buyuk siyosiy arbobning bu ishga rahbarlik k’ilgani hal k’iluvchi ahamiyat kasb etdi.
YOsh davlatimiz endigina oyok’k’a turib kelayotgan k’altis va nozik bir vaziyatda turli tor manfaatlar, mahalliychilik, separatizm va millatchilik kabi salbiy holatlarga mutlak’o yo’l k’o’yib bo’lmasdi.
Asosiy k’onunimizda umume’tirof etilgan demokratik prinsiplar bilan birga, xalk’imizning bebaho k’adriyatlari va boy davlatchilik tajribasini ifodalash muhim edi.
Aynan Birinchi Prezidentimizning sa’y-harakatlari bilan Konstitusiyamizda «Inson va uning k’adr-k’immati» degan ulug’ tushuncha markaziy o’ringa k’o’yildi.
Muhtaram Islom Abdug’anievich Konstitusiyamizning loyihasi bo’yicha 1992 yil 8 dekabrda, Oliy Kengashning tarixiy sessiyasida so’zlagan nutk’ida k’uyidagi fikrni alohida ta’kidlagan edilar:
«Biz so’nggi etmish yil mobaynida davlatga k’aramlik va sig’inish holatida yashadik. Mamlakatning, undagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat, deb hisoblab keldik. Ana shu masalada ham Konstitusiyada tub burilish yasalgan.
YA’ni, Asosiy k’onunimizga «davlat, uning idoralari va mansabdor shaxslari jamiyat va fuk’arolar oldida mas’uldirlar», degan modda kiritilgan.
Endilikda inson, uning hayoti, ozodligi, sha’ni, k’adr-k’immati va boshk’a ajralmas huk’uk’ hamda erkinliklari muk’addas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi».
Birinchi Prezidentimizning ana shu fikrlari u kishining davlat, jamiyat va inson hayoti bilan bog’lik’ har bir masalaga nak’adar teran yondashganidan, shu asosda Konstitusiyamizda eng murakkab savollarga ham javob topish mumkin ekanidan dalolat beradi.
Bir so’z bilan aytganda, Islom Karimovni hak’li ravishda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining muallifi, deb e’tirof etish uchun barcha asoslarga egamiz.
K’adrli do’stlar!
Mustak’il tarak’k’iyot yillarida Konstitusiyamiz yurtimizda huk’uk’iy demokratik davlat, kuchli fuk’arolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan ik’tisodiyotni k’urish, xalk’imiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O’zbekistonning xalk’aro maydonda munosib o’rin egallashida mustahkam poydevor bo’lib xizmat k’ilmok’da.
Asosiy k’onunimiz fuk’arolik jamiyatining tarkibiy k’ismi bo’lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va siyosiy partiyalarning shakllanishi, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi, saylov tizimining asosiy tamoyil va k’oidalarini mustahkamladi.
Bosh k’omusimiz Inson huk’uk’lari umumjahon deklarasiyasi va boshk’a asosiy xalk’aro hujjatlar talablariga to’la mos holda, inson va fuk’arolarning shaxsiy huk’uk’ va erkinliklari, siyosiy, ik’tisodiy va ijtimoiy huk’uk’larini kafolatlab berdi. Insonning ma’naviy kamol topishi va har tomonlama uyg’un rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
O’tgan davr mobaynida Konstitusiyamizda muhrlab k’o’yilgan tamoyil va k’oidalar negizida yurtimizda milliy k’onunchilik tizimi barpo etildi. Mamlakatimiz ijtimoiy-ik’tisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalishiga, hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilgan samarali islohotlarga asos bo’ldi.
Fuk’arolarimiz huk’uk’iy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning siyosiy faolligini oshirishda ham Konstitusiyaning o’rni va ahamiyati bek’iyos ekanini alohida ta’kidlash joiz.
Kuni kecha mamlakatimizda bo’lib o’tgan muhim siyosiy vok’ea — O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalk’imizning faol ishtiroki esa buning yak’k’ol dalilidir.
Aziz do’stlar, biz bu saylovni Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimovning siyosiy merosiga va u kishi o’zining cheksiz mehrini bergan xalk’imizga munosib tarzda o’tkazdik.
Saylov siyosiy partiyalar o’rtasida sog’lom rak’obat va kurash, prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlarini erkin muhokama k’ilish sharoitida hamda demokratik prinsiplarga to’lik’ mos keladigan oshkoralik va ochik’lik ruhida o’tganini mamnuniyat bilan k’ayd etamiz.
Saylovlarni mana shunday yuk’ori saviyada tashkil etgan Markaziy saylov komissiyasiga, okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolariga, ularga ko’mak bergan barcha fuk’arolik jamiyati institutlariga, siyosiy partiyalar faollariga samimiy tashakkur bildirishga ijozat bergaysiz.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, saylov jarayonida 5 ta xalk’aro tashkilot hamda 46 ta davlatdan 600 nafarga yak’in kuzatuvchilar ishtirok etdilar. Jumladan, ilk bor Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huk’uk’lari bo’yicha byurosining 32 ta mamlakatga mansub 200 nafarga yak’in tarkibdagi to’lak’onli missiyasi kuzatuvchilari k’atnashdilar.
Xalk’aro kuzatuvchilar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bilan bog’lik’ ishlarga yuksak baho berdilar. Barcha saylov uchastkalarida saylovchilarga k’ulay sharoitlar yaratilganini, aynik’sa, jismoniy imkoniyati cheklangan fuk’arolar, turli millat vakillari uchun saylov huk’uk’ini amalga oshirish imkoniyati yuk’ori darajada tashkil k’ilinganini e’tirof etdilar.
Barcha chet ellik kuzatuvchilar tomonidan saylov tenglik va adolat prinsiplari asosida, ochik’ va oshkora o’tgani bir ovozdan tan olingani hammamizga mamnuniyat bag’ishlaydi.
Fursatdan foydalanib, O’zbekistondagi demokratik o’zgarishlarga katta e’tibor berib, saylov jarayonida ishtirok etgan barcha xalk’aro kuzatuvchilarga, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlariga tashakkur izhor etamiz.
Aziz vatandoshlar!
Mana shu yuksak minbardan turib, avvalo, bo’lib o’tgan saylovda menga yuksak ishonch bildirib, men uchun ovoz bergan barcha saylovchilarga, nuroniy otaxon va onaxonlarimizga, muhtarama opa-singillarimizga, navk’iron yoshlarimizga, ko’pmillatli butun xalk’imizga o’zimning cheksiz minnatdorchiligimni bildirib, ta’zim k’ilaman.
Xalk’imiz o’zining xohish-irodasi bilan meni mana shunday yuksak lavozimga munosib ko’rganini o’zim uchun oliy sharaf deb bilaman. Sizlarning menga bildirgan yuksak ishonchingizni ok’lash uchun bor kuch va salohiyatim, bilim va tajribamni, butun borlig’imni safarbar etaman.
K’adrli do’stlar!
Konstitusiyamizda belgilangan k’onun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huk’uk’ va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir.
O’tgan davrda k’abul k’ilingan 400 ga yak’in yaxlit k’onunlar hayotimizning barcha sohalarini huk’uk’iy tartibga solish bilan birga, fuk’arolarning huk’uk’ va manfaatlarini ta’minlashga xizmat k’ilmok’da.
Ayni vak’tda k’onunlarning to’lik’ligi, hayotiyligi va to’g’ridan-to’g’ri amalga oshirish mexanizmlariga ega ekani hak’ida so’z yuritganda, bu borada hali ko’p ish k’ilishimiz kerakligini ta’kidlash zarur.
Afsuski, hozirgi kunda k’onunlarning islohotlar samarasiga ta’siri etarlicha sezilmayapti. Ularning ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishdagi roli pastligicha k’olmok’da.
Bu holat mamlakatimiz k’onunchilik tizimiga fuk’arolarimiz, tadbirkorlar, k’olaversa, chet el investorlarining ishonchsizligini keltirib chik’arishi mumkinligini unutmasligimiz kerak.
Aminmanki, hurmatli K’onunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari bu masalaga jiddiy e’tibor k’aratadilar.
Bu boradagi ishlarni tashkil etishda avvalambor k’onun loyihalarini puxta va ijtimoiy munosabatlarni to’g’ridan-to’g’ri tartibga soladigan darajada ishlab chik’ish, aynik’sa, idoraviy hujjatlarni keskin k’isk’artirish zarur, deb hisoblayman.
Shu o’rinda Hukumatning parlament bilan k’onun ijodkorligi va nazorat-tahlil sohasidagi hamkorligini yanada samarali tashkil k’ilish mak’sadida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisda doimiy asosda faoliyat ko’rsatadigan vakili lavozimini ta’sis etish mak’sadga muvofik’ bo’ladi.
Hammamiz yaxshi tushunamizki, k’onunlarni k’abul k’ilish — bu ishning bir k’ismi, xolos.
Asosiy masala — k’onunlarning mazmun-mohiyatini xalk’imizga va mas’ul ijrochilarga o’z vak’tida etkazish, ularning ijrosini to’g’ri tashkil etish hamda k’onun talablariga k’at’iy amal k’ilishni ta’minlashdan iboratdir.
Afsuski, mazkur yo’nalishdagi ishlar talab darajasida emas. Buning ok’ibatida oxirgi uch yilda davlat organlarining 157 ta k’arori o’z kuchini yo’k’otgan k’onunlar asosida chik’arilgan.
Endi o’ylab ko’raylik, k’onunchilikka kiritilayotgan yangiliklar o’z vak’tida joylarga, aynik’sa, ijrochilarga etkazilmaydigan bo’lsa, ularning bajarilishi hak’ida nima deyish mumkin?
Bu muammoni samarali hal k’ilishning birdan-bir yo’li — k’onunlar ijrosini tashkil etish bo’yicha soatdek anik’ ishlaydigan mexanizm yaratishdir.
K’onunlarning mazmun-mohiyatini xalk’imizga etkazishda O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O’zbekiston Milliy axborot agentligi va boshk’a ommaviy axborot vositalarida bitta-ikkita mak’ola yoki ko’rsatuv bilan cheklanish mumkin emas. K’abul k’ilingan k’onunlarni atroflicha muhokama k’ilish, yurtdoshlarimizning ularga munosabatini ifoda etadigan tahliliy materiallar, ko’rsatuv va eshittirishlar, afsuski, juda kam.
YAngi k’abul k’ilingan k’onunlar, farmon va k’arorlarning asosiy ma’nosini aholiga etkazish bo’yicha samarali mexanizm yaratish kerak.
Hozirgi kunda Adliya vazirligining bu boradagi faoliyatini talab darajasida deb bo’lmaydi. Shu munosabat bilan ushbu vazirlik va uning joylardagi bo’linmalari faoliyatini tank’idiy ko’rib chik’ish zarur.
Adliya vazirligi mutasaddi idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda k’onunlarning ma’no-mazmunini joylarga etkazish, ularni keng targ’ib k’ilishga k’aratilgan anik’ takliflarni ishlab chik’ishi lozim.
Ikkinchidan, k’onun ustuvorligini ta’minlashda huk’uk’iy madaniyatni yuksaltirish, fuk’arolarni k’onunga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Aynan shu nuk’tai nazardan k’araganda, 20 yil avval bu borada k’abul k’ilingan Milliy dasturni yangidan ishlab chik’ishni davrning o’zi tak’ozo etmok’da.
Parlamentimiz jamiyatda huk’uk’iy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha yangi Milliy dasturni yaratishda bosh-k’osh bo’lishi mak’sadga muvofik’, deb hisoblayman.
Hurmatli anjuman ishtirokchilari!
Konstitusiyamizda oliy k’adriyat sifatida belgilab k’o’yilgan inson huk’uk’larini ta’minlash masalasi bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo’ladi. Buning uchun sud hokimiyatining chinakam mustak’illigiga erishish nak’adar muhim ahamiyatga ega ekanini albatta barchamiz yaxshi tushunamiz.
Bu borada yak’inda k’abul k’ilingan Farmon ijrosini ta’minlash birinchi darajali vazifamizdir.
Xususan, sudyalarning vakolat muddatini uzaytirish, sud ishlarida adolatli k’arorlar k’abul k’ilishga k’odir bo’lgan, yuksak malakali sud xodimlari korpusini shakllantirishimiz lozim.
Sud hokimiyatining mustak’illigi to’g’risidagi konstitusiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik muk’arrarligini ta’minlash oldimizga k’o’ygan mak’sadlarga erishishning muhim kafolatidir.
Sudlarda ishlarni ko’rish sifatini oshirish, aynik’sa, fuk’arolik ishlarida ovora bo’lib yurishlarning oldini olish, aynan bir instansiya sudida ishni bir necha marotaba ko’rib turli k’arorlar k’abul k’ilish amaliyotiga chek k’o’yish vak’ti keldi.
K’onunchiligimizda advokatlarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha asoslar yaratilgan. Lekin, afsuski, advokatura hanuzgacha fuk’arolar huk’uk’larini ishonchli himoya k’ilish institutiga aylangani yo’k’.
Shu boisdan ham sud-huk’uk’ sohasida advokaturaning o’rni va rolini yanada oshirish, uning vakolatlarini kengaytirish bo’yicha k’o’shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz kerak.
Biz «Adolat — k’onun ustuvorligida» degan tamoyil asosida jamiyatimizda k’onunga hurmat, huk’uk’buzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga k’aratilgan ishlarimizni jadal davom ettiramiz.
Bu borada huk’uk’buzarlik holatlarining oldini olishga alohida e’tibor k’aratiladi. Buning uchun avvalo mahalla imkoniyatlaridan keng foydalanish, profilaktika inspektorlarining ish samarasi va mas’uliyatini oshirish, ular uchun munosib xizmat va turmush sharoitini yaratib berish choralarini ko’rishimiz darkor.
Huk’uk’ni muhofaza k’ilish faoliyatida ochik’lik va oshkoralikni ta’minlash uchun biz fuk’arolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan samarali hamkorlikni keng yo’lga k’o’yamiz.
Aynik’sa, huk’uk’ni muhofaza k’iluvchi organlarning o’zlari tomonidan k’onunni buzish bilan bog’lik’ har k’anday holatga prinsipial baho beriladi va k’at’iy chora ko’riladi. Bunga hech kimda shubha bo’lmasligi kerak.
Jamiyat rivojiga g’ov bo’layotgan yana bir illat — bu korrupsiya balosidir. Bunday xatarga k’arshi kurashish mak’sadida yak’inda K’onunchilik palatasi tomonidan k’abul k’ilinib, Senatga yuborilgan «Korrupsiyaga k’arshi kurashish to’g’risida»gi k’onunni tezrok’ amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarini ko’rishimiz lozim.
Bularning barchasi o’z navbatida inson huk’uk’ va manfaatlarini ishonchli himoya k’ilish tizimini takomillashtirishga, xalk’imizning davlat hokimiyatiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat k’iladi.
Muhtaram yurtdoshlar!
Sizlarga yaxshi ma’lumki, 2016 yil Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan «Sog’lom ona va bola yili» deb e’lon k’ilingan edi.
Bu borada davlat dasturi tasdik’lanib, ko’plab tadbirlar amalga oshirildi. Bu har tomonlama sog’lom avlodni voyaga etkazish yo’lidagi ishlarimizni izchil davom ettirib, yanada yuksak bosk’ichga ko’tarishga xizmat k’ilmok’da.
Birinchi navbatda, onalik va bolalikni muhofaza k’ilish, bark’aror rivojlanayotgan davlatning negizi bo’lgan oila institutini mustahkamlash mak’sadida k’onunchilik va normativ-huk’uk’iy baza yanada kuchaytirildi.
Xususan, joriy yilda k’abul k’ilingan «YOshlarga oid davlat siyosati to’g’risida»gi k’onun ushbu sohaning asosiy yo’nalishlari bo’lgan ijtimoiy, ik’tisodiy, huk’uk’iy va tashkiliy chora-tadbirlarni anik’ belgilab berdi.
Sog’lom bolani voyaga etkazishning muhim sharti bo’lgan reproduktiv salomatlikni yaxshilash, tug’ma nuk’son va xastaliklar bilan tug’ilishlarning oldini olish, tibbiyot maskanlarining moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash uchun tizimli ishlar amalga oshirildi.
Bu hak’da ko’p gapirish mumkin, lekin men fak’atgina ba’zi bir misollarga to’xtalib o’tmok’chiman.
Mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun joriy yilda 80 million dollar k’iymatidagi kredit va grant mablag’lari yo’naltirildi.
Dasturda belgilangan tadbirlar bo’yicha 9 millionga yak’in farzand ko’rish yoshidagi ayollar va 10 millionga yak’in bolalar tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, sog’lomlashtirildi.
Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida eshitish bo’yicha nuk’soni bo’lgan 350 dan ortik’ bolada koxlear implantasiya operasiyalari amalga oshirildi. Buning uchun 21 milliard so’m mablag’ sarflandi. Lekin biz uchun k’ancha mablag’ ketgani emas, balki yuzlab bolalarimizning salomatligi tiklangani muhimdir.
Ana shunday ishlar k’atorida 700 ming nafar bola pnevmokok infeksiyasi va boshk’a yuk’umli kasalliklarga k’arshi emlandi.
Dastur doirasida ayollarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, k’ishlok’ joylarda namunaviy loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari barpo etish borasida ham katta ishlar k’ilindi.
Ayni vak’tda xorijiy sarmoyalar ishtirokida k’ishlok’ aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash, tuman va shaharlardagi suv tarmok’larini modernizasiya k’ilish mak’sadida 100 million dollar mablag’ jalb etildi.
Yurtimizda bolalar sportini rivojlantirish, aynik’sa, k’iz bolalar o’rtasida sportni ommalashtirish borasidagi ishlarning davomi sifatida umumta’lim maktablarida 220 dan ziyod sport zallari barpo etildi.
YOsh oilalar, tadbirkor ayollar, kollej bitiruvchilari, oilaviy biznes va hunarmandlikni k’o’llab-k’uvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan yil davomida 2 trillion so’mdan ortik’ kreditlar ajratildi.
Albatta, «Sog’lom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida amalga oshirgan ishlarimiz hak’ida yana uzok’ gapirish mumkin. Lekin, muxtasar k’ilib aytadigan bo’lsak, ana shu mak’sadlar uchun barcha manbalar hisobidan 7 trillion 480 milliard so’m va 190 million dollardan ziyod mablag’ sarflandi.
Shuning o’zi, o’ylaymanki, bu boradagi faoliyatimizning ko’lami va mik’yosi nak’adar ulkan ekanidan dalolat beradi.
Fursatdan foydalanib, shu yo’lda fidokorona mehnat k’ilayotgan tibbiyot xodimlariga, bu olijanob ishga hissa k’o’shgan barcha vatandoshlarimizga chin k’albdan minnatdorchilik bildiramiz.
Bugun mana shu zalda o’tirgan, bu masalada o’zining yordam va ko’magini ayamagan xalk’aro tashkilotlar vakillariga, xorijiy davlatlarning muhtaram elchilariga, kelinglar, hammamiz birgalikda samimiy tashakkur va ezgu tilaklarimizni bildiraylik.
Aziz yurtdoshlar!
Bugun hayotimizning o’zi Konstitusiyamizda ifodasini topgan eng asosiy mak’sad — inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa k’ilib k’o’ymok’da.
Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalk’ bilan mulok’ot k’ilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.
YAk’inda bo’lib o’tgan saylovoldi uchrashuvlarida men bir narsaga amin bo’ldim. Biz keyingi paytda odamlar bilan mulok’ot k’ilishni unutib k’o’ydik. Ularning ichiga kirib, ochik’ va samimiy gaplashish, dardini eshitish bizning faoliyatimizda, afsuski, oxirgi o’ringa tushib k’oldi.
Hozirgi vak’tda odamlar davlat idoralaridan nimani istayapti? Bu hak’da gapirganda, e’tiboringizni muhim bir masalaga k’aratmok’chiman.
Xabaringiz bor, shu yil 25 sentyabrda Bosh vazirning internet tarmog’ida elektron k’abulxonasi tashkil etilgan edi. O’tgan davrda ushbu k’abulxonaga fuk’arolarimizdan 218 mingdan ortik’ murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning k’ariyb 59 foizi echimini topgan bo’lsa, 41 foizi ko’rib chik’ilmokda.
Ochik’ aytishim kerak, bu murojaatlar tahlilidan ko’p narsa ayon bo’ldi. Ta’bir joiz bo’lsa, ular hayotimizda mavjud bo’lgan o’tkir muammolarga ko’zimizni ochib berdi.
Mana, odamlar nimalar hak’ida murojaat k’ilmok’da. Avvalo, ular turli sohalardagi byurokratik to’sik’larni olib tashlash, k’onunga zid bo’lgan ko’plab idoraviy yo’rik’nomalarni bekor k’ilish, stavkasi optimal bo’lgan bank kreditlari ajratish, tadbirkorlik bo’yicha nok’onuniy tekshirishlarga barham berish hak’ida, huk’uk’-tartibot idoralarining faoliyati hak’ida murojaat k’ilmok’da.
Shu bilan birga, aholimizdan uy-joy k’urilishi, kommunal, transport va savdo xizmati, energiya ta’minotini, yo’llarning holatini yaxshilash bo’yicha ham ko’plab murojaatlar kelib tushmok’da.
Ko’rib turibsizki, aziz do’stlar, bu talablarning barchasi k’onuniy va adolatli. Bu borada ortik’cha izohning hojati yo’k’, deb o’ylayman.
Lekin shu o’rinda bir savol tug’iladi: mana shu murojaatlarda ko’tarilgan hayotiy muammolarni joylardagi hokimlik va idoralar, tegishli mutasaddilar o’z vak’tida hal etishi zarur emasmidi? Holbuki, bu masalada alohida k’onun, ya’ni, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi k’onun k’abul k’ilingan. Lekin, ming afsuski, bu k’onunning ijrosini nazorat k’ilish o’z holiga tashlab k’o’yilgan.
Shu sababli ana shu k’onun talablarini bajarmayotgan rahbar va mansabdor shaxslarni nafak’at ma’muriy, balki jinoiy javobgarlikka tortish zarur, deb hisoblayman.
Xalk’ davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalk’imizga xizmat k’ilishi kerak va bu hak’ik’atni avvalo barcha bo’g’indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur.
Shu munosabat bilan tadbirkorlik faoliyati va xususiy mulkni himoya k’ilish yuzasidan yak’inda k’abul k’ilingan Farmon talablariga so’zsiz amal k’ilishni ta’minlash shart. Nega deganda, xalk’ boy bo’lsa, davlat ham albatta boy va k’udratli bo’ladi.
Shu nuk’tai nazardan k’araganda, xalk’ bilan mulok’ot va inson manfaatlari tushunchalari o’zaro shunchalik bog’lanib ketganki, ularni bir-biridan aslo ajratib bo’lmaydi.
Ana shu zaruratdan kelib chik’k’an holda, barcha k’onun hujjatlarida xalk’ bilan mulok’ot tizimi hak’idagi normalarni anik’ belgilab k’o’yish lozim, deb hisoblayman.
Ana shu fikr-mulohazalarning barchasini hisobga olib, kirib kelayotgan 2017 yilni yurtimizda «Xalk’ bilan mulok’ot va inson manfaatlari yili» deb e’lon k’ilishni taklif etaman.
Endi, ijozatingiz bilan, bu boradagi eng dolzarb va ustuvor vazifalarga atroflicha to’xtalib o’tsam.
Avvalo, «Xalk’ bilan mulok’ot va inson manfaatlari yili»ning asosiy mak’sad va vazifalaridan kelib chik’k’an holda, davlat organlarining fuk’arolar bilan o’zaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan k’ayta ko’rib chik’ish zarur. Bu borada aholi bilan doimiy mulok’ot k’ilish, ularni k’iynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy etishimiz darkor.
Biz aholi eng ko’p murojaat k’iladigan davlat idoralari faoliyatida odamlar bilan ishlash bo’yicha sifat jihatidan mutlak’o yangi tizimga o’tish hak’ida o’ylayapmiz. Xususan, 2017 yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etiladi.
Shu bilan birga, har bir tuman va shaharda «Xalk’ k’abulxonalari»ni tashkil etish va ularning to’lak’onli faoliyat ko’rsatishini ta’minlashimiz zarur.
Aytish kerakki, bunday k’abulxonalar siyosiy partiyalar, jumladan, O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tizimida faoliyat ko’rsatishi mak’sadga muvofik’dir. Chunki siyosiy partiya fuk’arolarning mak’sad va manfaatlarini ro’yobga chik’aradigan kuch sifatida odamlar hayotidagi muammolardan doimo xabardor bo’lishi kerak.
Ayni vak’tda bu k’abulxonalarning huk’uk’iy mak’omini, ularning vakolat va majburiyatlarini ham anik’ belgilab k’o’yish mak’sadga muvofik’dir.
Bizning asosiy mak’sadimiz — «Xalk’ k’abulxonalari»ga k’ilingan hech bir murojaat e’tiborsiz k’olmaydigan tizim yaratishdan iborat.
Muxtasar aytganda, odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochik’ mulok’otda bo’lish, og’irini engil k’ilish — aholining davlat va jamiyatga ishonchini mustahkamlashga xizmat k’iladi.
Shu mak’sadda aholiga kundalik va eng zarur bo’lgan davlat xizmatlarini «yagona darcha» prinsipi bo’yicha bir idora ork’ali ko’rsatish tizimini takomillashtirishimiz kerak.
Bundan tashk’ari, har bir hududdagi vaziyatni, avvalo, farmon va k’arorlar ijrosini, ularning samaradorligini doimiy ravishda o’rganib, bu borada davlat organlari mas’uliyatini oshirish bo’yicha takliflar ishlab chik’adigan tizimni shakllantirishimiz kerak.
Fursatdan foydalanib, Oliy Majlis K’onunchilik palatasi va Senati rahbariyati, deputatlar va senatorlarga bir taklif bilan murojaat k’ilmok’chiman.
YA’ni, parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish mak’sadida shahar va tumanlarda hak’ik’iy ahvolni o’rganib, tegishli rahbarlarning hisobotini xalk’ deputatlari kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritish tartibini joriy etishni hayotning o’zi tak’ozo k’ilmok’da.
Har k’aysi viloyatdan, masalan, Surxondaryodan saylangan Oliy Majlis deputatlari va senatorlar har oyda 10?12 kun davomida bir tumanda, aytaylik, Muzrabot tumanida bo’lib, o’zlari saylangan hududdagi ijroiya hokimiyat organi, prokuratura va ichki ishlar bo’limining faoliyatini o’rganib, tahlil k’ilishi va tegishli xulosa berishi mak’sadga muvofik’ bo’lur edi.
Ma’lumki, hozirgi kunda Oliy Majlisimiz Senati tomonidan har yili Bosh prokuraturaning hisoboti eshitiladi. Bu albatta muhim, lekin joylardagi, masalan, uzok’ Olot tumanida mahalliy hokimliklar, prokuratura va ichki ishlar bo’limlarining hisobotini kim eshitadi?
Shu nuk’tai nazardan k’araganda, Birinchi Prezidentimiz joriy etgan tizim asosida hurmatli K’onunchilik palatasi Spikeri va Senat raisi joylarga chik’k’anlarida mahalliy hokimliklar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlaridan ular o’z zimmasidagi vazifalarni k’ay darajada ijro etayotganiga, aholini o’ylantirayotgan muammolarni, ularning murojaatlarini k’anday hal k’ilayotganiga alohida e’tibor k’aratishlari lozim.
Bu boradagi ishlarni tashkil etishda parlament so’rovi, tegishli davlat idoralari rahbarlari axborotlarini eshitish kabi vakolatlardan keng foydalanish kerak.
O’tkazilgan barcha o’rganishlar natijalarini umumlashtirib, har yili bir marta ichki ishlar vazirining eng avvalo profilaktika sohasidagi faoliyati yuzasidan hisobotini Senatda eshitish amaliyotini joriy etish ham to’g’ri bo’ladi, deb o’ylayman.
Shu mak’sadda Oliy Majlis 2017 yildan boshlab har k’aysi viloyat bo’yicha bir yilga mo’ljallangan ish rejasini belgilab olishi o’rinli bo’lardi.
Kelgusida biz mahalliy hokimlarni bevosita xalk’ tomonidan saylash masalasi hak’ida ham o’ylab, muhokama k’ilib ko’rishimiz kerak. Har bir hudud o’z rahbarini o’zi saylasa, rahbarlarning xalk’ va jamiyat oldidagi mas’uliyatini keskin oshirishga erishish mumkin.
Hozirgina bayon k’ilingan ustuvor vazifalar davlat boshk’aruvi tizimini bugungi va ertangi kun talablaridan kelib chik’ib, yanada takomillashtirishni tak’ozo etadi.
Bu borada 2017?2021 yillarga mo’ljallangan, O’zbekiston Respublikasida ma’muriy boshk’aruv sohasidagi islohotlar konsepsiyasini k’abul k’ilish ko’zda tutilmok’da.
Ushbu konsepsiyaga muvofik’, davlat boshk’aruvi organlari tuzilmasini, vazifa va vakolatlarini optimallashtirish, ularning o’ziga xos bo’lmagan, takrorlanadigan funksiyalarini hamda xodimlar umumiy sonini k’isk’artirish, shuningdek, davlatning ik’tisodiyotni boshk’arishdagi rolini keskin kamaytirish bo’yicha anik’ tadbirlar amalga oshiriladi.
Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasi ijro apparati faoliyatini takomillashtirishga, k’abul k’ilinayotgan k’onun, farmon va k’arorlar samarali amalga oshirilishini ta’minlashga alohida e’tibor k’aratamiz.
Shu bilan birga, davlat xizmati institutini isloh etish, davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti, ularning kasbiy tayyorgarligini tubdan takomillashtirish, bu sohaga yangicha fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, vatanparvar kadrlarni jalb etish bo’yicha samarali tizim yaratiladi.
Ana shu masalalarning barchasi yak’inda ishlab chik’iladigan «Davlat xizmati to’g’risida»gi k’onunda o’z ifodasini topadi.
Hurmatli do’stlar!
Inson manfaatlarini ta’minlashda ik’tisodiyotimizning yuksak sur’atlar bilan bark’aror rivojlanishi k’anday katta ahamiyatga ega ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz.
Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish hak’i, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordik’ chik’arish uchun keng imkoniyatlar yaratish — bularning barchasi ik’tisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir.
Shu borada nafak’at eng kam oylik ish hak’ini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o’rtacha ish hak’i mik’dorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafak’alar hajmini bosk’ichma-bosk’ich ko’paytirish e’tiborimiz markazida bo’ladi.
Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafak’at ik’tisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir k’atorda bank muassasalari ham bu ishga yanada faol jalb etilishi kerak.
Aholi bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish bo’yicha katta imkoniyatlarni ham ishga solishimiz lozim.
Shu mak’sadda yak’inda tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish davlat k’o’mitasi o’z mablag’larini va xorijiy sarmoyalarni xalk’aro standartlarga mos keladigan infratuzilmalarni rivojlantirishga yo’naltirishi zarur.
Mamlakatimizda investisiya siyosatini kuchaytirish masalasiga biz alohida ustuvor ahamiyat k’aratamiz.
Xorijiy sarmoyalarni va ilg’or texnologiyalarni ik’tisodiyotga jalb etish uchun chet ellardagi diplomatik vakolatxonalarimiz jiddiy ish olib borishi lozim.
Buning uchun Tashk’i ishlar vazirligi faoliyatini kuchaytirish, chet mamlakatlardagi elchilarimiz nafak’at siyosiy, ayni vak’tda yurtimizga investisiyalarni jalb k’ilish masalalari bilan ham faol shug’ullanishlari darkor. Ularning bu boradagi faoliyatini nazorat k’ilish uchun Oliy Majlis Senatining Tashk’i siyosat masalalari k’o’mitasining faoliyat sohasi va vakolatlarini kengaytirish zarur, deb hisoblayman.
Bu k’o’mita xalk’aro ik’tisodiy hamkorlik, chet el investisiyalarini faol jalb etish masalalari bo’yicha parlament nazoratining muhim bo’g’iniga aylanishi lozim.
K’o’mita mamlakatimizga investisiyalarni jalb k’ilish borasidagi ishlarning samaradorligi, bu sohadagi muammolar, to’sik’ va g’ovlarni bartaraf etish, investisiyaviy muhitni yaxshilash bo’yicha tegishli idoralarning mas’uliyatini oshirish choralarini ko’rishi mak’sadga muvofik’ bo’ladi.
Inson manfaatlarini ta’minlash yana bir muhim masala — aholimizning yarmidan ko’pi yashaydigan k’ishlok’ joylarda hayot darajasi va sifatini oshirish bilan bevosita bog’lik’dir. Shu sababli biz bundan buyon ham k’ishlok’ xo’jaligi sohasidagi islohotlarni chuk’urlashtirishga, er va suv resurslaridan samarali foydalanishga, ilg’or texnologiyalarni joriy etishga asosiy e’tiborni k’aratamiz. Shu bilan birga, xomashyoni, eng avvalo paxta xomashyosini chuk’ur k’ayta ishlash bo’yicha anik’ rejalar belgilanmok’da.
YAna bir ustuvor vazifa — yangi 2017 yildan boshlab k’ishlok’ joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo’yicha arzon va k’ulay uy-joylar k’urish dasturini amalga oshirishga kirishamiz.
Aziz do’stlar!
Barchamizga ayonki, yurtimizdagi har k’aysi inson, har k’aysi oilaning eng ezgu orzu-mak’sadlari, hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida namoyon bo’ladi, ro’yobga chik’adi. Albatta, bu borada yurtimizda ulkan ishlar k’ilinmok’da va ular amalda o’zining ijobiy natijasini bermok’da.
Bu hak’da gapirganda, barchamizga cheksiz g’urur va iftixor bag’ishlaydigan bir misolni aytib o’tmok’chiman. Joriy yilda Braziliyada o’tkazilgan Olimpiya va Paralimpiya o’yinlarida sportchilarimiz 44 ta medal, jumladan, 12 ta oltin medalni k’o’lga kiritgani mamlakatimiz hayotida tarixiy vok’ea bo’ldi.
Fursatdan foydalanib, xalk’aro maydonlarda yurtimiz bayrog’ini baland ko’tarib kelayotgan sportchi yoshlarimizga, ularning ota-onalari va ustoz-murabbiylariga chuk’ur minnatdorlik bildiraman.
«Xalk’ bilan mulok’ot va inson manfaatlari yili» dasturidan yoshlarimizni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o’rin egallashi tabiiydir.
Bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar k’urish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo’yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosk’ichga ko’taramiz.
Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.
YOsh avlod tarbiyasi hak’ida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, aynik’sa, endi hayotga kirib kelayotgan o’g’il-k’izlarimiz amal k’ilishlarini men juda-juda istardim.
Mana, ulug’ ajdodimiz nima deb yozganlar:
«Xalk’ning anik’ mak’sad sari harakat k’ilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan k’olib, o’zgalarga tobe va k’ul, asir bo’lishi ularning o’z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog’lik’».
K’arang, k’anday bebaho, oltinga teng so’zlar!
Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, nok’onuniy migrasiya, «ommaviy madaniyat» degan turli balo-k’azolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo’lsak, bu so’zlarning chuk’ur ma’nosi va ahamiyati yanada yak’k’ol ayon bo’ladi.
Hak’ik’atan ham, hozirgi vak’tda yoshlar tarbiyasi biz uchun o’z dolzarbligi va ahamiyatini hech k’achon yo’k’otmaydigan masala bo’lib k’olmok’da.
Bugungi tez o’zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmok’da. Shu bilan birga, ularni ilgari ko’rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor k’ilmok’da. G’arazli kuchlar sodda, g’o’r bolalarni o’z ota-onasiga, o’z yurtiga k’arshi k’ayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo’lmok’da.
Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko’y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning k’o’liga berib k’o’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Buning uchun yoshlarimiz bilan ko’prok’ gaplashish, ularning k’albiga k’ulok’ solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko’mak berishimiz kerak. Bu borada uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor k’aratishimiz zarur.
Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz. Farzandlarimiz, aynik’sa, k’iz bolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni egallashlari, har tomonlama sog’lom va barkamol bo’lib, hayotdan munosib o’rin topishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Bizning navk’iron avlodimiz manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatimiz yak’inda k’abul k’ilingan «YOshlarga oid davlat siyosati to’g’risida»gi k’onun asosida k’at’iy davom ettiriladi.
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati barcha yoshlarimiz intiladigan, ularning k’obiliyat va ik’tidorini ro’yobga chik’aradigan va manfaatlarini hak’ik’iy himoya k’iladigan tashkilotga aylanishi uchun barcha choralarni ko’ramiz.
2-k’ism

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.