Shavkat mirziyoevning maruzasi 2-kism — ozbekiston

Shavkat mirziyoevning maruzasi 2-kism — ozbekiston

Shavkat mirziyoevning ma’ruzasi (2-k’ism) — o’zbekiston

K’onun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash — yurt tarak’k’iyoti va xalk’ farovonligining garovi (2-k’ism)
O’zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoevning maslakat Konstitusiyasi k’abul k’ilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.
Aziz do’stlar! Barchamizga yaxshi ayonki, inson manfaatlarini yurt tinchligi, jamiyatimizdagi o’zaro hurmat, mehr-ok’ibat va hamjihatlik muhitidan ajratgan holda tasavvur etolmaymiz. Bularning barchasi bizning bebaho boyligimiz va uni ko’z k’orachig’idek sak’lash har birimizning muk’addas burchimizdir.
Bu borada mahalla idoralari, xotin-k’izlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlarining o’rni va rolini yanada kuchaytirish e’tiborimiz markazida bo’ladi.
Ayni vak’tda hozirgi murakkab zamon tinch-osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlash, xalk’imizning kafolatlangan xavfsizligini ta’minlash masalasini yanada dolzarb k’ilib k’o’ymok’da. Shu mak’sadda biz hozirgi vak’tda Ichki ishlar vazirligi tizimini tubdan o’zgartirish chora-tadbirlarini ko’ryapmiz.
O’z paytida muhtaram Yurtboshimiz ichki ishlar organlarining eng k’uyi tizimida profilaktika inspektorlarini tashkil k’ilgan edilar. Ammo bugun bu inspektorlar profilaktika, ya’ni jinoyatlarning oldini olish bilan shug’ullanmayapti, aksincha, sodir bo’lgan jinoyatlarni ro’yxatga olish, yuk’ori idoralarga hisobot yozish bilan band.
Shu sababli bu masalaga k’arashimizni tubdan o’zgartirib, mahalladagi uchastka nozirlariga samarali faoliyat ko’rsatishi uchun barcha zarur ish va turmush sharoitlarini yaratib beramiz.
Shuningdek, har bir tuman hokimi va tuman ichki ishlar bo’limlari rahbarlarining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari lavozimi joriy etiladi. Bu rahbarlarning asosiy vazifasi mahallada uchastka inspektorlari bilan ishlashni tashkil etishdan iboratdir.
Hurmatli majlis ishtirokchilari!
Mamlakatimizda inson manfaatlari bilan bog’lik’ masalalarni hal etishda bizning saylovoldi dasturimizdan joy olgan, hozirgi kunda ishlab chik’ilayotgan mak’sadli dasturlar muhim o’rin tutadi. Bu dasturlar odamlarning turmush darajasi va sifatini yanada oshirishni ta’minlashga k’aratilgan.
Shu mak’sadda mamlakatimiz Hukumati Oliy Majlis K’onunchilik palatasi va Senati bilan birgalikda va jamoat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar ishtirokida 2017?2021 yillarda O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha Harakat strategiyasini ishlab chik’mok’damiz.
Ushbu strategiyada davlat k’urilishi, sud-huk’uk’ tizimini takomillashtirish, ik’tisodiyotni erkinlashtirish va ijtimoiy sohani rivojlantirish, millatlararo do’stlik va hamjihatlikni mustahkamlash bo’yicha eng dolzarb vazifalar anik’ belgilab beriladi.
Aziz do’stlar!
Biz tashk’i siyosat sohasidagi faoliyatimizni avvalo xalk’imiz, Vatanimiz manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda amalga oshiramiz.
Bu siyosatning asosini tinchlikparvarlik, boshk’a davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va k’arama-k’arshiliklarni fak’at tinch, siyosiy yo’l bilan hal etish tashkil etadi.
Biz bundan buyon ham uzok’-yak’indagi barcha xorijiy mamlakatlar, jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorligimizni davom ettiramiz. Bu borada ochik’, do’stona va pragmatik siyosat olib borish tamoyiliga sodik’ k’olamiz.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustak’il Davlatlar Hamdo’stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshk’a xalk’aro tuzilmalar bilan faol munosabatlar va hamkorlik olib borish O’zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat k’iladi.
Biz Jahon banki, Osiyo tarak’k’iyot banki, Islom tarak’k’iyot banki, Xalk’aro valyuta jamg’armasi, boshk’a xalk’aro moliya va ik’tisodiy tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiramiz.
Aziz va muhtaram yurtdoshlar!
Biz yangi — 2017 yilga ezgu va olijanob mak’sadlar bilan k’adam k’o’ymok’damiz.
Buni hozirgina e’lon k’ilingan «Xalk’ bilan mulok’ot va inson manfaatlari yili» bo’yicha barchamiz, butun xalk’imiz k’albidagi orzu-intilishlar ifodasi bo’lgan reja va mak’sadlarimiz yak’k’ol tasdik’lab turibdi.
Ishonchim komil, ana shu olijanob vazifalarni hal etishda davlat va nodavlat tashkilotlar, mahalla, xotin-k’izlar, yoshlar vakillari, keng jamoatchilik, butun xalk’imiz faol ishtirok etadi.
Kirib kelayotgan yangi yil siyosatimizning bosh mak’sadini, ya’ni, inson manfaati har narsadan ulug’, degan ezgu g’oyani izchil davom ettirish, hayotimizni yanada obod va farovon etish yo’lida yana bir ulkan k’adam bo’ladi.
Barchangizni Konstitusiyamiz bayrami bilan samimiy tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.