Shifo topay desangiz — ozbekiston

Shifo topay desangiz… — o’zbekiston
Hozir shamollashlar mavsumi boshlandi. Ko’pchilik tumov, tomok’dagi og’rik’ va bosh og’rig’idan hamda shu kasalliklar bilan bog’lik’ boshk’a asoratlardan k’iynalishmok’da. Bir tomondan k’araganda inson batamom kasal bo’lmaganga o’xshaydi, ishga borish kerak-ku. Ikkinchi tomondan ishlash sur’ati past va umuman ishlab bo’lmaydigan darajada… Zero, engil shaklda bo’lsa ham, bu «mayda» asoratlar, albatta, kasallikning aynan o’zi.
Xo’sh, bunday holda ishga borishi kerak bo’lgan ishchi xodim nima k’ilishi kerak?
Sizga kuch-k’uvvatni baxsh etadigan, kasallik asoratlarini tez yo’k’otadigan, sizga nafak’at ishda o’zingizni osoyishta sezadigan, balki mutlak’o tuzalib ketishingizga yordam beradigan, juda foydali ichimlikni tavsiya k’ilamiz.
Uni uy sharoitida o’zingiz juda oddiy usul bilan, hatto dorixonaga tashrif buyurmasdan tayyorlasangiz bo’ladi.
Buning uchun k’uyidagilar kerak bo’ladi:
1. 1 ta apelsin,
2. 1 ta greypfrukt,
3. 1 ta limon,
4. 1 ta sarimsok’ bo’lagi,
5. Zanjabil ildizidan 3-4 sm, (imbir-zanjabil poroshogini ham k’o’shsa bo’ladi )ni.
6. Zaytun yog’idan 1,5 osh k’oshik’.
> Tayyorlash usuli:
Limon, apelsin va greypfruktni sharbatini sik’ib chik’arish kerak. (Dastlab archib tozalangan) Zanjabil ildizini maydalab, unga k’o’shib, so’ng sarimsok’ni ezib k’o’shiladi va zaytun yog’ini ham k’o’shib, yaxshilab aralashtirib, nonushtadan so’ng birdan ichish kerak.
Zanjabil hisobiga ichimlik tanaga k’uvvat berib, sarimsok’ va S vitamini infeksiya bilan kurashadi, kuch-k’uvvatni sitrus mevalaridagi bioflavanoidlar bilan tiklab hamda organizm hujayralarini zaytun yog’lari vositasida muhofaza k’iladi. YOg’ning yana k’o’shimcha foydali tomoni u ichimlikni yumshatadi.
Ichimlikni birdaniga ichish yaxshirok’dir. Sababi – bu xo’rrandaning mazasini tatib ichadigan taomi emas, balki shifobaxsh ichimlikdir.
Rus tilidan Ummu Abdulaziz tarjimasi
BAHAM KO’RING
Комментарии 0