Shuhrat shokirjonov barselona korni yondirdi — ozbekiston

Shuhrat shokirjonov barselona korni yondirdi — ozbekiston

Shuhrat shokirjonov: «barselona» k’orni yondirdi» — o’zbekiston

«Barsa» ko’z o’ngimizda tarix yaratdi. To’g’risini tan olaman, hattoki o’zim ham chorak finalga yo’l olishlariga ishonmagan edim. Ishonolmasdim, 4:0, 5:0 hisobidagi kambeklarni O’zbekiston MTJ va «Paxtakor» ishtirokida ko’rganmiz yak’in tarixda, albatta. Ammo, «Barselona» ishtirokida, bo’lib ham Evropa Chempionlar ligasida unday yo’l bilan g’alaba k’ozonish mumkinligiga ishonolmasdim. Trapning 1-dak’ik’ada k’izil olishini tasavvur k’ilib ko’ring-a!)
Kecha tvit ham yozdim: Agar «Barselona» muvozanatni to’lik’ tiklaganda va 4:0 hisobini o’rnatganda va shundan keyin Kavani bitta javob to’pi kiritganida, balkim, «Barselona» sochilib ketgan bo’lardi. Lekin o’sha golgacha uchta gol urishni eplagan «Barsa» keyin yana 3 ta gol kirita oldi. O’sha taxlitda, fak’at Neymar didjey bo’lgan «time lapse» rejimida.
Xullas, «k’alovini topsang k’or ham yonadi», deganlaridek, «Barselona» k’orni yondirdi. Ana endi klubdan ham katta bo’lgan jamoa mavsumdagi barcha sovrinlarni k’o’lga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil k’ilib turibdi. «Barselona» hamon jahon futbol po’rtanasining k’ok’ markazida, kerak bo’lsa — o’sha po’rtananing aylanish tezligini belgilab beruvchi kuch bo’lib turibdi. Hali bizni oldinda juda k’izik’ uchrashuvlar kutmok’da. Ko’raveramiz.
Shuhrat ShOKIRJONOV,
jurnalist

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.