Shvesiyaning danfo kompaniyasi hojatkhonalar tarmogi operatori bulishi mumkin — ozbekiston
Shvesiyaning danfo kompaniyasi hojatkhonalar tarmogi operatori bulishi mumkin — o’zbekiston
11 yanvar kuni Turizmni rivojlantirish davlat qumitasi raisi va Shvesiyaning Danfo kompaniyasi vakili Aleksey Shalashinskiy bilan bulib utgan uchrashuvda Uzbekiston viloyatlarida jamoat hojatkhonalari infratuzilmalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Turizm qumitasi matbuot khizmati khabar qildi.
Butun mamlakatda zamonaviy hojatkhonalar tarmogining tashkil etilishi Uzbekiston turizm jozibadorligini oshirish borasidagi ishlar doirasida amalga oshirilmoqda. Turli khildagi hojatkhonalar — mobil kabinalardan tortib tuliq avtomatlashtirilgan punktlargacha ishlab chiqarishga ikhtisoslashgan Danfo kompaniyasi hojatkhonalar tarmogining ehtimoliy operatori sifatida kurilmoqda.
Uzbekiston bozorida muvaffaqiyatli ish olib borishi uchun kompaniyaga mamlakat iqlimini (+45 dan -35 darajagacha), shuningdek kanalizasiyaning mavjud emasligi, elektr va suvga ulanish imkoniyati bulmasligini hisobga olgan holda hojatkhonalarning turli namunaviy loyihalarini ishlab chiqish taklif qilindi.
Hojatkhonalar uz utilizasion sigimlari va suv uchun baklar, ayrim hollarda yoritish uchun quyosh batareyalari bilan taminlangan bulishi mumkin. Vandalizmga qarshi himoyalangan va maksimal darajada ekologik tejamkor bulishi, yuvish uchun odatdagidek 6?8 litr emas, balki 2 litrgacha suv sarflashi lozim.
Hojatkhonalardan sifatli foydalanish uchun ularni GSM-aloqa va datchiklar bilan taminlash taklif qilindi. Ushbu tizimlar utilizasion sigimlar tulgani va suv kam qolgani haqida operatorni khabardor qiladi. Imkoniyati cheklangan odamlar uchun sharoitlarning mavjudligi muhim jihat hisoblanadi.
Davlat turizm qumitasi rahbari hojatkhonalarni qurishda maksimal darajada Uzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot va butlovchi qismlardan (sendvich-panellar, plastik quvurlar va detallar, mustahkamlash elementlari va boshqalar) foydalanish orqali tayyor mahsulot tannarkhini arzonlashtirishni taklif qildi. Bundan tashqari, Danfo kompaniyasining turli kurinishdagi hojatkhonalarini Uzbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlari urganib chiqiladi.
Комментарии 0