Sigir — zotlari — ozbekiston

Sigir — zotlari — ozbekiston

Sigir — zotlari — o’zbekiston

Sigir zotini tanlash muhimmi?
Albatta, muhim! Sigir zotini tanlashda birinchi mezon – bu chorvachilik fermasining yo’nalishi. YA’ni, sigir k’anday ferma uchun va k’ay mak’sadda sotib olinadi? Sut fermasi uchunmi? Sut-go’sht fermasi uchunmi yoki go’sht fermasi uchunmi? Shu savolga anik’lik kiritgandan keyin k’anday yo’nalishdagi k’oramol zotini sotib olishni hal k’ilishingiz mumkin. Yirik k’oramolning uchta asosiy yo’nalishdagi turi mavjud: sut yo’nalishidagi, sut-go’sht yo’nalishidagi va go’sht yshnalishidagi k’oramol zotlari. Shu bilan birga, ik’lim sharoiti o’xshashligi va zotning reproduktiv xussiyatlarini ham inobatga olish zarur. Sut va go’sht yo’nalishidagi mollar sut va go’sht unumdorligi ko’rsatkichlaridan tashk’ari o’zilarining tashki ko’rinishi, tana tuzilishi (eksterer) bilan ham ajralib turadi.
O’zbekistonning ik’lim sharoitidan kelib chik’k’an holda mutaxassislar bizning fermalarga isroil, AK’Sh va Kanadadan sut va go’sht-sut yo’nalishidagi zotli sigirlarni olib kelishni tavsiya etadilar.
Mak’sadni belgilab olish uchun, keling sut va go’shtning foydali xususiyatlarini yana bir esga solib olamiz.
Sut. Sut va sut mahsulotlari tarkibida biroz mik’dorda bizga ma’lum deyarli barcha vitaminlar mavjud. Sut va sut mahsulotlari nisbatan katta mik’dorda kaliy, kalsiy, natriy, magniy, xlor, fosfor, shuningdek muhim fiziologik ahamiyatga ega mikroelementlar bor. Kalsiy va fosforning ok’ilona nisbati kalsiy yaxshi o’zlashtiriliga yordam beradi.
Go’sht. Mol go’shti – inson uchun noyob k’uvvat manbai. U o’z tuzilishi, kimyoviy tarkibi va xususiyatlariga ko’ra inson organizmi ehtiyojlariga juda mos. Ozik’lanish normalari ilmiy hisob-kitoblariga ko’ra odam bolasi yiliga 90 kg go’sht iste’mol k’ilishi kerak.
Tanlash oson bo’lish uchun k’oramol zotlarining har biriga k’isk’acha tavsif berib chik’amiz. Mazkur mak’ola sut yo’nalishidagi k’oramol zotlariga bag’ishlangan. Shuningdek, saytimiz sahifalarida siz sut-go’sht yo’nalishidagi va go’sht yo’nalishidagi k’oramol zotlari bilan tanishishingiz mumkin.
Sut yo’nalishidagi yirik k’oramol
Golland zoti
Golland sigirlari – dunyoda eng keng tark’algan zot. Turli mamlakatlardagi deyarli barcha ola-k’ora mol zoti golland sigir ishtirokida yaratilgan. U proporsional tana tuzilishiga ega, elini yaxshi rivojlangan va go’sht unumdorligi ham yuk’ori darajada. Buzok’larning tug’ilgandagi tirik vazni 35-40 kg ni, katta sigirlarning vazni esa 600 kg ni tashkil etadi. Sut sog’imi – bir laktasiya davrida 5000-6000 kg. Sutdagi o’rtacha yog’ mik’dori 3,7%, ammo bu zot vatanida uzok’ yilgi seleksiya natijasida bir laktasiya davrida 7000 kg sut beradigan podalar tashkil etilgan bo’lib, sut yog’liligi 4,2-4,4% ga etkazilgan.
Golshtin-friz zoti (AK’Sh va Kanada ola-k’ora mol zoti)
Mamlakatimizdagi ola-k’ora mol zotini takomillashtirishda bu zotdan faol foydalaniladi. Niderlandiya va evropaning boshk’a mamlakatlaridan fark’li o’larok’ bu zot AK’Sh va Kanadada naslchilik va ko’paytirish masalalariga emas, balki sut sog’imi hajmi va tirik vazniga urg’u bergan holda ko’paytirilgan bo’lib, sut yog’liligiga uncha e’tibor berilmagan. Bunda buk’alarni etishtirish, bok’ish va parvarishlashning boshk’acha texnologiyasi k’o’llaniladi. Aytish mumkinki, chatishtiruvchsiz, bir zot negizida butkul yangi k’oramol zoti yaratilgan.
Golshtin-friz sigirlarining tirik vazni o’rtacha 670-700 kg, buk’alarning vazni 960 kgdan 1200 kggacha. Eng og’ir sigirlarning tirik vazni 1000 kgga etadi, buk’alarniki – 1250 kg gacha. Buk’achalarning tirik vazni yangi tug’ilganda 44-47 kg, g’unajinlarniki 38-42 kg bo’ladi.
Golshtin-friz zotli sigirlarning rangi ola-k’ora bo’ladi, ammo ba’zida ola-k’izil ranglilari ham uchrab turadi. Golshtin-frizlarning konstitusiyasi mustahkam. Boshk’a ola-k’ora zotlarga nisbatan golshtin-friz zoti yaxshi parvarish k’ilinganda unumdorligi yuk’orirok’ bo’ladi. Chet elda ham, bizning mamlakatimizdagi yirik sut fermalarida ham ko’prok’ golshtin-friz zotli sigirlardan foydalaniladi.
O’tgan o’n yillik davomida golshtin-friz zotli sigirlarning sut unumdorligi bo’yicha o’rtacha yillik va rekord ko’rsatkichlari sezilarli darajada ko’paydi, birok’ boshk’a mamalakatlardagiga nisbatansut yog’liligi uncha ko’tarilmadi. Golshtin-friz zotli sigirlar suti tarkibida ok’sil mik’dori yuk’ori emas (3,2-3,35%).
Golshtin-friz zotini ko’paytirishda laktasiya davridagi sut sog’imi va sut yog’i mik’dori bo’yicha hamda hayoti davomidagi unumdorligi bo’yicha rekorchilarni etishtirishga katta e’tibor beriladi.
Hozirgacha ma’lum golshtin-friz zotli sigirlar: Elen 7336725A to’rtinchi marta bolalagandan so’ng 25 047 kg sut bergan, yoki Bri-Zevud Patsi Bert Pontiak 6174402 nomli sigir to’k’k’izingi marta bolalaganda 21 517 kg sut bergan va suti yog’liligi darajasi 4,71%ni tashkil etgan.
Golshtin-friz sigirlarning elini kosasimon, ko’p sut sig’diradi. Indeksi o’rtacha 45-46; (38,4 bilan 61,3% o’rtasida). Ikki marta sog’ilganda bu sigirlardan sutkasiga 60-65 kg sut olish mumkin. Sut berish maksimal tezligi minutiga o’rtacha 3,21 litrdan 3,51 litrgacha.
Jersi zoti
Jersi zoti – eng k’adimiy sut zotlaridan biri, katta biologik k’iymatga ega. Jersi orolida (La-Mansh bo’g’ozi) xalk’
seleksiyasi yo’li bilan yaratilgan. Dunyoning barcha mamlakatlarida bok’iladi. Mahalliy zotlarning sutida yog’ va ok’sil mik’dorini oshirish mak’sadida foydalaniladi. Rangi malla va och k’o’ng’ir. Burun oynasi to’k’ rangda, atrofidagi tuklari esa och rangda. Tana tuzilishi biroz cho’zik’, mushaklari nisbatan bo’sh rivojlangan va ko’krak k’afasi biroz tor. Sigirlarning tirik vazni 400-50 kg. Zot bo’yicha o’rtacha sut sog’imi bir laktasiya davrida o’rtacha 4800 kg, sut tarkibidagi yog’ tva ok’sil mik’dori 5,8 va 4,3%. Danaiyada seleksiya k’ilingan zotlarning ko’rsatkichlari aynik’sa yuk’ori. Daniyada bu zotli sigirlar soni 100 000ta bo’lib, ularning o’rtacha sut sog’imi 4994 kg, tarkibidagi yog’ mik’dori 6,3 va ok’sil mik’dori 4,1 foizni tashkil etadi. Turli mamlakatlarda bir laktasiya davrida sut sog’imi hajmi 6-10 ming kgni, yog’liligi7,8 va ok’sil mik’dori 4,3-4,5%ni tashkil etadigan sigirlar bor. Bu zotli sigirlar uzok’ umr ko’rishi bilan ajralib turadi va yuk’ori unumdorligini 10-16 laktasiya davomida sak’lab k’oladi. Turli sharoitga yaxshi moslashadi; orttirgan belgilari boshk’a zotlar bilan chatishtirilganda sak’lanib k’oladi. Jersi zotli sigirlarni har k’anday mamlakatda shaxsiy xo’jaliklarda ushlagan ma’k’ul. Buning uchun ishlab chik’aruvchi buk’aning urug’idan foydalanish mumkin, urug’ni har k’anday naslchilik tashkilotidan sotib olish mumkin.
K’o’ng’ir latish zoti
19-asr oxiri va 20-asrning boshlarida mahalliy latish mollarini angeln, shimoliy shlezvig va Daniya k’izil zoti bilan chatishtirish natijasida yaratilgan.
Tanasi cho’zik’, yag’rini tekis, keng, ko’kragi chuk’ur, elkasi va beli to’g’ri, keng, dumg’azasi uzun, to’g’ri va keng, ba’zida osilgan bo’ladi, ork’a oyok’lari ko’pincha shamshir shaklida. Rangi k’izilning turli tuslarida bo’ladi. Tumshug’ining uchi, lunji, k’ulog’i bo’yni, oyok’lari va dumining pastki k’ismi deyarli k’ora. Buk’alarning tirik vazni 800-850 kg, sigirlarniki 500 kg. Yillik sut sog’imi 3500-400 kg, sutning yog’liligi 3,9-4,0%. Go’sht chik’ishi k’onik’arli.
K’o’ng’ir latish zoti Latviya, Belorusda, Rossiyaning Pskov, Novgorod, Leningrad oblastlarida bok’iladi. O’zbekiston Respublikasi Samark’and viloyatining Toylok’ tumanidagi fermalarda ham shu zot bok’ilayotganini ko’rganmiz. Mutaxassislarimizning fikricha mahalliy sharoitga moslashishi darajasi k’onik’arli.
K’izil dasht zoti
K’izil dasht zoti18-asrning oxirlarida Ukrainaning hozirgi Zaporoje oblastida yaratilgan. Bunda kulrang dasht zoti k’izil ostfrislyandiya , k’izil nemis, angeln va boshk’a zotlari chatishtirilgan. 19-asrning oxirigacha Ukrainada “ichki” chatishtirish k’o’llangan, boshk’a hududlarda ular mahalliy zotlar bilan chatishtirilgan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab zotni ko’paytirish bo’yicha reja asosida ish olib borilgan. Bu zot s
igirlarining konstitusiyasi k’otma, to’la, mustahkam. Rangi k’izilning turli tuslarida bo’ladi. ko’pchilik sigirlarning boshi va tanasida ok’ k’ashk’asi bo’ladi. Katta yoshli nasldor buk’alar 800-900 kg (ba’zida 1200 kg), sigirlar 450-550 (ba’zida 700) kg tosh bosadi. Yillik o’rtacha sut sog’imi 3800-4500 kg, sutning yog’lilik darajasi 3,6-3,8%.
Bu zot sigirlari issik’k’a yaxshi moslashgan, mahalliy sharoitga oson ko’nikadi. Asosan MDH davlatlari Evropa k’ismining janubiy hududlari, G’arbiy Sibir, K’ozog’iston.
Ammo, tanlash sizdan, maslahat bizdan. Ishingizda omad tilaymiz!

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.