Sizlar asfaltdan juda kop foydalanasizlar — yan geyl toshkent hakida — ozbekiston

Sizlar asfaltdan juda kop foydalanasizlar — yan geyl toshkent hakida — ozbekiston

Sizlar asfaltdan juda ko’p foydalanasizlar — yan geyl toshkent hak’ida — o’zbekiston

Seshanba kuni Toshkentga kelgan daniyalik arxitektor YAn Geyl chorshanba kuni arxitektorlar va talabalar uchun zamonaviy jahon arxitekturasi to’g’risida k’isk’a seminar o’tkazdi.
Shuningdek u poytaxt hokimi Rahmonbek Usmonov hamrohligida Hazrati Imom majmuasini ko’zdan kechirdi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Toshkent metrosi va «K’atag’on k’urbonlari» yodgorlik majmuiga tashrif buyurdi.
Shahar muhiti sifati va jamoat joylarini loyihalashtirish masalalari bo’yicha jahonda tan olingan ekspert seminarda so’zga chik’ar ekan, unga bor-yo’g’i bir kuni o’tgan O’zbekiston poytaxti hak’ida xulosa chik’arishga hali erta ekanini k’ayd etdi. Birok’ keyinrok’ dastlabki taassurotlarini o’rtok’lashdi.
«Men fak’atgina bir narsani aytishim mumkin, sizlar asfaltdan juda ko’p foydalanar ekansiz», — deya o’zining ilk taassurotini aytib o’tdi YAn Geyl.
«Agarda men shahar meri bo’lganimda, men asfaltlarni olib tashlagan, ko’chalarni jamoatchilik uchun maskanga aylantirgan bo’lardim», — dedi u.
«Menga avvallari Toshkentda tirbandliklar juda kam bo’lganini aytishdi. Shahar hokimi menga shunday rak’amlarni keltirdi: har yili Toshkentda avtomobillar soni 35 mingtaga ko’payar ekan. Sizni ishontirib ayta olamanki, tez orada Moskva darajasiga [tirbandliklar] etishasizlar, — dedi arxitektor.
«Rivojlantirishning muk’obil strategiyasi juda ham muhim», — deya k’ayd etdi u.
«Gazeta. uz» muxbiri savoliga javob k’aytarar ekan, YAn Geyl kelgusi kuni u va Toshkent hukumati bilan k’anday hamkorlik olib borilishi ma’lum bo’lishini ta’kidladi.
O’zining 50 yillik faoliyati davomida professor YAn Geyl shaharlarda odamlar uchun jozibakor va k’ulay muhitni yaratishga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. U Nyu-York, Kopengagen, Sidney, London, Melbrun va boshk’a shaharlarda ko’chalar va jamoat joylarini k’ayta k’urishdagi xizmatlari uchun ko’plab mukofotlarga loyik’ ko’rilgan. Uning muallifligidagi oltita asar, jumladan «Odamlar uchun shahar» nashri 35 tilga tarjima k’ilingan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.