Soch okarishini oldini olish — ozbekiston

Soch okarishini oldini olish — ozbekiston

Soch ok’arishini oldini olish — o’zbekiston

Sochlar ok’arishi — k’arish belgilaridan biri. Ba’zilar yoshligidan sochlari ok’ara boshlaydi, ko’pincha esa 35-40 yoshdan boshlab sochlarga ok’ tusha boshlaydi. Bu muk’arrar jarayon bo’lsa-da, uni biroz sekinlatishga urinish va shu bilan birgalikda sog’lik’ni ham mustahkamlash mumkin. Biz sizga buning oddiy xalk’ona usullari to’g’risida aytmok’chimiz.
Birinchidan, ovk’atlanishga e’tibor bering. Dukkaklilar, avokado va yong’ok’larni ko’prok’ eng. Ikkinchidan, agar sizning zararli odatlaringiz bo’lsa, ulardan k’utulishga harakat k’iling. Chekish va ichish muammoni chuk’urlashtiradi. Uchinchidan esa, sochlaringizni parvarish k’ilishda ask’otadigan va ularning ok’arishini sekinlatishda yordam beradigan xalk’ona vositalardan foydalanish to’g’risidagi bir necha maslahatlarni yozib oling.
Moychechak va zarchiva (kurkuma) damlamasi — och rangli sochlar uchun. Zarchiva sochlarga asal rangini berish uchun k’o’shiladi. 4 osh k’oshik’ moychechak va 2 osh k’oshik’ zarchivani 1 litr k’aynok’ suvga soling va damlab k’o’ying, sochlaringizni har yuvishdan so’ng chayk’ash uchun ishlating.
Mavrak (shalfey) va k’ora choy damlamasi — jigarrang sochlar uchun. Bu o’tli vositani tayyorlash uchun bir nechta mavrak bargini k’ora choyga k’o’shib damlang va yarim litr k’aynok’ suv bilan aralashtiring.
Rozmarin damlamasi — to’k’ rangli sochlar uchun. 4 osh k’oshik’ rozmarinni yarim litr k’aynok’ suvda damlang. Bunday damlama bosh terisini yaxshilaydi, soch ildizlarini mustahkamlaydi va borgan sari ularning rangini k’oraytiradi.
K’oramtir sochlar uchun mavrak va rozmarin damlamasi. 3 osh k’oshik’ mavrak va 3 osh k’oshik’ rozmarinni 1 litr suvda damlang. Bu ajoyib chayk’ash vositasi yuvib tashlashni talab k’ilmaydi va sochlarni sog’lomlashtiradi.
Xina va limon sharbatidan sochlar uchun nik’ob. Sarg’ish va asal rangni yok’tiradiganlarga xina yordam beradi. 3 osh k’oshik’ xina va 1 osh k’oshik’ limon sharbatini aralashtiring, aralashmani sochlaringizga suring va o’rab k’o’ying. 3 soatdan keyin yuving.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.