Sochlarni qoraytirish usullari yullari oqargan soch rangini uy sharoitida tuqroq qilish — ozbekiston

Sochlarni qoraytirish usullari yullari oqargan soch rangini uy sharoitida tuqroq qilish — ozbekiston

Sochlarni qoraytirish usullari, yullari, oqargan soch rangini uy sharoitida tuqroq qilish — o’zbekiston

Sochlarni qoraytirish usullari, yullari, oqargan soch rangini uy sharoitida tuqroq qilish
Oqargan sochni qoraytirish muammosi bugungi kunda dolzarbligini saqlab qolmoqda. Mutakhassislar sochlarni qoraytirish uchun bir qator tavsiyalarga amal qilish kerakligini takidlashmoqda, ular orasidan eng samarali va tez tasir kursatuvchi va albatta, eng ommabop usullarni kurib chiqamiz.
Sochni qoraytirish usullari:
1 Sochlarni kimyoviy usulda qoraytirish:
2 Sochni qoraytirish uchun muqobil usullar:
3 Uy sharoitida sochlarni qoraytirish yullari
Sochlarni kimyoviy usulda qoraytirish :
Sochni qoraytirish kerak bulganda hayolga keladigan birinchi narsa, dukonda qora rangli soch buyoqlarini kharid qilishdir. Afsuski, tavsiya etiladigan buyoqlarning aksariyati sochlar uchun juda zararli. Kupchilik, bu kabi buyoqlar natijasida kuygach, sochlarining avvalgi holatini tiklash uchun uzoq vaqt mehnat qilishadi, va shunda ham tiklay olishlari dargumon.
Sochni kimyoviy preparatlar bilan buyashga qaror qilsangiz, tajribali usta bilan boglaning. U sochlarning hozirgi holatini baholaydi va eng mos buyoqlarni tavsiya qiladi.
Biroq, ishga kirishishdan oldin, qora rangli sochlar kuzlaringiz va teringiz bilan uygun bulishiga etibor bering, chunki bu rang hamma uchun mos kelmaydi.
Sochni qoraytirish uchun muqobil usullar
Sochni turli khimikasiz kimyolarsiz qoraytirish mumkin. Sochni qora rangga buyash uchun yakhshi tabiiy vosita bir finjon 1: 4 nisbatda basma va khina aralashmasi. Qanday markadagisi ahamiyatga ega emas, lekin sochlarni faqat basmaning uzi bilan buyashga urinmang, aks holda siz qora emas, kutilmagan rangli sochlarga ega bulib qolasiz, masalan yashil. Tayyorlangan kukunga qaynoq suv solib, butqa holiga kelguncha yakhshilab aralashtiring. Tayyor bulgan vositani sochlaringizga surting, sochiq bilan urab quying va 6-8 soatdan keyin sochlaringizni shampun ishlatmasdan yuvib tashlang. Sochlar quriganida, kuzguda butunlay boshqa kishini kurgandek bulasiz.
Sochlarni basma va khina bilan buyash afzalligi, ular kimyoviy buyoqlardan farqli ularoq, sochlar tuzilmasiga zarar yetkazmaydi, balki uni himoyalaydi, qalin, soglom va porloq qiladi. Khina tufayli sochlar ultrabinafsha nurlar, tuz, shamol, khlor va boshqa atrof-muhit omillari salbiy tasiridan himoyalanadi va soglom kurinish oladi.
Uy sharoitida sochlarni qoraytirish yullari Bir necha oy davomida eman darakhti pustlogi bilan dustlashishingiz kerak. Uning kuchli damlamasini soch uchun niqoblar, shampunlar va balzamlarga qushing. Bu sochlar rangini tuqroq qilish va oqargan sochlarga rang berishga yordam beradi.
Sochni qora rangga buyash uchun yongoq
Bir nechta yongoqlarni ezib, hech narsasini tashlab yubormasdan qaynoq suvga soling. Yarim soatcha qaynating, keyin butunlay sovigunicha tindiring. Sochlar avval shampun bilan yuvilishi kerak. Rang qullaringizga utmasligi uchun rezina qulqop kiyib oling. YOngoqli damlamani suzib olib, uni uzingizga qulay bulgan idishga soling va unga sochlaringizni tushiring. Sochlar rangni yakhshi olishi uchun ularni yarim soat davomida ularni suyuqlikda ushlab turishingiz kerak. Suyuqlikka tushmagan soch qismini muntazam namlab turing. Sungra oqar suvda yuvib tashlang.
Sochlarni piyoz pustlogi yordamida qoraytirish
Yarim stakan piyoz pustlogiga 250 ml issiq suv quyib, 20 daqiqa davomida qaynating. Sovugach, suzib oling va bir osh qoshiq gliserin qushing. 3 hafta mobaynida damlamani sochlarga massaj harakatlari bilan surting.
Jukali damlama
Juka (lipa) ning novdalari va barglarini maydalash kerak. 5 osh qoshiq maydalangan jukaga 1,5 stakan suv solib, qaynatishga quying. Olov past bulishi kerak, suvning uchdan bir qismi buglanib ketmagunigacha qaynating. Damlamaning qolgan qismini sovutib, suzib oling, sung u bilan sochlarni chayqang. Keyin polietilen bilan, ustidan esa sochiq bilan urab, yarim soatga shunday qoldiring. Sung yakhshilab chayib tashlang.
Sochning bu usullardan keyingi rangi sochingizning asl rangiga bogliq buladi, lekin ularni aniq odatdagidan kura tuqroq qilish mumkin.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.