Songi yangiliklar — ozbekistonda birinchi intellektual sinf ochildi — ozbekiston

So’ngi yangiliklar — o’zbekistonda birinchi intellektual sinf ochildi — o’zbekiston

25 mart kuni Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Xitoyning ZTE korporasiyasi homiyligida tashkil etilgan “intellektual auditoriya”ning ochilishi bo’lib o’tdi. ZTE korporasiyasi O’zbekistonda 10 yildan ortik’ vak’t mobaynida ish olib boradi. Kompaniya ishtirokida ishlab chik’arish bo’yicha bir necha k’o’shma korxonalar va turli sohalarda ko’plab k’o’shma loyihalar amalga oshirilgan. Korporasiya bugungi kunda elektron ta’limni rivojlantirish sohasida ham o’z takliflarini berib, TATUda SmartClassroom, ya’ni, “intellektual sinf” tizimini yaratdi. Tizim bilimlarni bir tomonlama singdirishdan shaxsga yo’naltirilgan tadk’ik’otli o’k’ishga o’tishga imkon beradi, bu esa talabalar bilim olishining motivasiyasini kuchaytirib, ularning salohiyatini ochilishiga yordam beradi, ta’lim olish jarayoni k’izik’rok’ kechadi. Masofaviy ta’lim tizimi o’k’ituvchilarga intellektual auditoriyadan chik’masdan talabalarni masofadan o’k’itishga hamda chet el universitetlari professor-o’k’ituvchilari bilan alok’alar o’rnatishga imkon beradi. Har bir dars serverga yoziladi, bu esa talabalar va o’k’ituvchilarga har k’anday k’urilmadan foydalangan holda ma’ruzani ko’rib chik’ishga imkoniyat yaratadi. ZTE multimediali tizimi kompaniyaning noyob dasturiy ta’minoti, elektron displey, elektron doska va planshetlardan foydalanib, talabalar ik’tidori rivojlanishini kuzatishga hamda talabalar bilimlarini o’k’uv mashg’uloti vak’tida va undan keyin ham baholash uchun har bir talabaga alohida test yoki butun guruhni test nazoratidan o’tkazib tekshirishga yordam beradi. Elektron kutubxona imkoniyatlari tufayli talabalar kitoblardan masofadan turib foydalanishi mumkin, bu esa o’k’uv k’o’llanmalar tak’simlanishini ancha tezlashtiradi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.