Startap-haftaliklar kollej va otmlar bitiruvchilarining eng yaxshi loyihalarini aniklaydi — ozbekiston

Startap-haftaliklar kollej va otmlar bitiruvchilarining eng yaxshi loyihalarini anik’laydi — o’zbekiston
5?16 iyun kunlari O’zbekistonning barcha hududlarida kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining biznes g’oyalarini saralash «Startap-haftaliklar» — innovasion g’oyalar tanlovi o’tkaziladi. Loyiha Mehnat vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan mamlakat banklari ko’magida amalga oshiriladi.
Bitiruvchilar tijorat banklari va salohiyatli investorlar, davlat hokimiyati organlari vakillariga o’z loyihalarini namoyish etish hamda o’z biznesini boshlash uchun barcha yordamni olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
«Startap-haftaliklar»da k’atnashish uchun bitiruvchilar arizatopshirishi, unda loyihaning k’isk’acha ta’rifi va hal etiladigan ijtimoiy-ik’tisodiy muammolar (vazifalar), mak’sadi, foydalanuvchilar auditoriyasi (mijozlar), uning k’iymati (o’z mablag’lari, tijorat banklari kreditlari, investorlar mablag’lari), amalga oshirish muddatlari, loyihani amalga oshirish natijasida yaratiladigan ish o’rinlari va boshk’a ma’lumotlar asosida loyiha pasportini tak’dim etishlari zarur.
Tadbir yakuniga ko’ra bitiruvchilarning startap loyihalarini amalga oshirilishi va moliyalashtirilishi monitoringi bo’yicha mak’sadli dastur ishlab chik’iladi, deya xabar k’ildi Mehnat vazirligi matbuot xizmati «Gazeta. uz»ga.
Комментарии 0