Sudyalarning uzbekiston khalqiga murojaati qabul qilindi — ozbekiston
Sudyalarning uzbekiston khalqiga murojaati qabul qilindi — o’zbekiston
Payshanba kuni Toshkentda bulib utgan yigilishda Uzbekiston sudyalarining mamlakat khalqiga murojaati qabul qilindi. Bu haqda UzA khabar qildi.
Yigilishda mazkur murojaatning har bir sudya ish faoliyati mobaynida ogishmasdan amal qiladigan qatiy mezon bulib qolishi takidlandi. U har bir sud binosiga kirishda, kuzga yaqqol kurinadigan joyda urnatiladi. Shu erning uzida Uzbekiston Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shakhslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish khizmati tomonidan muhrlangan qutilar urnatiladi.
Sud binosiga kirayotgan har bir fuqaro Murojaatnoma bilan yaqindan tanishib, adolatli sud qanday bulishi kerakligi haqida aniq tushuncha va tasavvurga ega buladi. Binodan chiqayotganda har bir fuqaro sudyalarning faoliyatiga, ularning Murojaatnomada zimmasiga olgan majburiyat va masuliyatni qanday bajarayotganiga munosabat bildirish va uz munosabatini yozma ravishda qutilarda qoldirishi uchun imkoniyat yaratiladi.
Qutilar har oyda bir marta Prezidenti devoni va Sudyalar oliy kengashi vakillari ishtirokida ochiladi hamda fuqarolarning fikr-mulohazalari har tomonlama urganiladi. Joylarda har bir sudyaning ishiga ana shu tahlil asosida baho beriladi.
Uzbekiston sudyalarining Uzbekiston khalqiga murojaati
Mamlakatimizda utgan davr mobaynida sud hokimiyati nufuzini oshirish, uni utmishdagi jazolovchi organdan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiluvchi mustaqil institutga aylantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taminlash borasida qabul qilingan qonun hujjatlari va kurilgan amaliy tadbirlar mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga kutardi, sud hokimiyatining fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyatini tubdan oshirdi.
2017?2021 yillarda Uzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar strategiyasida sud hokimiyatining tom manoda mustaqilligini taminlash, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish ushbu sohadagi islohotlarning eng asosiy yunalishlari etib belgilandi.
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga asosan fuqarolik, jinoiy, mamuriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi — Uzbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi, sudlar tomonidan jinoyat ishlarini qushimcha tergovga qaytarishdek odil sudlovning mazmun-mohiyatiga mutlaqo tugri kelmaydigan amaliyotga chek quyildi.
Sudyalikka nomzodlarni tanlash va lavozimga tayinlash tartibi tubdan takomillashtirilib, sudyalar hamjamiyatining yangi organi — Sudyalar oliy kengashi tasis etildi.
Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi qayta kurib chiqilib, sudyalarning khizmat vazifalarini oqilona taqsimlash imkonini beradigan darajada, hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirildi va maqbullashtirildi.
Bu islohotlarning samarali amalga oshirilishi sud tizimida faoliyat kursatayotgan barcha rahbar va masul khodimlarning uz khizmat burchini sadoqat bilan, adolatli va masuliyatli bajarishiga chambarchas bogliqdir.
Joriy yilning 13 iyun kuni Toshkent shahrida bulib utgan tarikhiy uchrashuvda muhtaram Yurtboshimiz tomonidan aniq kursatib utilgan sud tizimidagi jiddiy muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda oldimizga quyilgan vazifalarni tugri hal etish uchun har birimiz ishga bulgan munosabatimizni tubdan qayta kurib chiqishimiz, shakhsiy masuliyatimizni keskin oshirishimiz zarur.
Shu munosabat bilan, Harakatlar strategiyasi ijrosini samarali taminlashda sud-huquq sohasidagi islohotlarning uta muhim ahamiyatini va dolzarbligini tuliq anglagan holda, biz — Uzbekiston Respublikasi sudyalari:
Birinchidan, kundalik faoliyatimizda khalq bilan bevosita yuzma-yuz, ochiq muloqot shakllarini kengaytiramiz, fuqarolarning muammolarini hal etishda yaqindan yordam berish orqali ularning buzilgan huquqlarini tiklaymiz va haqiqatni qaror toptiramiz.
Ikkinchidan, faoliyatimizni yana bir bor qaytadan tanqidiy tahlil qilib, fuqarolarning huquq va erkinliklari ishonchli himoyasini taminlaymiz, odil sudlovni amalga oshirishdagi gov-tusiqlarni tag-tomiri bilan bartaraf etamiz, sudni tom manoda «Adolat qurgoni»ga aylantirishda bor bilim va tajribamizni safarbar etamiz. Sudga borgan har bir fuqaro faqat adolat topishiga kafolat beramiz.
Uchinchidan, sudda ishlarni sudyalik burchimiz va vijdonimiz buyurganidek begaraz, kholis va adolatli holda kuramiz, eng asosiysi, qabul qilgan har bir qarorimiz qonuniy, asosli, odillik va insonparvarlik tamoyillariga tayangan bulishi uchun barcha masuliyatni uz zimmamizga olamiz.
Har bir insonning taqdirini hal etishda ongimizda — adolat, tilimizda — haqiqat, dilimizda esa poklik ustuvor buladi.
Turtinchidan, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan barcha islohotlarni amalga oshirishga barchamiz jiddiy masuliyat va tashabbuskorlik bilan yondashamiz, eng asosiysi, mamlakat taqdiriga dakhldorlik hissini kuchaytiramiz.
Beshinchidan, har qanday holatda odil sudlovni taminlash va adolatni qaror toptirishga qodir, mustahkam irodali, halol, yuksak manaviy va kasbiy fazilatlarga ega sudyalar tarkibini shakllantiramiz. Bunga barchamiz birdek masulmiz.
Oltinchidan, sudyalik — bu mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli kasb va yuksak maqom ekanligini chuqur anglagan holda, sudyalik shaniga dog tushiradigan har bir gayriqonuniy khatti-harakatga «favqulodda holat» sifatida qaraymiz, adolatga khiyonat qilgan khodimlarga nisbatan murosasiz kurashamiz va saflarimiz sofligini taminlaymiz.
Ettinchidan, sudyalar kasbiy tayyorgarligini oshirish, sudlar faoliyatiga akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalarini keng joriy etish orqali ish yuritish tartibini soddalashtiramiz va fuqarolar ovoragarchiligining oldini olish borasida kechiktirib bulmaydigan choralarni kuramiz.
Sakkizinchidan, sud amaliyotini doimiy tahlil qilib borish asosida tizimli qonun buzilishlarni aniqlaymiz hamda ushbu sohadagi kamchiliklarni qonunchilik va huquqni qullash amaliyotini takomillashtirish yuli bilan bartaraf etishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshiramiz.
Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shakhsiy javobgarlik kundalik qoidamiz, faoliyatimizning asosiy mezoni buladi.
Zimmamizga yuklatilgan masuliyatli vazifalarni sidqidildan, halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga buysungan holda amalga oshirishga, khalqimiz va Prezidentimiz oldida bergan qasamyodimizga hamisha sodiq qolishga vada beramiz!
Uzbekiston Respublikasi sudyalari
Комментарии 0