Sugdiyona mavsumdagi sunggi raqibimiz bukhoro — ozbekiston

Sugdiyona mavsumdagi sunggi raqibimiz bukhoro — ozbekiston

Sugdiyona: mavsumdagi sunggi raqibimiz bukhoro — o’zbekiston

Oliy liganing 30-turida Jizzakhning “Sugdiyona” jamoasi safarda “Bukhoro”ga qarshi safarda bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv jamoamizning oliy ligadagi 614-uyini buladi. Etiboringizga jamoalarning Bukhorodagi bulib utgan uchrashuvlar tarikhini havola etamiz.
UShBU MAVSUMDA
Birinchi davra 15-turida “Sugdiyona” uz maydonida “Bukhoro”ga qarshi bahs olib borgan edi. Ushbu bahsning 11 daqiqasida hisobni ochgan edi. Ikkinchi bulimda jamoamiz khujumchisi 64 daqiqada hisobni tenglashtirdi. 1:1. Zahiradan maydonga tushgan Bakhriddin Vahobov Shokhrukh Eshbutaev darvozasini ishgol qilishga muvaffaq buldi buldi va hisobni 2:1 kurinishiga olib kelgan edi. Shu tariqa uyin mehmonlarning foydasiga yakunlangan edi.
“Sugdiyona” utgan turda uz maydonida “Quqon-1912” ga qarshi bahs olib borgan edi va 2:1 hisobida galabaga qozondi. “Bukhoro ” safarda “Bunyodkor”ga qarshi uyinda va 3:0 hisobida maglubiyatga uchradi.
“Bukhoro ” 43 ochko bilan turnir jadvalida 6-urinni band etib turgan bulsa, “Sugdiyona” 31 ochko bilan 13-urindan joy olgan.
UYINI AHMAD ERGAShEV BOShQARADI.
Hakamlar: A. Ergashev (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent)
UzPFL vakili: B. Haydarov
UZARO USTUNLIK
“Sugdiyona” hamda “Bukhoro” klublari oliy ligada shu kungacha 43 bor kuch sinashishgan.“Bukhoro” hisobida 21 ta, “Sugdiyona” hisobida 16 ta galaba mavjud. 6 uyinda durang natija qayd etilgan. Tuplar nisbatida ustunlik bukhoroliklar tomonida: 61:58. “Bukhoro” uzaro uyinlarda 69 ochkoni qulga kiritgan bulsa, jizzakhliklar 54 ochkoni qulga qiritgan. “Bukhoro”ning eng yirik galabasi 4:1, “Sugdiyona”ning eng yirik muvaffaqiyati 6:2.
“Bukhoro” maydonida utgan barcha uchrashuvlar:
05.11.2016 «Bukhoro» — «Sugdiyona» 3:0
01.07.2015 «Bukhoro» — «Sugdiyona »1:0
27.08.2014 «Bukhoro» — «Sugdiyona» 2:1
23.03.2013 «Bukhoro» — «Sugdiyona» 4:1
09.09.2011 «Bukhoro» — «Sugdiyona» 2:1
17.10.2009 «Bukhoro» — «Sugdiyona» 0:0
13.09.2008 «Bukhoro» — «Sugdiyona» 2:3
28.05.2006 «Bukhoro» — «Sugdiyona» 3:0
25.09.2005 «Bukhoro» — «Sugdiyona» 1:0
21.08.2004 «Bukhoro» — «Sugdiyona »1:2
20.04.2002 «Bukhoro» — «Sugdiyona» 0:4
21.04.2001 «Bukhoro» — «Sugdiyona»1:1
14.08.2000 «Bukhoro» — «Sugdiyona» 3:2
14.08.1999 «Bukhoro» — «Sugdiyona »1:0
19.08.1998 «Bukhoro» — «Sugdiyona» 0:1
14.09.1997 «Bukhoro» — «Sugdiyona »0:0
11.06.1996 «Bukhoro» — «Sugdiyona» 2:1
24.09.1995 «Bukhoro» — «Sugdiyona »0:3
23.10.1994 «Bukhoro» — «Sugdiyona »3:2
20.10.1993 «Bukhoro» — «Sugdiyona »1:0
26.04.1992 «Bukhoro» -«Sugdiyona»3:1
UZARO UYINLAR HAQIDAGI FAKT:
Bukhorodagi 21 ta uyindan 5 tasida “Sugdiyona” ,13 tasida “Bukhoro” galaba qozongan. 3 ta uyinda durang natija qayd etilgan.
UYIN VAQTI VA JOYI.
YOshlar ligasi bahsi 24 noyabr kuni soat 14:00 da “Umid” sport majmuasida bulib utadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 25 noyabr kuni 14:00 da “Bukhoro” stadionida utkaziladi.
“BUKhORO” DAGI TANISh FUTBOLChILAR
Tokhir Shamshitdinov 2010 yilda, Salamat Qutibaev 2013 yilda , Rabbim Khasanov 2016 yilda “Sugdiyona” sharafini himoya qilishgan.
“Sugdiyona” matbuot khizmati

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.