Super klasikoda messi barsaga galaba keltirdi — ozbekiston

Super klasikoda messi barsaga galaba keltirdi — ozbekiston

Super klasikoda messi barsaga g’alaba keltirdi! — o’zbekiston

«El-klasiko», kutilganidek, o’ta k’izik’arli, shiddatli va kurashlarga boy o’tdi. Bunak’asini tasavvur k’ilish ham k’iyin edi. Ammo el-klasiko, supero’yin, superklasiko!
Hakamning bahsning 2-dak’ik’asidayok’ penalti belgilashi mumkin edi. Olis masofadan etkazilgan to’pni Karvaxal o’ng k’anotdan jarima maydonchasiga etkazdi. Ronalduga to’pga etdi va Umtiti Krishtianuning oyog’iga tepib yubordi. Portugaliyalik futbolchi yik’ildi, ammo hakam penalti belgilashga jazm etmadi.
Bo’lim o’rtalarigacha har ikkala jamoa bir nechta hujumlar tashkil k’ilgan bo’lsa-da, madridliklarning hujumlari ham son, ham xavflilik jihatdan sifatlirok’ bo’ldi. Mark-Andre ter Shtegen namoyish k’ilib bergan bir nechta seyvlar «ko’k-anorranglilar»ni bir nechta gollardan k’utk’ardi.
Shunga k’aramay, uchrashuvning 28-dak’ik’asi hisob ochildi. Burchakdan etkazilgan uzatmani Ter Shtegen musht bilan urib yubordi. Marselo to’pni darvozabon maydonchasiga k’aytardi. Ramosning oyok’ bilan zarbasidan keyin to’p ustunga tegib, narigi tomonga ketdi. Kazemiro bo’sh darvozani ishg’ol k’ildi!
O’tkazib yuborilgan goldan keyin Enrike shogirdlari tezda o’zlariga kelishdi, «Real» esa himoya hak’ida o’ylay boshladi. Shu bois bo’lsa kerak, «ko’k-anorranglilar» hisobni tenglashtirishlari uchun 5 dak’ik’a kifoya k’ildi. «Barselona» o’z uslubida k’isk’a paslar ork’ali kombinasiya tashkil k’ildi va Messi jarima maydonchasiga kirib kelib, hisobni tenglashtirdi!
Hisob tenglashganidan keyin ustunlik kataloniyaliklar tomoniga o’tib ketdi. Messining o’zida 2 marta yaxshi imkoniyatga yuzaga keldi. Ammo uning zarbalariga biroz anik’lik etishmadi.
Ikkinchi bo’lim esa butunlay fantastika, dramatika va yana k’andaydir janrlar ostida kechdi. Taymni «Madrid» shiddat bilan boshladi. Benzema 5-6 metrdan bosh bilan bergan zarbani Ter Shtegen oyok’lari bilan k’aytardi. Ikkinchi 45 dak’ik’alikda Keylor Navas ham rosa ter to’kishiga, seyvlar sonini keskin oshirishiga to’g’ri keldi. Seyvlar seriyasi Alkaserning zarbasidan keyin boshlanib ketdi.
E’tiborli tomoni, Navas Pikening 2ta o’ta xavfli zarbalarini k’aytarishga muvaffak’ bo’ldi. Suaresning yak’in masofadan bergan zarbasi-chi? Bundan seylarni sanab sanog’iga etib bo’lmadi.
Krishtianu Ronaldu maydonni golsiz tark etdi. Portugaliyalik futbolchi Asensioning uzatmasidan keyin bo’sh darvozani ishg’ol eta olmadi. To’p yuk’origa ko’tarilib ketdi.
Ivan Rakitich esa «k’aymok’ranglilar»ni jazoladi. Xorvatiyalik futbolchi jarima maydonchasi tashk’arisidan chap oyok’da anik’ zarba berib, «Real» darvozasini ishg’ol k’ildi.
Oradan 4 dak’ik’a o’tib, «Real» maydonda bir kishi bo’lib k’oldi. U Messining oyog’iga xavfli tashlangani bois, to’g’ridan-to’g’ri «k’izil» bilan «siylandi. Ana shu pallada Pike o’yin tak’dirini hal k’ilib k’o’yishi mumkin edi. Ammo birga bir vaziyatda yak’in masofadan berilgan zarbani Navas k’aytarishga muvaffak’ bo’ldi.
Shundan keyin «Barselona» biroz bo’shashdi. «Real» esa kamchilikda o’ynayotganiga k’aramay, hisobni tenglashtirdi. Marselo chap k’anotdan etkazgan uzatmani Xames yak’in masofadan darvozaga joylab k’o’ydi.
Bu kecha «Barselona»ga g’alaba k’ozonish nasib etgan ekan. K’o’shib berilgan dak’ik’alar o’tib borayotganida Serxi Roberto maydonning o’ziga tegishli k’ismida «Real»ning 3 futbolchisini aldab o’tib, o’z jamoasiga katta ustunlikni yaratdi. Alba chap k’anotdan etkazgan uzatmani Messi darvozaga joylab k’o’ydi!
Ushbu g’alabadan keyin Luis Enrike shogirdlari o’z ochkolarini 75taga etkazishdi, o’zaro o’yin va to’plar nisbatiga ko’ra «Real»dan oldinga o’tib olishdi. Madridliklarda bitta zaxira o’yini bor. Chempionat tugashiga 5 tur k’oldi. Hali hammasi oldinda!
Ispaniya La ligasi, 33-tur
23 aprel, 23:45.»Santyago Bernabeu»
«REAL MADRID» — «BARSELONA» 2:3
Gollar: 1:0 – 28 Kazemiro, 1:1 – 33 Messi, 1:2 – 73 Rakitich, 2:2 – 85 Xames, 2:3 – 90 Messi.
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Nacho, Marselo, Ramos, Kroos, Modrich, Kazemiro (Kovachich, 70), Beyl (Asensio, 39), Benzema (Xames, 82), Ronaldu.
Barselona – ter Stegen, Pike, Umtiti, Alba, Serdji Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta, Pako Alkaser (Andre Gomesh, 70), Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (12), Umtiti (39), Kovachich (81), Messi (90).
Chetlatish: Ramos (77).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.