Tailand terma jamoasi sardori ozbekistonga karshi sifatli ortoklik oyinini otkazamiz — ozbekiston

Tailand terma jamoasi sardori: o’zbekistonga k’arshi sifatli o’rtok’lik o’yinini o’tkazamiz — o’zbekiston
O’zbekiston milliy terma jamoasi bugun Toshkentda Tailandga k’arshi o’rtok’lik uchrashuvini o’tkazadi. Tailandliklar bosh murabbiyi Milovan Raevas yurtimizga 22 nafar futbolchi bilan tashrif buyurgan. Serbiyalik mutaxassis OChLning nimchorak finalida ishtirok etgan «Muangtong Yunayted» klubining 9 nafar futbolchisi xizmatidan foydalanmaslikka k’aror k’ildi.
Tailand futbol assosiasiyasi prezidenti Somiot Popumunmuan terma jamoaning navbatdagi o’yinlarida ijobiy natijalar kutishini ta’kidlab o’tdi.
«Umid k’ilaman, barcha futbolchilar Raevasdan ko’p narsa o’rganishadi hamda O’zbekiston va BAAga k’arshi o’yinlarda ijobiy natija k’ayd etishadi», — dedi Tailand futboli rahbari.
Bangkokpost. com sayti xabar tark’atishicha, Raevas Tailand terma jamoasining o’yin uslubini o’zgartirishga harakat k’ilmok’da. U asosiy e’tiborni to’pni nazorat k’ilishga va k’arshi hujumdan samarali foydalanishga k’aratmok’da.
«Jangchi fillar» (Tailand terma jamoasi lak’abi) darvozaboni va sardori Sintavichay Xatayrattanakul o’yindan oldin o’z fikrlarini bildirib o’tdi: «Bizda yangi murabbiy va yangi murabbiylar shtabi ish boshladi. Shu bois, barchasini yangidan boshlashimiz lozim. Biz yangidan o’rganishni boshlashimiz kerak. Jamoa sardori va darvozabon sifatida har k’anday rak’ibga k’arshi o’yinda bor kuchimni berib harakat k’ilishim lozim. O’zbekistonga k’arshi sifatli o’rtok’lik o’yini bo’ladi. Biz O’zbekiston kabi kuchli jamoaga k’arshi o’ynash imkoniyatiga ega bo’lamiz».
Комментарии 0