Talimning kechki shaklini kayta tiklash masalasi korib chikilmokda — ozbekiston

Talimning kechki shaklini kayta tiklash masalasi korib chikilmokda — ozbekiston

Ta’limning kechki shaklini k’ayta tiklash masalasi ko’rib chik’ilmok’da — o’zbekiston

O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ta’limning kechki shaklini k’ayta tiklash ehtimollarini ko’rib chik’mok’da. Bu hak’da vazirning birinchi o’rinbosari Inomjon Majidov Xalk’aro press-klubning chorshanba kuni bo’lib o’tgan navbatdagi yig’ilishida ma’lum k’ildi.
Uning so’zlariga ko’ra, sirtk’i bo’limga k’abul 2004 yilda ta’lim sifatining standartlarga muvofik’ kelmagani sababli yopilgan edi. 2017—2018 o’k’uv yilida uchta universitetda ta’limning sirtk’i shakliga k’abul k’ayta tiklanadi. Ular Toshkent temir yo’l transporti muhandislari instituti, Toshkent axborot texnologiyalari va Navoiy davlat konchilik instituti. Ushbu OTMlarga 270 kishi k’abul k’ilinadi.
Birok’ boshk’a OTMlarni ta’limning mazkur shakliga k’amrab olish uchun to’sik’lar mavjud. «Hozirda sirtk’i ta’limning ancha ilg’or shakllari, axborot texnologiyalari, nazorat tizimini joriy etish va hokazo imkoniyatlar mavjud. Birok’ sirtk’i ta’limni kengaytirish, bu — oddiy ish emas. Bizning sharoitimizda sirtk’i shaklda sifat kuchli tushib ketadi. Biz [sirtk’i ta’limni] barchasini zarur darajada bajarish uchun metodologiya, metodika, texnika bo’lganida joriy etamiz», — deya ta’kidladi vazir o’rinbosari.
Inomjon Majidov hozirda kechki ta’lim shaklini fak’atgina poytaxt OTMlarining moddiy-texnik bazasida k’ayta tiklash mumkinligini, ayni paytda hududiy ta’lim muassasalari buning uchun «juda ham band» ekanini aytib o’tdi. «Kechki shakl jozibadorrok’. Shakl sifatida u rivojlanishi mumkin, birok’ bu endi to’rt yillik emas, balki ehtimol besh-olti yillik ta’lim bo’lar. Hozirda biz jahon tajribasini o’rganmok’damiz, masala muhokamalar bosk’ichida turibdi», — dedi u.
Matbuot anjumani jarayonida Inomjon Majidov stipendiyalarni to’lash tizimidagi o’zgarishlar hak’idagi savolga javob k’aytardi. O’zlashtirishidan k’at’i nazar barcha talabalar uchun yagona mik’dorning joriy etilishi rejalashtirilmayotgani, joriy tartib sak’lanib k’olinishi ma’lum k’ilindi. «Bu muhokama k’ilindi, birok’ hozirda mazkur masala kun tartibida emas, — dedi so’zga chik’uvchi. — Tan olaman, stipendiyalarning tabak’alanishi OTMlar ma’muriyatlariga ayrim muammolarni, xususan talabalarning baho uchun harakat k’ilishi va shundan kelib chik’uvchi barcha holatlarni tug’dirmok’da».
U «k’og’oz»li reyting daftarchalari masalasiga ham to’xtalib o’tdi. Vazirning birinchi o’rinbosari fikricha, etarli darajada himoyalangan ma’lumotlar elektron bazasi shakllantirilmaguncha reyting daftarchasi amalda k’olaveradi. «Aslini olganda OTMga reyting daftarchasining keragi yo’k’, u talaba uchun kerak, bu uning hujjati. Talaba olayotgan baholar jurnal va vedomostga ham tushadi. Aytishimiz mumkinki, dunyoda bunday tajribadan foydalanilmaydi, birok’ ularda har bir talaba stipendiya oladigan tizim ham yo’k’. Barcha muammolar shu erdan boshlanadi. Talabalar baho emas, bilim olishga ishtiyok’mand bo’lishlari kerak. Agarda ma’lumotlar bazasi o’chib ketsa bir lahzada baholar ham o’chadimi? Bizda hozircha TATU va Inha universitetidagi kabi himoyalangan ma’lumotlar bazasi mavjud emas», — deya oydinlik kiritdi Inomjon Majidov.
Davlat test markazi direktori Majit Karimovning ma’lum k’ilishicha, 2017—2018 o’k’uv yilida 795 ming nafarga yak’in abiturientning kirish imtihonlarida ishtirok etishi kutilmok’da. Hujjatlarni onlayn tarzda topshirish to’g’risidagi savolga javob berar ekan, u mazkur tizim bugungi kunda TATUda ishlab turganini k’ayd etib o’tdi. Birok’ DTM rahbarining so’zlariga ko’ra, respublika mik’yosida hujjatlarni onlayn topshirishni tashkil etish uchun ishonchli IT-infratuzilma zarur bo’ladi. YAnada anik’rok’ aytganda, bu abiturientlardan ilg’or ko’nikmalarni talab k’iladi — ular elektron imzo olishlari, hujjatlarni PDF shaklda yuklashga tayyorlashlari lozim.
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov ayni paytda har bir universitet o’zining besh yillik rivojlanish dasturini ishlab chik’ayotganini ma’lum k’ildi. Biometrik texnologiyalar mavzusiga k’aytar ekan, u O’zMU abiturientlar yuzini anik’lash tizimini sinovdan o’tkazayotganini k’ayd etdi. Bundan tashk’ari, OTM hududida Wi-Fi paydo bo’ladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.