Tallimarjon iesda ikkinchi bgu blokini ishga tushirish ishlari yakunlandi — ozbekiston
Tallimarjon iesda ikkinchi bgu blokini ishga tushirish ishlari yakunlandi — o’zbekiston
K’ashk’adaryo viloyatidagi Tallimarjon issik’lik elektr stansiyasida har birining k’uvvati 450 MVtdan bo’lgan ikki dona bug’-gaz uskunasini k’urish ishlari yakuniga etkazilmok’da.
Birinchi BGU blokining gaz turbinasi O’zbekiston mustak’illigining 25 yilligi arafasida — 2016 yilning avgustida ishga tushirilgan edi. Keyinrok’, noyabr oyida birinchi blok kombinasiyalangan siklda ishga tushirildi.
Pudratchi kompaniya vakilining «Gazeta. uz»ga xabar k’ilishicha, ayni paytda ikkinchi blok bo’yicha ishga tushirish-sozlash ishlari yakunlangan bo’lib, bunda uning kombinasiyalangan siklda ishlashi ham ta’minlangan. Bu esa har ikki blokning 800 MVtgacha k’uvvatda energiya ishlab chik’arishiga imkon beradi.
Kelgusida uskunalar faoliyatini optimallashtirish va k’urilmalarni to’lik’ loyihaviy k’uvvatda ishlashi bilan topshirish-k’abul k’ilish sinovlarni o’tkazish ishlari amalga oshiriladi.
Barcha ishlar yakuniga etganidan so’ng stansiyaning jami k’uvvati 1700 MVtga etib, O’zbekistonning elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojini sezilarli darajada k’oplash, mamlakat janubi-g’arbiy k’ismlarini energiya bilan ta’minlash darajasini oshirishga imkon tug’diradi. Barcha ishlar mart oyida tugallanganidan so’ng yangi k’urilmalar «O’zbekenergo» kompaniyasiga foydalanishga topshiriladi.
Kombinasiyalangan siklli elektrobloklardan foydalanish energiya manbalaridan samarali foydalanish va yok’ilg’ini 20 foizgacha ik’tisod k’ilishga imkon beradi. YAngi energobloklarning FIK 55 foizgachani tashkil etsa, eski texnologiya bo’yicha k’urilgan energobloklardan FIK 35 foizga etadi.
Ishlar Hyundai va Daewoo konsorsiumi tomonidan Osiyo tarak’k’iyot banki va YAponiyaning xalk’aro hamkorlik agentligi (JICA) kreditlari hisobidan amalga oshirilmok’da. Modernizasiya uchun dunyo amaliyotida yuk’ori samaradorlik ko’rsatgan Mitsubishi (gaz turbina), Fuji (bug’ turbina) va Doosan (k’ozonxona-utilizator) kabi ishlab chik’aruvchilar k’urilmalaridan foydalanilmok’da.
Kelgusida yana ikki dona xuddi shunday BGU k’urilishi rejalashtirilgan.
Комментарии 0