Tarakkiyot strategiyasi markazi ish boshladi — ozbekiston

Tarakkiyot strategiyasi markazi ish boshladi — ozbekiston

Tarak’k’iyot strategiyasi markazi ish boshladi — o’zbekiston

«Tarak’k’iyot strategiyasi» axborot-tahlil markazi 1 martdan rasman ish boshladi. O’zbekiston Prezidenti farmoyishi asosida tashkil etilgan markaz tak’dimoti Toshkentdagi «Media Hall NAESMI» media maydonchasida bo’lib o’tdi.
Markaz va Elektron OAV milliy assosiasiyasi (EOAVMA) 2017?2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish jarayoni, k’abul k’ilingan k’onunchiliy k’onunosti aktlari, shuningdek respublikada sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalarning jamoat muhokamalarini tashkil etish va ularni yoritish bo’yicha bitimni imzoladi.
«Zarafshon» konsert zali negizsida tashkil etilgan «Media Hall NAESMI» maydonchasidadavlat va jamiyat o’rtasida ochik’ mulok’otlar — brifinglar, matbuot anjumanlari, tok-shou va boshk’a tadbirlar o’tkaziladi. EOAVMA hamkorlar bilan birgalikda telefestivallar, ijodiy uchrashuvlar, anjumanlar, tanlovlar, ijtimoiy teleaksiyalar, bolalar tok-dasturlari va boshk’a turli formatlardagi media-kontentlarni ishlab chik’ishni rejalashtirgan.
Harakatlar strategiyasida ko’zda tutilgan tadbirlar tahlilini olib borish, hujjat doirasida amalga oshiriluvchi tadbirlar bo’yicha ilg’or xorijiy tajribalar, xalk’aro tashkilotlar va ekspertlar baholarini o’rganish hamda ularning keng ekspert va jamoat muhokamalarini tashkil etish markaz vazifalaridan hisoblanadi.
Markaz Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirish, jumladan k’onun loyihalari va boshk’a aktlar loyihalarini tayyorlash, xalk’aro tashkilotlar, ilmiy-tadk’ik’ot, axborot-tahlil va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo’lga k’o’yish bo’yicha takliflarni tayyorlaydi.
YAk’in vak’tlar ichida Harakatlar strategiyasi loyihalarini ishlab chik’ish va muhokama k’ilish jarayoniga aholii keng jalb k’ilish uchun vebsayt va ijtimoiy tarmok’larda sahifalar ochish rejalashtirilmok’da.
nodavlat notijorat tashkilot mak’omiga ega markaz Fuk’arolik jamiyati shakllanishini monitoring k’ilish mustak’il instituti, O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Amaldagi k’onun hujjatlari monitoringi instituti, SSP, Advokatlar palatasi, Prezident huzuridagi Davlat boshk’aruvi akademiyasi, EOAVMA, NNT milliy assosiasiyalari muassisligida tashkil etildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.