Taroveh namozi — ozbekiston

Taroveh namozi — ozbekiston

Taroveh namozi — o’zbekiston

Arab tilidagi “taroveh” so’zi lug’atda “dam olish; rohatlanish” ma’nolarini bildiradi. Ramazon oyida ado etiladigan yigirma rakatli namozning har to’rt rakatini o’k’igach bir oz dam olingani uchun shunday nom berilgan. Uning vak’ti ramazon oyida xufton namozidan keyin kirib, to bomdod vak’ti kirgunicha davom etadi. Vitrdan oldin ham, keyin ham o’k’ish durust bo’ladi, lekin afzali – tarovehni vitrdan oldin o’k’ish.
Taroveh namozi ta’kidlangan sunnatlardandir. Jamoat bo’lib o’k’ish esa mahalla kishilari uchun kifoya sunnat hisoblanadi. YA’ni, ayrimlar jamoat bo’lib tarovehni o’k’ishsa, k’olganlardan jamoat bo’lib o’k’ish sunnati sok’it bo’ladi. Ammo bir mahallada hech kim jamoat bo’lmasa, shu mahalladagi hamma odam sunnatni tark k’ilgan hisoblanadi.
Imom Buxoriy va Muslimlar rivoyat k’ilgan hadisi sharifda kelishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam ramazon oyidagi kechalardan birining yarmida masjidga chik’dilar. Shu chik’ishlari uch marta bo’ldi. Ramazonning uchinchi, beshinchi va yigirma ettinchi kechalari masjidda namoz o’k’idilar. Boshk’alar ham u erda namoz o’k’ishdi. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ular bilan sakkiz rakat namoz o’k’idilar, odamlar esa k’olganini uylarida ado k’ilishdi. Ularning uylaridan xurmo daraxtining shitirlashi kabi ovozlar kelar edi.
Ushbu hadisdan ma’lum bo’ladiki, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam taroveh namozini va uni jamoat bo’lib o’k’ishni sahobalarga sunnat k’ilib k’oldirdilar. Lekin ular bilan yigirma rakat o’k’imadilar. Vaholanki, hazrati Umar davrlaridan hozirga k’adar taroveh yigirma rakat o’k’ib kelinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har gal masjidga chik’ib tarovehni o’k’iganlarida, odamlar masjidda ko’payaverdi. Uchinchi bor chik’k’anlarida masjidga odam sig’masdi. Shundan so’ng ummatga tarovehning farz bo’lib k’olishidan k’o’rk’ib chik’madilar. Boshk’a bir rivoyatlarda shu xususda hadislar kelgan. YAna hadisi sharifdan shu narsa ma’lum bo’ladiki, taroveh namozi Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam masjidda sahobalarga o’k’ib bergan rakatning o’zigina emas ekan, balki hadisi sharif iborasiga ko’ra, «Ular k’olganini uylarida ado k’ilardilar». Hazrati Umar roziyallohu anhu o’zlarining xalifalik davrlarida odamlarning ramazon kechalarida masjidga to’plab, tarovehni yigirma rakat jamoat bilan o’k’ishni joriy k’ildilar. Sahobalardan biror kishi bu ishga k’arshi chik’madi. Hatto hazrati Umardan keyingi hazrati Usmon va hazrati Aliydek xulofoi roshidinlar martabasidagi zotlar ham bu amalni to’xtatishmadi. Vaholanki, bu ulug’lar dindagi bid’at amallarning ro’parasida hargiz sabr k’ilib tamoshabin bo’lib turishmagan, balki u bid’at bo’lsa, o’z o’rnida to’xtatardilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadisi shariflarida shunday marhamat k’ilgandilar: «O’zinglarga mening sunnatimni hamda roshid va mahdiy bo’lgan (ya’ni, hidoyat, to’g’ri yo’ldan yuruvchi) xalifalarimning sunnatini lozim tutinglar, buni ak’l tishlaring bilan mahkam tishlab olinglar». (Abu Dovud rivoyati).
Abu Hanifaning shogirdlaridan bo’lgan Abu Yusuf ustozidan: “Nima uchun Umar roziyallohu anhu bu ishni k’ilgan?” deb so’radi. Abu Hanifa: “Taroveh sunnati muakkadalardandir. Umar roziyallohu anhu bu ishni o’zidan o’ylab chik’ib joriy k’ilgani yo’k’. U hargiz bid’atchilardan bo’lmagan. U musulmonlarni nimaga buyurgan bo’lsa, o’zi bilgan dindagi asl narsaga, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida bor bo’lgan amalga buyurgan”, deb javob berdilar.
Taroveh namozi vitrdan tashk’ari yigirma rakat hisoblanadi. Uning vak’ti xufton namozidan keyin kirib, to bomdod vak’ti kirguncha davom etadi. Vitrdan oldin ham, keyin ham o’k’ish durust bo’ladi. Lekin afzali tarovehni vitrdan oldin o’k’ishdir. Taroveh ikki rakatdan o’k’iladi, har to’rt rakat o’k’ilgach, bir oz istirohat uchun o’tirish ma’k’uldir. Sahobai kiromlar ham xuddi shunday k’ilishardi. Taroveh (istirohat) namozi, deb nomlanishining ham asl sababi shudir. Chunki taroveh rohatlanish ma’nosidadir. Namozxon shu o’tirishda zikru tasbehga mashg’ul bo’ladi yoki sukut sak’laydi.
(Bizning diyorlarda ushbu o’rinda k’uyidagi kabi tasbehlar o’k’ish odat bo’lgan:
???????? ??? ????????? ?????????????? ???????? ??? ?????????? ???????????? ????????????? ??????????????? ?????????????? ???????? ????????? ???????? ??????? ?? ??????? ???????? ???????? ???????? ??????? ?????????????? ?????????? ?? ????? ???? ????? ???????????? ????? ?????????? ?????????? ?? ??????? ???? ???? ????????
“Subhana zil mulki val malakuti, subhana zil ’izzati va ’azomati val k’udroti val kibriyai val jabaruti, subhanal malikil hayyil laziy la yamutu, subbuhun k’uddusur Robbuna va Robbul malaikati var ruhi, la ilaha illalohu nastag’firulloh, va nasalukal jannata va na’uzu bika minan nar”).
Taroveh namozlarida K’ur’oni Karimni bir bora xatm k’ilib chik’ish ham ramazon oyining sunnat amallaridandir.
Afzali imom jamoatning holiga rioya k’ilib k’iroatni bir oz tezlatadi, lekin shart shuki, tezlik namozni buzadigan yoki namozxonlar anglay olmay k’oladigan darajada bo’lmasin. Taroveh namozlarida K’ur’oni Karimni xatm k’ilishdan k’avm malollansa, imom ularning malollanishini e’tiborga olmaydi, balki sunnatni ado k’iladi. Fotihadan keyingi zam surani uzun oyatdan bir oyat, k’isk’a oyatdan uch oyat mik’doridan kam o’k’ib k’o’yish haromga yak’in makruhlardan hisoblanadi. Chunki bunda vojibni tark k’ilish bor.
Tarovehning har ikki rakati mustak’il namoz bo’lib, ularga alohida niyat k’ilinadi, takbiri tahrimadan so’ng esa sano va «A’uzu…», «Bismillah…»lar o’k’iladi. K’a’dada tashahhudga k’o’shimcha salovot va duolarni ham k’o’shadi va hokazo. Taroveh namozlarini k’iyomga k’odir bo’laturib o’tirib o’k’ish ham durustdir. Ammo k’iyomda turib o’k’isa, o’tirib o’k’igandan ko’ra afzalrok’ bo’ladi. Imomga ergashuvchi o’tirgan holida ham ik’tido k’ilsa durust, ammo k’iyomga k’odir bo’laturib, to imom ruku’ga borguncha k’iyomni kechiktirish makruh hisoblanadi. Chunki bunda ibodatga dangasalik k’ilgani zohir bo’ladi. Taroveh namozining masjidda ado k’ilinishi ma’k’uldir. Zero, shariatga ko’ra, jamoat bo’lib ado k’ilinadigan ibodatlarning afzalrog’i masjidda bo’lganidir.
Taroveh namozining vak’ti chik’ib ketsa, k’azosi o’k’ilmaydi. Chunki k’azo farz va vojib amallargagina xoslangandir. Mabodo, biror kishi tarovehning k’azosini o’k’isa ham, u mutlak’ nafl namozlar jumlasiga kirib ketadi, baribir tarovehning o’rniga o’tmaydi. Taroveh namozi ro’zaning sunnatlaridan emas, balki ramazon oyidagi sunnatlardan hisoblanadi. Shu sababli taroveh namozini o’k’ish musofir uchun, ro’za tutmagan uzrli kasal uchun ham sunnat bo’ladi. Ma’lumki, bu kishilarga ro’za tutish shart emas edi. Shu bilan birga hayz va nifos ko’rayotgan ayollar ham agar kunning oxirida pok bo’lishsa, tarovehni o’k’ishlari sunnat hisoblanadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.