Tatuga al-xorazmiy nomi berildi — ozbekiston
Tatuga al-xorazmiy nomi berildi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidentining 15 martdagi k’arori bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga (TATU) Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.
Al-Xorazmiy zamonaviy matematika, trigonometriya, geografiya fanlari rivojiga ulkan hissasini k’o’shgan. O’rta asrlar boshlanishi davrida Shark’da amalga oshirilgan ko’plab kashfiyotlar uning nomi bilan bog’lik’.
2017/2018 o’k’uv yilidan boshlab TATUda Muhammad al-Xorazmiy nomini abadiylashtirish va uning bebaho merosini keng o’rganishga bag’ishlangan k’ator tadbirlar amalga oshiriladi. Respublika va xalk’aro darajadagi ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazish, TATUning ik’tidorli talabalari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya joriy etish va boshk’alar shular jumlasidan.
Mamlakat OTMlari o’rtasida dasturiy mahsulotlar, matematik modellashtirish, algoritmizasiya, kriptologiya, kompyuter va dasturiy injiniring, telekommunikasiyalar, televizion texnologiyalar va axborot xavfsizligi bo’yicha zamonaviy o’k’uv adabiyotlarini ishlab chik’ish kabi AKT sohasidagi tanlov va olimpiadalarni o’tkazish rejalashtirilgan.
Dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualar yaratish markazini universitet k’oshidagi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari ilmiy-innovasion markaz etib k’ayta tashkil etish belgilangan. TATU talabalarini jalb etgan holda O’zbekiston ik’tisodiyotining etakchi sohalari va sektorlarining real talablari hisobga olinib ichki va tashk’i bozorda rak’obatbardosh sifatli milliy dasturiy mahsulotlarni tayyorlash markazning asosiy vazifasi etib belgilandi.
TATU huzurida universitet uchun o’k’uv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va chop etish, xorijiy adabiyotlarni xarid k’ilish, al-Xorazmiy stipendiyasi hamda «Muhammad al-Xorazmiy avlodlari» jurnalini moliyaviy k’o’llab-k’uvvatlash va boshk’a bir k’ator harajatlarni k’oplash bo’yicha Ilmiy-innovasion rivojlanish jamg’armasi tashkil etiladi. Uyali alok’a kompaniyalarining abonent rak’amlaridan foydalanganlik uchun to’lovlarining 1 foizi mik’doridagi mablag’lari va boshk’a tushumlar mazkur jamg’armaning moliyaviy asosini tashkil etadi.
Комментарии 0