Taymazov pekin-2008 olimpiadasi oltin medalidan mahrum kilindi — ozbekiston
Taymazov pekin-2008 olimpiadasi oltin medalidan mahrum k’ilindi — o’zbekiston
Xalk’aro olimpiya k’o’mitasi rasmiy saytida chik’k’an ma’lumotga ko’ra, Pekin-2008 olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya k’ilgan va erkin kurash musobak’asida oltin medalni k’o’lga kiritgan Artur Taymazovning erishgan natijasi bekor k’ilingan.
Taymazov topshirgan doping-namunalarda turinabol va stanozolol kabi tak’ik’langan moddalar topilgan. Endi 120 kilogramgacha bo’lgan vaznda finalda Artur Taymazovga yutk’azib, kumush medal bilan tak’dirlangan rossiyalik kurashchi Baxtiyor Ahmedov Pekin olimpiadasi chempioni hisoblanadi. Pekin-2008 bronza medali sohiblari slovakiyalik David Musulbes va k’ozog’istonlik Marid Mutalimov edi.
Eslatib o’tamiz, Pekin olimpiadasida yurtimiz k’o’lga kiritgan yagona oltin medalni aynan Artur Taymazov olib bergan edi.
Shuningdek, XOK’ Pekin olimpiadasida 60 kg vaznda finalga chik’?b kumush medalni k’o’lga kiritgan ukrainalik Vasiliy Fedorishinning ham organizmidan turinabol topib, uni ham medaldan mahrum etgan. Bu vaznda bronza yaponiyalik Keniti Yumoto va eronlik Murod Muhammadiyga nasib etgan edi.
Afina-2004 olimpiadasida ham oliy shohsupaga ko’tarilgan Taymazov Pekindan so’ng London-2012 olimpiadasida ham oltin medalni k’o’lga kiritib, tarixda uchta oltin medalni k’o’lga kiritgan uchinchi kurashchi bo’lgan edi: ungacha bunday natijaga Aleksandr Medved (1964, 1968, 1972) va Buvaysar Saytiev (1996, 2004, 2008) erishishgan edi.
Комментарии 0