Temurxoja abduholikov legionerning ishi kiyin — ozbekiston

Temurxo’ja abduholik’ov: legionerning ishi k’iyin — o’zbekiston
Xabaringiz bor, ayni payt K’atar yulduzlar ligasida 4 nafar futbolchimiz to’p surishmok’da. Ulardan biri Temurxo’ja Abduxolik’ovdir. Bu kvartetni Sardor Rashidov, Sanjar Tursunov va Sanjar Shoahmedovlar to’ldirishgan. 22ta gol urib, O’zbekiston chempionati-2016 to’purarligini k’o’lga kiritgan Abduxolik’ov «Al-Sayliya» bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagandi.
O’tgan k’isk’a fursat ichida hujumchimiz legioner nomini ok’lay boshladi. U chempionat bahslarida rak’iblar darvozasini birin-ketin ishg’ol k’ilmok’da. O’z navbatida, milliy jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan Temurxo’jani Suriya va K’atarga k’arshi o’tkaziladigan o’yinlar uchun taklif k’ildi.
«Lokomotiv»ning sobik’ forvardi termaning yanvar oyidagi yig’iniga ham chak’irilgan, lekin ma’lum sabablarga ko’ra, Abduxolik’ov kelmagandi. Nihoyat, to’purar futbolchimiz FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, Toshkentga k’aytdi va milliy jamoa yig’iniga k’o’shildi. Abduxolik’ov o’tgan yili gazetamiz tomonidan «Yilning eng foydali futbolchisi» nominasiyasida g’olib, deb topilgandi. YAk’inda ana shu mukofotni o’z egasiga topshirish bahonasida Temurxo’jani suhbatga tortdik.
— Temurxo’ja, yangi chempionat, yangi muhitga moslashish jarayoni ortda k’oldimi?
— Shunday bo’ldi, deb umid k’ilaman. Lekin ochig’ini aytaman, K’atar chempionatiga moslashish jarayoni biroz k’iyin kechdi. Chunki «Al-Sayliya»ga o’tishimdan oldin ikki oydan oshik’rok’ vak’t mobaynida rasmiy o’yinlarda maydonga tushmagandim. Aynan shu jihat salbiy ta’sir ko’rsatmasmikan, degan hadik ham yo’k’ emasdi. Shukrki, sport formam, jismoniy holatim pand bermadi. Gollar ura boshladim.
— Bu jarayonda jamoadoshlaringiz va murabbiyning k’o’llab-k’uvvatlashi ham muhim hisoblanadi. Ushbu masalada muammo bo’lmadimi?
— Murabbiylar bizning jamoa safiga k’anday holatda k’o’shilganimizdan xabardor edilar. K’atar chempionatida mavsum ekvatoriga etib kelgandi. Shuni inobatga olib ham ular bizni har tomonlama k’o’llab-k’uvvatlashdi. Uncha-buncha xatolarimizga ko’z yumishdi.
— Legioner sifatida bundan avval Xorvatiya chempionatida ham o’ynagansiz. Evropa va Osiyo futboli o’rtasidagi tafovut k’anchalik sezilyapti?
— Eng asosiysi, klublardagi professional yondashuv turlicha. Bosh-k’a tomondan unchalik katta fark’ sezilmaydi.
— Til masalasida k’iynalmayapsizmi?
— Yo’k’, asosan inglizchada suhbatlashiladi. Bu borada muammo yo’k’.
— Demak, xorijiy tilni o’rganganingiz k’o’l kelyapti, shundaymi?
— Inglizchani yuz foiz bilaman, deyolmayman. Lekin fikrimni tushuntirib beraman. O’z o’rnida, murabbiyning ko’rsatmalarini ham anglab olyapman. Albatta, futbolning tili hamma erda bir xil. YA’ni terminlar deyarli barcha joyda bir xil yangraydi.
— K’atar klublarida asosan xorijlik murabbiylar ishlashadi. Bu holat mashg’ulotlarda ham aks etyaptimi?
— Oxirgi klubim «Lokomotiv» bilan tak’k’oslaganda katta o’zgarish yo’k’. Hozir zamonaviy texnologiyalar kuchayib ketgan. Osiyo jamoalarida ham Evropa futboli tajribasi asosida mashg’ulotlar tashkil etilyapti.
— K’atarda rak’iblar darvozasini 4 marta ishg’ol k’ilishga erishdingiz. Ayting-chi, O’zbekiston chempio-natida gol urish nisbatan osonrok’ ekanmi yoki yulduzlar ligasida?
Bu hali hammasi emas, davomi: www. iff. uz
Комментарии 0