Tennischi sanjar fayziev kozogistonda otayotgan turnirning yarim finaliga chikdi — ozbekiston

Tennischi sanjar fayziev k’ozog’istonda o’tayotgan turnirning yarim finaliga chik’di — o’zbekiston
Tennis bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Sanjar Fayziev K’ozog’istonda o’tkazilayotgan xalk’aro turnirda ishtirok etmok’da.
Sanjar yakkalik bahslari birinchi davrasida hindistonlik Vijay Sundar Prashantni, ikkinchi davrada polshalik Andreya Kapashani mag’lubiyatga uchratdi. Tennischimiz chorak finalda italiyalik Lorenso Justinoga k’arshi kortga chik’adi.
Turnirning juftliklar o’rtasidagi bahslarida S. Fayziev k’ozog’istonlik Timur Xabibulin bilan yarim finalga chik’di. Ular dastlabki uchrashuvda Chexiya vakillari Marek Gengel va Tomash Papikni 6:4, 7:6, chorak finalda rossiyalik Markos Kalovelonis va Denis Matsukevichni 7:6, 4:6, 10:4 hisobida mag’lubiyatga uchratdi.
Endi Sanjar va Timur final yo’llanmasini k’o’lga kiritish uchun niderlandiyalik Nils Lutsma hamda Botik van de Zandshulp bilan rak’obatlashadi.
Комментарии 0