Terma jamoalar markazi faoliyati nima sababdan toxtatildi — ozbekiston

Terma jamoalar markazi faoliyati nima sababdan toxtatildi — ozbekiston

Terma jamoalar markazi faoliyati nima sababdan to’xtatildi? — o’zbekiston

Terma jamoalar markazining faoliyati to’xtatilishi, shubhasiz, o’tgan haftaning eng dik’k’atga molik vok’easiga aylandi. Endi bunday tashkilot yo’k’. Xo’sh, o’tgan 8 yillik muddatda TJM bizga nima berdi? Keling, vaziyatga xolis yondashib, tarozu posangisini teng ushlashga harakat k’ilamiz. Axir shu davr mobaynida ko’plab tank’idlarga uchragan Markazning ibratga molik ishlari ham bordir?! Har holda, «Bir yomonning bir yaxshisi ham bo’ladi», deb bejiz aytishmagan-ku. TJM k’aysi vazifani yuk’ori saviyada uddaladi-yu, k’aysi jabhada ok’sadi? Ijobiy va salbiy holatlar o’rtasidagi tafovut k’anday? K’uyidagi tahliliy fikrlar aynan shu mavzuga bag’ishlanadi.
MARKAZ
O’zbekiston futbol federasiyasi boshk’aruviga Mirabror Usmonov kelgach, bir k’ator tadbirlar amalga oshirildi. Mana shulardan biri turli yoshdagi terma jamoalar tayyorgarligini optimallashtirish mak’sadida 2009 yilda Terma jamoalar markazi tashkil etilgani bo’ldi. Keyinchalik mazkur tashkilot mustak’il tarzda ish yuritishi uchun unga alohida bino ajratildi — butun boshli «Jar» stadioni TJM ixtiyoriga o’tdi. Markaz zimmasiga termalar uchun yig’inlar tashkil etish, jamoalarning rasmiy musobak’alardagi ishtirokini ta’minlash, murabbiylar tayinlash va shunga o’xshash bevosita futbol bilan bog’lik’ masalalar yuklatildi.
O’z navbatida, TJM O’zbekiston milliy terma jamoasi o’yinlariga chipta savdosini tashkil etishi ham lozim edi.
IJOBIY IShLAR
Tan olish lozim, Terma jamoalar markazi tashkil etilgach, avvaliga o’smirlar va yoshlar futbolida kutilgan samara ko’zga tashlandi. Har ikki toifadagi termalarimiz uch marta mundialda ishtirok etishdi. Umuman olganda, Aleksey Evstafeev, Ahmad Musaev va Dilshod Nuraliev boshk’aruvidagi jamoalar avvaldan «Paxtakor» futbol maktabi bazasida shakllanib kelayotgan va shu vajdan TJM vakolatiga o’tmagan tak’dirda ham yuk’ori natijalarga erishgan bo’lardi. Ammo fakt shundaki, ularning g’alabalari aynan Terma jamoalar markazi tashkil etilgandan so’ng k’o’lga kiritildi. Shunday ekan, istaymizmi yoki yo’k’, bunda Markazning ham o’rni bor.
Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O’zbekiston o’smirlar terma jamoasining 2011 yili Eronda o’tkazilgan Osiyo chempionatida eng yuk’ori o’rinni egallaganini esa alohida ta’kidlash lozim. Bu natija O’zbekiston o’smirlar futboli tarixida yagonaligini sak’lab turibdi.
XORIJDAGI YIG’INLAR
Bu muvaffak’iyatlarda xorijda tashkil etilgan o’k’uv-mashg’ulot yig’inlarining o’rni katta ekani shubhasiz. YOdingizda bo’lsa, bundan 5-6 yil muk’addam milliy terma jamoa futbolchilari intervyularda bir gapni ko’p takrorlashardi: «Avvallari hatto yirik musobak’alarga tayyorgarlik ko’rish uchun ham Toshkentdan tashk’ariga chik’a olmas edik. Endi nafak’at kattalar, balki o’smirlar va yoshlar ham Turkiya yoki Birlashgan Arab Amirliklariga borib kelishmok’da», — de-yishardi.
Ha, Terma jamoalar markazi k’o-yillatgan ish hak’ida gapirganda, aynan xorijdagi yig’inlarni ko’rsatish lozim. O’zbekiston milliy termasi 2011 yilgi Osiyo kubogida yarim finalga k’adar etib borgan va bu hozircha eng yaxshi natija bo’lib turibdi. O’sha jamoa namoyish etgan o’yin taassurotlari esa hozirgacha muxlislar k’albidan o’chgani yo’k’. Terma jamoa sobik’ bosh murabbiyi Vadim Abramov bu uslubni shakllantirish uchun bir necha oy davomida Turkiya, BAA va hattoki, Afrikada yig’in tashkil etganini ko’pchilik yoddan chik’arib ulgurgan bo’lsa kerak. Terma o’yinida aynan mana shu yig’inlarning ahamiyati katta bo’lgandi.
Birok’ afsuski, xorijdagi mashg’ulotlardan kelgan eng katta foyda ham shu bilan cheklandi. Milliy terma jamoaning arzimagan sabab bilan ham chetga chik’ib ketaverishi esa boshk’a tomondan zarar keltirdi — muxlislar Toshkentda birorta ta-yinli o’rtok’lik o’yini ko’ra olmadilar…
O’RTOK’LIK UChRAShUVLARI
DAVOMI

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.