Tilimiz abgor holatga tushib qolganiga uzimiz aybdormiz — senat raisi — ozbekiston
Tilimiz abgor holatga tushib qolganiga uzimiz aybdormiz — senat raisi — o’zbekiston
Qonunlar ijrosini taminlashdagi sustkashlik, ularga hurmatsizlik va bepisandlik u yoki bu sohaning umumtaraqqiyotdan orqada qolishiga, hatto inqirozga yuz tutishiga sabab bulmoqda. Bu haqda, «Davlat tili haqida»gi qonun misolida, Uzbekiston Oliy Majlis Senati raisi Nigmatilla Yuldoshev gapirdi.
Senatning chorshanba kuni ochilgan KhVII yalpi majlisidagi nutqida Nigmatilla Yuldoshev 2019 yilda qabul qilinganiga 30 yil tuladigan qonun ijrosini tanqid qildi, khabar bermoqda «Gazeta. uz» mukhbiri.
Uzbek tili rivoji bilan bogliq muammolarni tahlil etish maqsadida «Davlat tili haqida»gi qonunning Toshkentda, shuningdek, turli vazirlik va idoralarda ijro etilishi holati urganildi. Urganishda qonun ijrosi «yillar davomida deyarli uz holiga tashlab quyilganligi aniqlandi», deya takidladi Senat raisi.
«Eng afsusli jihat shundaki, tilning ijtimoiy ongni shakllantiruvchi muhim omil sanalishiga va inson qaysi tilda suzlasa va fikrlasa, usha tildagi mafkuraga moyil bulishiga ahamiyat qaratmadik. Aksincha, qonun ijrosini nazorat qilishga masul bulgan parlament huzuridagi Doimiy til komissiyasi hamda Atamashunoslik qumitasi faoliyatlari tugatildi, lotin yozuviga asoslangan uzbek alifbosini joriy etish ishlari esa belgilangan muddatda tuliq yakuniga etkazilmadi», — dedi u.
Keyinchalik qabul qilingan qonunlardagi normalarning «Davlat tili haqida»gi qonunga muvofiqligini taminlash masalasi ham etibordan chetda qoldi, davom ettirdi Nigmatilla Yuldoshev. Buning dalili — «Reklama tugrisida»gi, «Firma nomlari tugrisida»gi va boshqa qonunlarda «Davlat tili haqida»gi qonun normalariga zid qoidalar mavjudligi.
«Qonunda javobgarlikka tortishga asos buluvchi normalar mavjud bulsa-da, qonun normalarining muntazam buzib kelinayotgani uchun biron bir aybdor shakhs belgilangan tartibda javobgarlikka tortilmadi. Achchiq bulsa-da, aytishga tugri keladi — bu holat qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish urniga, uni malum manoda ragbatlantirmoqda», — dedi Senat rahbari.
«Bu kabi yana kuplab kamchiliklar va hanuzgacha davom etayotgan qonunbuzarliklar, tabir joiz bulsa, qonunning egasiz va ojiz bulib qolgani oqibatida davlat tili nufuzi pasaymoqda», — takidladi Nigmatilla Yuldoshev.
«Etibor bering: unlab atamalar nafaqat kundalik istemolda, balki normativ-huquqiy hujjatlarda ham hech bir izohsiz qullanilmoqda. Turli yillar mobaynida Adliya vazirligidan ruykhatdan utkazilgan 154 ta normativ-huquqiy hujjatning ilovalari davlat tilida tasdiqlanmagan. Shuningdek, 2018 yilda qabul qilingan vazirliklar, davlat qumitalari va agentliklarning 34 ta qushma qarori ham davlat tilida emas. Buning ustiga, kuplab normativ-huquqiy hujjatlarda „Rus tilidagi matnga qarang“, degan havolalarning mavjudligini esa, davlat tiliga uta hurmatsizlik sifatida baholash mumkin», — dedi u.
Nafaqat nodavlat teleradiokanallari, balki Uzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallarida ham boshlovchilar tomonidan adabiy til qoidalariga zid ravishda turli shevalarda suzlash salbiy odat tusiga aylanmoqda, davom ettirdi Senat raisi. «Telekanallarda efirga berilayotgan nomi inglizcha-yu, uzi guyoki uzbekcha kursatuvlar til qoidalariga mutlaqo yotligi masullarni ham, kursatuvlarni tayyorlovchi qushtirnoq ichidagi «ijodkor»larni ham hech bulmaganda uyaltirmayapti».
«Lotin yozuviga asoslangan uzbek alifbosida saboq olishni boshlagan yosh avlod bugun 23 yoshdan oshdi. Fundamental ilmiy, badiiy, siyosiy va boshqa adabiyotlarning aksariyati esa, kirilchada qolib ketgan. Oqibatda hayotning ayni ilm olishga zarurat va ishtiyoq tugilgan jushqin pallasida aksariyat yoshlarning imkoniyati cheklanib qolmoqda», — dedi Nigmatilla Yuldoshev.
«Bir suz bilan aytganda, tilimizning abgor holatga tushib qolayotganiga uzimizdagi beparvolik va etiborsizlik sabab bulmoqda», — deya takidladi u.
Senat Kengashi Vazirlar Mahkamasi va boshqa masul tuzilmalarga sanab utilgan kamchiliklarni, davlat tili rivojiga tusiq bulayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalarni berdi.
Khususan, «Davlat tili haqida»gi qonun ijrosini tuliq taminlashga oid kompleks chora-tadbirlar belgilangan «Yul kharitasi»ni tasdiqlash, qonun talablarining vazirlik va idoralar tomonidan bajarilishi holatini Vazirlar Mahkamasining rayosatida muntazam muhokama qilib borish zarurligi belgilandi.
Senat raisi, shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan parlamentning yuqori palatasi tavsiyalariga asosan norma ijodkorligi jarayonida «Davlat tili haqida»gi qonun talablariga rioya etish buyicha talabning kuchaytirilayotganini qullab-quvvatlashini takidladi.
Комментарии 0