Timo verner — buyuk topurarlikka munosib yigitcha — ozbekiston

Timo verner — buyuk to’purarlikka munosib yigitcha — o’zbekiston
YAk’inda ro’y bergan vok’ea aksariyat ishk’ibozlarni oz bo’lsada ranjitdi — Germaniya termasining Konfederasiyalar kubogi uchun e’lon k’ilingan tarkibiga uch yil avval mundialda g’olib chik’k’an Noyer, Ozil, Kroos va yana ayrim yulduzlar kiritilmadi. Ammo k’ayg’urishga hojat yo’k’, bu futbolchilarni kelgusi yozda Rossiya maydonlarida ko’rishimiz hak’ik’atga yak’in. Hozircha esa bir necha yildan so’ng «bundestim»da etakchi rollarni o’ynashi kutilayotganlar harakatlaridan bahramand bo’lamiz. Shunday yuksak iste’dod sohiblaridan biri — bundesliganing navbatdagi mavsumi kashfiyotiga aylangan «Leypsig» klubi vakili Timo Verner.
Rossiya matbuoti u hak’ida deyarli yozmayapti, vaholanki, «Barselona», «Real» va «Chelsi»dagi taktik o’zgarishlar k’ayta-k’ayta tilga olinmok’da. Umuman, bu g’alati holat. Verner Evropaning eng kuchli chempionatlaridan biri hisoblangan bundesligada 21ta gol urdi, «gol}pas» tizimi bo’yicha to’rtinchi bo’ldi, muntazam ravishda termaga chak’irilmok’da. Germaniya futboli afsonalari uning kelajagi porlok’ ekanini aytishmok’da. «Nemis mashinasi»ning yangi avlodi vakillari orasida yak’k’ol ajralib turgan o’yinchi hak’ida so’z yuritish uchun bundan ham yaxshirok’ sabab topish mumkinmi?
K’aerdan paydo bo’ldi?
«Ittifok’o, «Leypsig» ishk’ibozlaridan biri men bilan telefon ork’ali gaplashmok’chiligini bildirdi, rozi bo’ldim. Hozir tez-tez k’o’ng’irok’lashib turamiz yoki u shunchaki, SMS yozadi. Mashhurlar odatda, telefon ekranida k’o’ng’irok’ k’ilayotgan shaxsning rak’ami ko’rinsa, javob berishmaydi. Ammo men bu toifadan emasman. O’zimni yulduz deb hisoblamayman»,-deydi Verner.
«Shtutgart»ning bolalar jamoasida o’ynab yurgan kezlari Timoning miyasiga bir k’oidani muhrlashgan: k’anday mak’omda bo’lishdan k’at’iy nazar, hammaga — sheriklar, rak’iblar, ishk’ibozlar, jurnalistlarga hurmat bilan munosabat bildirish shart. Do’stlari hazil tarik’asida uni «hushyor haydovchi» deb atashardi. Verner alkogolga yak’inlashmasdi, turli bazmlardan keyin og’aynilarini uy-uylariga tark’atardi. Avtomobilni unga otasi shahar chetidagi uzumzorda ko’maklashgani uchun mukofot tarik’asida sotib olib bergandi. Timo tongda gimnaziyaga borar, keyin otasiga yordamlashar, ok’shom esa mashg’ulotlarga shoshardi.
O’sha kezlari shvablar akademiyasidagi ayrim jihatlar yigitchaga keraksizdek tuyulardi. Ammo bugunga kelib, ushbu ta’lim maskanida olgan bilimlari Germaniya termasiga olib boruvchi yo’lda ask’otmok’da. Har hafta sartaroshxona yoki tatu-salonga borishdan ko’ra, o’yin va mashg’ulotlardan bo’shagan paytlari Evropaning eng yaxshi futbolchilari ishtirokidagi uchrashuvlar aks etgan videoyozuvlarni ko’rib chik’ib, yon daftarchasiga k’aydlar kiritishni foydalirok’ deb biladi.
17 yoshida ilk bor bundesliga o’yinida maydonga tushdi, ikki haftadan so’ng debyut golini urdi — k’adrdon klubning 120 yilligi nishonlanayotgan kunda «Ayntraxt» darvozasini ishg’ol k’ildi. «Shtutgart» tarixida yuk’ori darajali o’yinda to’p kiritgan eng yosh futbolchi o’sha bahs uchun maxsus tayyorlangan retro-libosda tribunalar tomon oshik’di. Bunda k’andaydir ramziy ma’no bor edi. Ertasiga Verner odatdagidek, gimnaziyaga bordi — otasi farzandining ma’lumotli bo’lishini xohlardi.
K’ahramonimiz shu bilan to’xtab k’olmay, «eng yosh futbolchi» sifatida k’ator rekordlar k’ayd etdi. Bundesligada: «Shtutgart» safida gol, «dubl», 50ta va 100tadan o’yin. U juda tezkor, bardoshli, texnikasi yuk’ori, zik’na emas. 19 yoshida chempionatni 16ta gol bilan yakunladi. Ammo ke-yingi mavsum faoliyatida pasayish kuzatildi. 9 oy mobaynida atigi to’rtta gol urdi, asosiy tarkibdagi o’rnini yo’k’otdi, ishk’ibozlar va matbuotchilar uni yulduzlik kasaliga chalinganlikda ayblab, bosim uyushtirishdi. Mavsum yakuniga ko’ra, ikkinchi bundesligaga ravona bo’lgan «Shtutgart» 10 mln. evro kompensasiya evaziga o’z tarbiyalanuvchisini «Leypsig»ga k’o’yib yubordi.
Ehtimol, Timo k’aysidir pallada o’zining noyob ik’tidoriga ishona boshlagandir, ammo Leypsigdagi ikki Ralf — Xazenxyuttl va Rangnik osmonda uchib yurgan yigitchani darhol erga k’aytarishdi. YAkuniga etgan mavsumda Vernerni to’xtatishning iloji bo’lmadi — «Bavariya»ga k’arshi kechgan bahsda «xet-trik» muallifiga aylandi, Diter Myuller davri (1974|1975 yillar mavsumi)dan buyon ilk bor 21 yoshdan kichik futbolchi sifatida bundesligada 19ta to’p kiritgan o’yinchiga aylandi.
Bir kuni Vernerning telefoni jiringladi, ekranda notanish rak’am porlab turardi. Javob berish tugmasini bosganda esa go’shakning narigi tomonidan Yoaxim Lyovning ovozi eshitildi.
— Dastavval, do’stlarim hazil k’ilishyapti, deb o’yladim, axir hozir shunak’a narsalar urfga kirgan-ku, — dedi Verner keyinchalik. — Ammo yakunda hammasi hak’ik’at bo’lib chik’di — ko’p o’tmay, milliy jamoada debyutimni nishonladim.
K’anday o’ynaydi?
Verner «Shtutgart»dagi faoliyatini markaziy hujumchi sifatida boshlagan. 2016|2017 yillar mavsumida ham xuddi shu ampluada ko’rinish berdi, birok’ «Leypsig» bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttl bir nechta uslublarni k’o’llab, Timoni yuksak darajali universalga aylantirdi. YOsh futbolchi hujumning istalgan chizig’ida binoyidek to’p sura boshladi. Ko’pincha Verner chap k’anotdan oldinga o’tib, bo’sh hududlar topadi va shu tarik’a himoyachilarni aldab o’tib, hujumga keskinlik bag’ishlaydi. Hozircha buni ajoyib tarzda uddalamok’da — yakuniga etgan mavsumda shunday yakkakurashlarning 77 foizi Verner foydasiga hal bo’ldi.
Tutgan erini kesadigan va o’ta faol Vernerning harakatlari «Leypsig» uchun ayni muddao — Timo o’rtacha hisobda 90 dak’ik’a mobaynida samarali hujumda ishtirok etadi. Endi «buk’alar» hujumchisining universalligiga k’aytamiz. Odatda, Xazenxyutl biroz tushunarsiz va hozirgi paytda uncha urf bo’lmagan 4-2-2-2 taktik sxemasiga tayanadi. Demme hamda Keyta tayanch chizig’ida harakatlanishadi, biroz oldinrok’da Forsberg-Zabitser juftligi javlon uradi, so’ngra Poulsen va Verner joylashishgan.
Yussuf Poulsen singari futbolchidan har k’aysi murabbiy «targetmen» (bo’yi uzun, bosh bilan yaxshi o’ynaydigan o’yinchi) sifatida foydalanishi anik’ edi: u yakkakurashlarga chik’ib, yuk’oridan keladigan to’plarni tezkor sheriklariga olib beradi. Verner va Forsberg ko’pincha bunday holatlarda zarba yo’llaydigan vaziyatga chik’ib borishadi. Ularning Tom Shtarke k’o’rik’layotgan darvozaga yak’in holatda to’pni k’abul k’ilishgani fikrimizga isbot bo’lishi mumkin.
Oddiy misol. Havodagi kurashda g’olib chik’k’an Poulsenning uzatmasi Forsbergga borib tushadi, u esa Vernerni k’ulay vaziyatga chik’aradi.
Timo dastlab Boateng, so’ngra Lamni aldab o’tib, «Bavariya» darvozasini ishg’ol k’iladi.
Birok’ bunday o’yin uslubi «Leypsig»ga xos emas. Vernerning holatga to’g’ri baho berishi, bo’sh hududlarni topishi jamoaga bama’ni hujumlar uyushtirishda ask’otadi. Vaholanki, o’sha vaziyatda oddiy o’ynash ham mumkin. Misol uchun, himoyachi Ilzakner uzatma yo’llaganda Vernerning o’sha k’anotdan oldinga tashlanishini ko’pchilik kutmaydi…
… So’ngra markaz tomon intiladi va Poulsenning to’pni k’ulay tarzda egallab olib, bo’sh zonaga pas uzatishini kutadi.
Tezkor hujumlar chog’i Timo markazni bo’shatib, k’anotga o’tadi va «ofsayd» chizig’ini nazorat k’ilgan holda to’p suradi. Natijada Poulsen to’pni Forsbergga uzatadi, u esa o’z navbatida, himoyachilar ko’zini shamg’alat k’ilishga o’rgangan Vernerni k’ulay vaziyatga chik’aradi.
Bu kabi kombinasiyalar k’aysidir ma’noda, Forsbergning 18ta samarali uzatma bilan bundesliganing eng yaxshi assistenti bo’lishini ta’minladi. Verner esa anik’ paslar borasida mak’tana olmaydi — u asosiy e’tiborni rak’ibni aldab o’tish yoki darvozaga zarba yo’llashga k’aratadi. Sheriklariga to’p uzatish bo’yicha esa muammolari yo’k’ emas.
Vernerga milliy jamoada ham katta umid bildirishmok’da. Miroslav Kloze ketgach, «bundestim» hamon yuk’ori darajali markaziy hujumchiga ehtiyoj sezmok’da (yoshi o’tib k’olgan Mario Gomesning gohida porlagani hisob emas). Timoning jahon chempionatida universal forvard rolini bajara olishiga ko’pchilik shubha bilan k’aramok’da. «Leypsig» hujumchisining aynan k’anday uslubda o’ynashi hamon noanik’ligicha k’olyapti. Binobarin, Vernerning o’zida bu savolga javob bor:
— O’ylashimcha, men — hujumchilarning yangi toifasiga kiraman, — deydi u. — 2010 yilgi jahon chempionatidan so’ng futbolning k’ay tarik’a rivojlanganiga nazar tashlasangiz, aksariyat jamoalar deyarli klassik markaziy forvarddan voz kechishganiga guvoh bo’lasiz. Bu ampluada to’p suradigan yuk’ori darajali futbolchilardan hozir atigi 20 nafari k’oldi, xolos. Katta ehtimol bilan, ikki hujumchi taktikasi yana urfga kiradi, biz hozir «Leypsig»da shu uslubga tayanmok’damiz. Albatta, Germaniya termasida kreativ yarim himoyachilar bisyorligi tufayli yagona forvard bilan o’ynash ma’k’ul ko’rinadi. Shu bitta joyni egallay olamanmi, yo’k’mi, buni vak’t ko’rsatadi».
Bundesliganing yakuniga etgan mavsumini dik’k’at bilan kuzatganlar Vernerning nimalarga k’odirligini payk’agan bo’lishlari tayin. Mabodo, k’aysidir sabablarga ko’ra, Germaniyaning eng dovyurak klubi o’yinlarini o’tkazib yuborgan bo’lsangiz, ranjishga hojat yo’k’. Shunchaki, Konfederasiyalar kubogi bahslarini tomosha k’ilib, «nemis mashinasi» safidagi texnikasi yuk’ori yosh hujumchining harakatlariga razm soling. U 2018 yilning yozida Tomas Myullerning jasoratini k’aytarsa, ajabmas. Shu tarik’a nafak’at Lyov k’o’l ostidagi jamoa, balki butun mundialning eng york’in futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin.
Комментарии 0