Tiv iiv va soglikni saklash vazirligi yiliga ikki marta parlamentda axborot beradi — ozbekiston

Tiv, iiv va sog’lik’ni sak’lash vazirligi yiliga ikki marta parlamentda axborot beradi — o’zbekiston
Oliy Majlis Senati shanba kuni bo’lib o’tgan yalpi yig’ilishda «O’zbekiston Respublikasining ayrim k’onun hujjatlariga o’zgartish va k’o’shimchalar kiritish, shuningdek ayrim k’onun hujjatlarini o’z kuchini yo’k’otgan deb topish to’g’risida»gi k’onunni tasdik’ladi.
K’onunda o’rnatilgan tartibga ko’ra Oliy Majlis Senati ichki ishlar vazirining huk’uk’buzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to’g’risidagi axborotini, tashk’i ishlar vazirining o’z faoliyati hak’idagi axborotini yiliga ikki marta eshitadi, Oliy Majlis K’onunchilik palatasi sog’lik’ni sak’lash vazirining o’z faoliyati to’g’risidagi axborotini Oliy Majlis palatalarining tegishli k’o’mitalarida dastlabki tarzda ko’rib chik’k’an holda yiliga ikki marta eshitadi.
K’onunda Tabiatni muhofaza k’ilish davlat k’o’mitasi bundan buyon O’zbekiston Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi munosabati bilan O’zbekiston Prezidentining tak’dimiga binoan Tabiatni muhofaza k’ilish davlat k’o’mitasining raisini tayinlash hamda uni lavozimidan ozod etishni, shuningdek Tabiatni muhofaza k’ilish davlat k’o’mitasi raisining hisobotini eshitishni Oliy Majlis Senatining vakolatlaridan chik’arish nazarda tutilmok’da.
Комментарии 0