Tojikistonda ozbekiston madaniyati kunlari bolib otdi — ozbekiston
Tojikistonda o’zbekiston madaniyati kunlari bo’lib o’tdi — o’zbekiston
10?12 may kunlari Tojikistonda O’zbekiston madaniyati kunlari bo’lib o’tdi. Tojik OAVlarining k’ayd etishicha, mamlakatda bu kabi tadbirlar so’nggi marta 1997 yilda o’tkazilgan edi.
Delegasiya tarkibidan 55 nafar artist va musik’achi o’rin oldi, deb xabar k’ildi Asia-Plus axborot agentligi Tojikiston Madaniyat vazirligiga tayangan holda. O’zbekiston xalk’ artistlari G’ulomjon YOk’ubov va Mahmud Nomozov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sobirjon Mo’minov, xonanda Sevinch Mo’minova, «Nihol» mukofoti sohiblari hamda «O’zbekiston» davlat ashula va rak’s ansambli O’zbekiston san’ati va madaniyatini namoyon etdi.
Ayniy nomidagi Davlat akademik opera va balet teatrida «Zamonaviy O’zbekiston» fotoko’rgazmasi tashkillashtirildi. Tojik tomoshabinlariga «Ota» va «Oyk’iz ertagi» filmlari namoyish k’ilindi.
O’zbekiston madaniyati kunlarining markaziy tadbirlari sifatida Dushanbe, K’o’rg’ontepa va Tursunzoda shaharlarida konsert dasturlari o’tkazildi. O’zbekistonlik artistlar o’zbek va tojik tillarida k’o’shik’lar ijro etdi.
«Afsuski, avvalrok’ o’zaro madaniyat kunlarini o’tkazish an’anasi bekor k’ilingan edi va endilikda u k’aytadan tug’ilmok’da. Kelgusida biz ham O’zbekistonda tojik madaniyat kunlarini o’tkazishni rejalashtirganmiz», — deya Tojikiston madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzodaning so’zlaridan ik’tibos keltirdi Tajikistan Times.
Комментарии 0