Toshkent aeroporti kochalar va boshka obektlarga islom karimov nomi beriladi — ozbekiston

Toshkent aeroporti kochalar va boshka obektlarga islom karimov nomi beriladi — ozbekiston

Toshkent aeroporti, ko’chalar va boshk’a ob’ektlarga islom karimov nomi beriladi — o’zbekiston

Mamlakatdagi bir k’ator muassasalar va ob’ektlarga O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi beriladi. Prezident Shavkat Mirziyoevning 25 yanvardagi «O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risida»gi k’arorida shu hak’da so’z ketadi.
Islom Karimov nomi beriladigan muassasa va ob’ektlar
Toshkent davlat texnika universiteti;Asaka shahridagi avtomobil zavodi;Farg’ona shahridagi San’at saroyi; Toshkent xalk’aro aeroporti;K’orak’alpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko’chalar.
Samark’andda Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etiladi.
Islom Karimov siymosini yaratish bo’yicha xalk’aro ijodiy tanlovda g’olib deb topilgan haykallar Toshkent , Islom Karimov tug’ilib o’sgan Samark’and va u kishi K’ashk’adaryo viloyatining birinchi rahbari bo’lib ishlagan K’arshida o’rnatiladi.
Birinchi Prezident ko’p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkentdagi Ok’saroy k’arorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etiladi. Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi ham ushbu manzil bo’yicha joylashtiriladi.
Bundan tashk’ari, Samark’andda Islom Karimov muzeyi tashkil etiladi.
Har yili Birinchi Prezident tavallud topgan sana — 30 yanvar kunini keng nishonlanib, 2 sentyabr kuni Xotira kuni sifatida yod etiladi.
K’arorga muvofik’, oliy o’k’uv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi.
Islom Karimovning hayoti va faoliyati hak’ida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish, Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chik’arish rejalashtirilgan.
Hujjatda k’ayd etilishicha, k’aror «xalk’imizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chik’ib, ona Vatanimiz mustak’illigi, el-yurtimiz ravnak’i yo’lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O’zbekiston K’ahramoni Islom Abdug’anievich Karimovning york’in xotirasini abadiylashtirish mak’sadida» k’abul k’ilindi.
Unda ta’kidlanishicha, Birinchi Prezidentning so’nmas xotirasini abadiylashtirish bo’yicha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mamlakat fuk’arolaridan ko’plab takliflar tushmok’da.
«Mustak’il O’zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o’zbek xalk’ining ulug’ va ardok’li farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum k’aramligidan ozod k’ilib, halokat yok’asiga kelib k’olgan yurtimizni k’ayta tikladi. Buyuk Yo’lboshchimiz g’oyat k’altis va tahlikali bir vaziyatda og’ir k’iyinchiliklar va sinovlarga k’aramay, tarixan k’isk’a davrda O’zbekistonni jadal va bark’aror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi», — deyiladi k’arorda.
«Islom Abdug’anievich Karimov o’zining serk’irra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko’p asrlik tarixida o’chmas iz k’oldirdi. U nafak’at O’zbekiston, balki jahon mik’yosida katta hurmat va obro’-e’tiborga sazovor bo’lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi», — deya k’ayd etilgan hujjatda.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.