Toshkent hokimi kop kavatli avtoturargohlarni kurish togrisidagi karorni imzoladi — ozbekiston
Toshkent hokimi ko’p k’avatli avtoturargohlarni k’urish to’g’risidagi k’arorni imzoladi — o’zbekiston
Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonovning 1 iyundagi k’arori (PDF) bilan birinchi k’avatida savdo va maishiy xizmat ko’rsatish majmuasi bo’lgan ko’p k’avatli avtoturargohlar k’urilishi ma’k’ullandi.
Aprel oyi o’rtalarida «shaharsozlik k’oidalari va sanitar me’yorlarga javob bermaydigan» avtomobil garajlari o’rnida ko’p k’avatli avtoturargohlar k’urish rejalashtirilayotgani to’g’risida ma’lum k’ilingan edi. O’sha vak’tda avtomobillarni sak’lash uchun ikki, uch va olti k’avatli turargohlarning dastlabki loyihalari tak’dim etilgandi.
Hokim k’arorida O’zbekiston poytaxtida avtomobillar soni ikki yil ichida 20 foizga oshgani (1 mart holatiga ko’ra 420,1 mingta), savdo markazlari va ziyofat zallari yak’inida avtomototransport vositalarini k’o’yish uchun joy etishmasligi, natijada ko’chalarda tirbandliklar kuzatilayotgani ko’p k’avatli avtoturargohlar k’urilishiga zarurat borligi keltirib o’tiladi.
Hujjatda tuman hokimlari rahbarligida maxsus ishchi guruhlarni tuzish, ular tomonidan talablarga javob bermaydigan avtomobil sak’lash joylarini o’rganish, ularni buzish, yangi turargohlar k’urilishiga tadbirkorlarni jalb k’ilish hamda aholi o’rtasida tushuntirish ishlarini olib borish masalalari bilan shug’ullanishga jalb k’ilish ko’zda tutilgan.
Ishchi guruhlarga 2017 yil so’ngiga k’adar super — va gipermarketlar, ziyofat zallari yak’inida avtoturargohlar k’urish bo’yicha choralar ko’rish topshirildi. Bunda yak’inida avtoturargohlar tashkil etish uchun sharoitlar bo’lmagan ob’ektlar egalariga faoliyat turini k’ayta ko’rib chik’ish tavsiya etiladi.
Комментарии 0