Toshkent hokimi toshshahartransxizmat rahbari v b tashabbusini tasdiklamadi — ozbekiston

Toshkent hokimi toshshahartransxizmat rahbari v. b. tashabbusini tasdik’lamadi — o’zbekiston
Toshkent shahar hokimining 12 maydagi k’arori bilan «Toshshahartransxizmat» AJ boshk’aruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Mirhosil Xolmatov 19 may kuni vazifasidan ozod k’ilindi.
Kompaniya matbuot xizmatining xabar k’ilishicha, o’tgan k’isk’a vak’t mobaynida boshk’aruv raisi v. b. ko’pgina topshirik’larni xodimlarning lavozim yo’rik’nomalarida belgilangan vazifalar bo’yicha emas, balki o’zining sub’ektiv k’arashlaridan kelib chik’ib bergan. Shuningdek, o’tkazilgan yig’ilishlarda k’isk’a vak’t (10 kun) ichida yo’lovchi tashish transporti faoliyatini tubdan o’zgartirish yuzasidan, jumladan oylik yo’l chiptalari bo’yicha k’immatbaho sovrinlar berilishi kabi, yuzaki o’ylangan, chuk’ur tahlillarga asoslanmagan holda vazifalar berilgan.
Shu bilan birga, Mirhosil Xolmatov tomonidan «Toshshahartransxizmat» AJ boshk’aruv raisining moliyaviy masalalar bo’yicha o’rinbosari Mohira Valievani egallab turgan vazifasidan ozod etish taklifi rahbariyat tomonidan rad etildi.
Комментарии 0