Toshkent notarial idoralari adliya vazirligi boshqaruviga utdi — ozbekiston

Toshkent notarial idoralari adliya vazirligi boshqaruviga utdi — ozbekiston

Toshkent notarial idoralari adliya vazirligi boshqaruviga utdi — o’zbekiston

Uzbekiston notarial idoralari faoliyatida yigilib qolgan muammolar hamda ularni bartaraf etish mekhanizmlari Adliya vazirligida notariuslar hamjamiyati bilan uchrashuvda muhokama qilindi.
Adliya vazirligi akhborot khizmatining khabar qilishicha, ishtirokchilar bilan notarial idoralardan navbatlarning kupayib ketishi, notariuslar va idora khodimlarining fuqarolar bilan muomala madaniyatining pastligi, davlat bojlarini hisoblashda yagona amaliyotning mavjud emasligi, shuningdek notarial harakatlarni rasmiylashtirishda ortiqcha hujjatlarning talab qilinishi kabi muammolarning yuzaga kelish sabablari tahlil qilindi.
Mamlakatdagi notaruslarning 21 foizi, amalga oshirilayotgan barcha notarial harakatlarning uchdan bir qismi Toshkent ulushiga tugri kelishi inobatga olinib, poytakhtdagi notarial idoralar faoliyati shahar Adliya boshqarmasidan bevosita Adliya vazirligi boshqaruvi ostiga utkazildi.
Notariuslar va notarial idoralar faoliyati ustidan doimiy jamoatchilik monitoringini amalga oshirish uchun Toshkent notarial idoralari 11 ta sektorga bulinib, ularning har birida Uzbekiston YOshlar ittifoqi, mahallalar, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan ishchi guruhlari shakllantirildi. Aholi murojaatlari, takliflari va shikoyatlari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilib, Facebook ijtimoiy tarmogida «Adliya bilan muloqot» ochiq guruhi tashkil qilindi.
«Eng yakhshi ilgor tajriba» loyihasi doirasida poytakht notarial idoralarida akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalaridan keng va samarali foydalanish, khizmat kursatish madaniyatini oshirish va yagona notarial amaliyotni joriy etish belgilandi.
Sohaga chuqur bilimlar, yuksak manaviyat va madaniyatga ega kadrlarni jalb qilish maqsadida yangi tartib va yangicha talablarga asoslangan holda notarius lavozimiga tayinlash buyicha tanlov qoidalari joriy etildi. Tanlovlar internetda tugridan tugri translyasiya qilish yuli bilan keng jamoatchilikni jalb qilgan holda ochiq shaklda utkaziladi. Ilk bor ana shunday tanlov 4 sentyabr kuni sinovdan utkazildi. Unda 25 nafar tanlov ishtirokchisining faqatgina 4 nafari sinovdan muvaffaqiyatli utdi.
Notarius kasbi vakillari Khalq ishonchini oqlash va notarial khizmatlarni kursatishdagi mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish buyicha majburiyatlarni qabul qildi. Ushbu majburiyatlarda notarius vazifasini bajarishda halollik va vijdonlilik bilan ishlash, khalqqa sodiqlik bilan khizmat qilish, Uzbekiston Konstitusiyasi va qonunlariga rioya etish, etika qoidalariga suzsiz rioya qilish va notarius qasamini buzmaslik kabilar aks ettirilgan. Mazkur majburiyatlar notarial idoralarning kirish qismiga ilib quyiladi.
Yuqoridagi talablar bilan bir qatorda notariuslarni moddiy va manaviy ragbatlantirish, mehnat sharoitlarini yakhshilash, ortiqcha va keraksiz majburiyatlardan, faoliyati doirasiga kirmaydigan ishlardan ozod qilish choralari ham belgilab olindi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.