Toshkent otlik otryadlari uchun otlar rossiyadan keltiriladi — ozbekiston
Toshkent otlik’ otryadlari uchun otlar rossiyadan keltiriladi — o’zbekiston
Toshkent shahar IIB patrul-post xizmati brigadasi komandirining o’rinbosari Murodilla Alik’oriev payshanba kuni har haftalik brifingda poytaxtdagi otlik’ brigadalar faoliyatiga oid ma’lumotlarni tak’dim etdi.
Uning so’zlariga ko’ra, otlar yak’in oylarda Evropadagi eng yirik otlik’ polisiya bo’linmalariga ega bo’lgan (245 ta ot va 434 nafar kavaleriyachi) Moskvadan sotib olinadi. Xuddi shu erning o’zidan ot minib harakatlanish maxsus liboslar hamda ippodromdan poytaxtga otlik’ otryadlarni tashish uchun yarim tirkamali pikaplar ham xarid k’ilinadi.
Namangan viloyat IIB otlik’ patruli.
O’zbekistonda otlik’ postlarni joriy etish tajribasi mavjud. Namangan va Andijon viloyatlarida 22 ta xizmat otidan iborat otryadlar faoliyat ko’rsatmok’da. «Mazkur viloyatlarda mahalliy otlardan foydalaniladi, biz esa Rossiyaning orlovskiy zotidan sotib olishni mo’ljallaganmiz», — dedi Murodullo Alik’oriev.
Otlarni o’k’itish bir yildan bir yarim yilgacha davom etadi. Ular otishma ovoziga e’tibor k’ilmaslik, portlashlar, tutun shashkalaridan k’o’rk’maslik, hujum k’iluvchiga k’arshi zarba berishga o’rgatiladi. Birok’ patrullik k’ilish uchun otryadni tayyorlashga kamrok’ vak’t sarflanadi. «Bizda professional chavandozlar bor, birok’ baribir ular rossiyalik mutaxassislar bilan birgalikda tayyorgarlikdan o’tishadi. Yil oxiriga k’adar otlik’ sok’chilar Toshkent ko’chalarida patrullik k’ilishni boshlaydi», — dedi komandir o’rinbosari.
Toshkent shahar IIB tomonidan jami bo’lib 50 bosh xizmat otini sotib olish rejalashtirilgan. Ular ochik’ joylarda o’tkaziladigan ommaviy tadbirlar chog’ida jamoat tartibini sak’lash va jamoat xavfsizligini ta’minlashda yuk’ori harakatchanlik hamda mobil to’sik’lar va halk’alar tashkil etish bilan shug’ullanadi.
Комментарии 0