Toshkent shahrida isitish tizimi muddatidan avval ochirib koyildi — ozbekiston
Toshkent shahrida isitish tizimi muddatidan avval o’chirib k’o’yildi? — o’zbekiston
Kun. uz tahririyatiga issik’lik tizimini muddatidan avval o’chirib k’o’yilgani bo’yicha ko’plab maktublar kelib tushgan. «Issik’lik tizimi (otoplenie) har yili 15 oktyabrdan yok’ilib, 15 aprelda o’chirilar edi. Nima sababdan joriy yilda isitish tizimini 23 martdan o’chirib k’o’yishdi? Havo harorati pasaygani tufayli uylarimiz sovib ketdi», — deyiladi fuk’aro murojaatida. Kun muxbiri «Toshissik’k’uvvati» Ishlab chik’arish birlashmasiga mazkur masala bo’yicha murojaat k’ilib, kerakli javobni olishga harakat k’ildi. Toshkent shahar hokimining 299-sonli k’aroriga muvofik’, 24 mart soat 10:00 dan boshlab Toshkent shahrida isitish mavsumiga yakun yasalgan. Hokimiyatning bunday k’arorni k’abul k’ilishiga tashk’aridagi ob-havoning o’rtacha harorati 5 kun davomida +8 darajadan yuk’orini tashkil etgani asosiy sabab bo’lgan.
Комментарии 0