Toshkentda 2018 yil kuziga kadar muz kompleksi kuriladi — ozbekiston

Toshkentda 2018 yil kuziga k’adar muz kompleksi k’uriladi — o’zbekiston
Toshkentda Humo Arena nomini olgan ko’p tarmok’li muz kompleksi 2018 yilning uchinchi choragida foydalanishga topshiriladi. Bu hak’da O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 11 maydagi k’arorida (PDF) so’z boradi.
Hujjatga muvofik’, Singapurning Enter Engineering kompaniyasi muz kompleksini k’urish bo’yicha bosh pudratchi etib belgilandi. Janubiy Koreyaning Heerim Architects & Planners kompaniyasi esa bosh loyiha tashkiloti hisoblanadi.
Afrosiyob va Beshyog’och ko’chalari kesishmasida 14 ming o’ringa ega muz kompleksi k’urilishi fevral oyida boshlangan edi. Bu erda k’ishki sport turlari (xokkey, short-trek, figurali uchish va kyorling) bo’yicha musobak’alar o’tkazish, konsert, ko’rgazma va forumlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Enter Engineering guruhi turi murakkablikdagi sanoat va texnologik ob’ektlarni k’urishga ixtisoslashgan bo’lib, Rossiyaning «Gazprombank»i uning aksiyadorlaridan hisoblanadi, deyiladi kompaniya saytida.
Комментарии 0