Toshkentda aleksandr pushkin tavalludi nishonlandi — ozbekiston

Toshkentda aleksandr pushkin tavalludi nishonlandi — ozbekiston

Toshkentda aleksandr pushkin tavalludi nishonlandi — o’zbekiston

6 iyun kuni poytaxtdagi Xalk’lar do’stligi xiyobonida Aleksandr Sergeevich Pushkin tavalludining 218 yilligiga bag’ishlab tadbir o’tkazildi, deb xabar k’ildi O’zA.
Shoir haykali k’arshisida turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, milliy madaniyat markazlari, diplomatik korpus vakillari, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, o’k’ituvchilar, yoshlar to’plandi.
Marosimda Pushkin she’rlaridan namunalar o’k’ildi. Yig’ilganlar shoir haykali poyiga gullar k’o’ydi.
«O’zbekistonda Pushkin tavalludi kuni keng nishonlanishi yaxshi an’anaga aylangan, — deydi Rossiya Federasiyasining O’zbekistondagi Favk’ulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev. — O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Pushkin haykalining ushbu fayzli xiyobonda k’ad rostlagani O’zbekistonda millatlararo do’stlikni, mamlakatlarimiz o’rtasidagi munosabatlarni tobora mustahkamlash yo’lidagi ezgu sa’y-harakatlarning amaliy ifodasidir».
«Yuksak insoniy fazilatlar, hayotga, Vatanga, o’z xalk’iga muhabbat Alisher Navoiy va Pushkin ijodida birday tarannum etilgan, — deydi Rus milliy madaniyat markazining YAngiyo’l shahri bo’linmasi vakili, adabiyot o’k’ituvchisi Lyubov Sherbakova. — Har ikki shoir ijodida millat ruhiyati g’oyat teran ifodalangan».
Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston davlat akademik Katta teatri san’atkorlari, Rus milliy madaniyat markazi k’oshidagi badiiy jamoa tomonidan musik’iy kompozisiya namoyish etildi.
Mamlakat bo’ylab shoir tavalludiga bag’ishlangan pushkinxonlik tadbirlari, mushoiralar, ma’rifiy anjumanlar davom etmok’da.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.