Toshkentda kichik sanoat zonalari tashkil etiladi — ozbekiston

Toshkentda kichik sanoat zonalari tashkil etiladi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidentining 18 maydagi k’aroriga (PDF) muvofik’, Toshkentda kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.
Kichik sanoat zonalari hududida joylashgan ishlab chik’arish maydonchalari va er uchastkalari tadbirkorlik sub’ektlariga kelgusida yana 10 yilga uzaytirish imkoniyati bilan imtiyozli ijara to’lovi stavkalari bo’yicha tak’dim etiladi.
Kichik sanoat zonalari hududlarida tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko’rsatish uchun «yagona darcha» markazlari ochiladi. Shuningdek, ishtirokchilarga mahsulotlarini eksport k’ilishda ko’maklashish uchun Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini k’o’llab-k’uvvatlash jamg’armasi vakolatxonalari hamda mini banklar faoliyati yo’lga k’o’yiladi.
Hujjatga muvofik’, Toshkentda kichik sanoat zonalari Kafolat jamg’armasi tashkil etiladi. U, xususan, O’zbekiston Tiklanish va tarak’k’iyot jamg’armasining 50 mln AK’Sh dollari mik’doridagi bir martalik ulushi hisobidan shakllantiriladi.
Kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga imtiyozlar k’o’llaniladi. Ular ikki yil muddatga mol-mulk va yuridik shaxslarga solinadigan daromad solig’idan ozod k’ilinadi. Imtiyozlar ishlab chik’arilgan umumiy mahsulotlarning 30 foizi eksport k’ilingan tak’dirda, k’o’shimcha ravishda yana ikki yilga uzaytiriladi. Ishtirokchilar imtiyozlarga ega bo’lish uchun eng kam oylik ish hak’ining 3000 barobari mik’dorida investisiya kiritishlari talab k’ilinadi.
Hozirda Yunusobod, Sergeli va YAkkasaroy tumanlaridagi foydalanilmayotgan korxonalar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etilgan bo’lib, ularning hududida to’k’imachilik, kimyo, ozik’-ovk’at, elektrotexnika mahsulotlari, mebel, k’urilish materiallari va boshk’a mahsulotlarni ishlab chik’aruvchi 513 ta kichik korxona faoliyat ko’rsatmok’da. 2016 yilda ushbu korxonalar tomonidan 1,1 trln so’mlik mahsulotlar ishlab chik’arildi, 140 mln AK’Sh dollaridan ortik’ k’iymatdagi tovarlar eksport k’ilindi, 11 mingdan ziyod ish o’rinlari yaratildi.
Комментарии 0