Toshkentda ruhiy kasallar shifokhonasidan qochgan uchinchi bemor ham ushlandi — ozbekiston

Toshkentda ruhiy kasallar shifokhonasidan qochgan uchinchi bemor ham ushlandi — o’zbekiston
Shorqul Omonovni «Abu Sahiy» bozorida ushlash jarayonida u milisiya khodimlariga pichoq bilan qarshilik kursatgan.
Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan qattiq nazorat ostidagi ruhiy kasalliklar shifokhonasidan 20 noyabr kuni qochgan uch bemorning uchinchisi ham ushlandi. Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi mulozimining Ozodlikka aytishicha, 33 yoshli Shorqul Omonov 21 noyabr kuni 15.05 da Chilonzor tumanida joylashgan “Abu Sahiy” bozori hududida qulga olingan.
Ugirlikda ayblanib, sud hukmi bilan 9 oydan buyon Olmazor tumanidagi qattiq nazorat qilinadigan ruhiy kasalkhonada majburiy davolanayotgan Shorqul Omonov 20 noyabr kuni 2 sherigi bilan qochgan edi.
Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi mulozimining Ozodlikka aytishicha, Omonovni «Abu Sahiy» bozorida ushlash paytida u milisiya khodimlariga pichoq bilan qarshilik kursatgan.
“U yonida bulgan pichoq bilan ichki ishlar khodimiga qarshilik kursatib, yon-atrofdagilarga nisbatan jiddiy khavf tugdirgan. Uni ushlash payti bir khodimimiz tan jarohati oldi. Shunga qaramay, u Omonovni qurolsizlantirib, qulga olishga muvaffaq buldi”, — dedi Toshkent IIBsi mulozimi.
Shorqul Omonov bilan birga qochgan Maruf Rashidov va Ahror Hamroev bir kun oldin Toshkentning Olmazor tumanida ushlangan edi.
Omonov bilan birga qochgan Maruf Rashidov va Akhror Hamroev bir kun oldin ushlangan edi.
Toshkent IIBsi mulozimining Ozodlikka aytishicha, uchchala shakhs uta khavfli jinoyatlarda ayblangan.
Jumladan, Maruf Rashidov odamga qasddan tan jarohati etkazganlikda, Akhror Hamroev esa katta miqdorda narkotik modda noqonuniy savdosi bilan shugullanganlikda ayblangan.
Qulga olingan uchchala bemor shifokhonaga qaytarilgan. Ular u erdan qanday qochib ketgani oshkor qilinmayapti.
Bemorlarning keyingi taqdiri nima bulishi haqida ham Toshkent IIBsi malumot bermadi.
Комментарии 0