Toshkentda yolovchi transportini rivojlantirish boyicha takliflar kabul kilinmokda — ozbekiston

Toshkentda yo’lovchi transportini rivojlantirish bo’yicha takliflar k’abul k’ilinmok’da — o’zbekiston
«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2030 yilgacha Toshkent yo’lovchi transportni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chik’ish bo’yicha ishlarni boshladi hamda poytaxt aholisi va mehmonlaridan mazkur jarayonda ishtirok etishni so’ramok’da.
« Toshkent shahri yo’lovchi tashish transporti majmuasini rivojlantirishda birinchi navbatda yo’lovchilarga k’ullayliklar yaratish asosiy e’tiborga olingan yo’lovchi tashish transportini rivojlantirishga oid fikr-mulohazalar takliflaringizni kiritishni so’raymiz, shuningdek xorijiy mutaxassislarning shahar yo’lovchi tashish transportini boshk’arish istik’bollari hak’ida tajribalarini bildirishlarini istar edik», — deyiladi kompaniya murojaatida.
Takliflarni 10 iyungacha bo’lgan vak’t ichida concept@tshtx. uz elektron manziliga yuborish mumkin. Bunda FISh va murojaat uchun telefon rak’am ko’rsatilishi zarur.
Комментарии 0