Toshkentda yoshlar haftaligi bolib otmokda foto — ozbekiston

Toshkentda yoshlar haftaligi bolib otmokda foto — ozbekiston

Toshkentda yoshlar haftaligi bo’lib o’tmok’da (+foto) — o’zbekiston

12?17 dekabr kunlari Toshkentda «Ertangi kun bizniki, marra bizniki!» shiori ostida YOshlar haftaligi bo’lib o’tadi, deya xabar k’ildi O’zA.
Haftalik doirasida O’zbekiston OTMlari jamoalari ishtirokida Talabalar teatr studiyalari festivali o’tkaziladi. O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tashkil etiladigan spektakllar namoyishiga yosh tomoshabinlar baho beradi. Festivalning eng sara asari O’zbek Milliy akademik drama teatrida namoyish etiladi.
YOshlar haftaligi doirasida mamlakatdagi beshta oliy ta’lim muassasasining ik’tidorli talabalari o’rtasida «Tafakkur sinovlari» tanlovining yakuniy bosk’ichi bo’lib o’tadi.
Haftalikning loyihalaridan yana biri O’zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirish, tuman va shaharlarning sayyohlik salohiyatini targ’ib k’ilishga k’aratilgan «YAngi nigoh» videoroliklar tanlovi sovrindorlarini tak’dirlash marosimidir. Mazkur tanlovga turli yo’nalishlar bo’yicha 500 dan ortik’ ijodiy ish kelib tushgan. Foliblar haftalik davomida internet foydalanuvchilari tomonidan ovoz berish yo’li bilan anik’lanadi.
Haftalik doirasida kinematografiya sohasida yosh iste’dodlarni izlab topish, ularni k’o’llab-k’uvvatlash mak’sadida yosh kinoijodkorlarning k’isk’a metrajli filmlari «PROlogue» festivali tashkil etilmok’da. Ushbu tanlovga yuzga yak’in havaskor va professional kinoijodkor o’z ijod namunalarini tak’dim etgan.
Moda va dizayn festivali — haftalikning eng york’in loyihasidir. Ushbu festival doirasida «Moda laboratoriyasi» namoyishi, milliy liboslar va zamonaviy modelerlar defilesi, yosh hunarmand va rassomlar ko’rgazmalari, mahorat darslari tashkil etiladi.
Haftalik davomida «K’uvnok’lar va zukkolar» ko’rik-tanlovining yakuniy bosk’ichi o’tkaziladi. Tanlovda Samark’and, Andijon, Buxoro va poytaxt OTMlari jamoalari bahslashadi.
Haftalikda «MIT. uz» loyihasi doirasida axborot-texnologiyalari sohasida, xususan, internet tarmog’ida milliy sigmentni rivojlantirish borasida izlanishlar olib borayotgan yosh dasturchilarni k’o’llab-k’uvvatlashga k’aratilgan tanlov sovrindorlarini tak’dirlash marosimi o’tkaziladi.
«Turkiston» saroyida «O’zbekiston belgisi» ko’krak nishoni sovrindorlarini tantanali tak’dirlash marosimi bo’lib o’tadi.
YOshlar haftaligi doirasidagi madaniy tadbirlarga kirish bepul.
Foto
Foto: Kamolot» YOshlar ijtimoiy harakati matbuot xizmati.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.