Toshkentdagi avtobus yonalishida yol hakini elektron tolash sinovdan otkazilmokda — ozbekiston

Toshkentdagi avtobus yonalishida yol hakini elektron tolash sinovdan otkazilmokda — ozbekiston

Toshkentdagi avtobus yo’nalishida yo’l hak’ini elektron to’lash sinovdan o’tkazilmok’da — o’zbekiston

Juma kuni Toshkentdagi 155-avtobus yo’nalishida (Gulobod ko’chasi — Baxt ko’li) kontaktsiz kartalardan foydalanilgan holda yo’l hak’ini elektron to’lash tizimi sinovdan o’tkazilmok’da. Tizim sinovi yakunlanganidan so’ng 155-yo’nalishdagi barcha avtobuslarga, so’ngra xususiy «Avtosantrans» korxonasi xizmat ko’rsatayotgan ikkita boshk’a yo’nalish: shahar ichidagi 152- va shahar atrofidagi 485-yo’nalishlarga tadbik’ etiladi. Kelgusida boshk’a avtobus parklari, jumladan yo’nalishli taksilarda ham tizimni joriy etish rejalashtirilgan.
Kontaktsiz to’lovlarni k’abul k’ilish uchun k’urilma prototipi.
«Loyihada tizimga ulangan barcha yo’nalishlar hamda mos ravishda barcha transport turlarida foydalanish mumkin bo’lgan yagona transport kartasini joriy etish ko’zda tutilgan. Kartalarga ular egalari to’g’risida ma’lumotlar kiritilishi rejalashtirilgan bo’lib, bu yo’lovchilar ok’imi va talab yuk’ori bo’lgan yo’nalishlar hisobini anik’lik bilan yuritish hamda ularni optimallashtirishga imkon beradi», — dedi tizimni ishlab chik’k’an VIA Tashkent kompaniyasi direktori Murod Obidov «Gazeta. uz»ga.
Kontaktsiz karta va chop etilgan chipta.
Salonning old k’ismiga o’rnatilgan NFC-validator — mahalliy Mikroelektronika PLUS kompaniyasi ishlanmasi — bir lahzada karta egasi ma’lumotlarini hisobga olib, yo’l hak’ini hisob rak’amidan echib oladi. Uskuna mobil alok’a yordamida muntazam ravishda yagona ma’lumotlar bazasi bilan bog’lanib turadi.
U shunday o’rnatilganki, alok’aning uzluksiz bo’lishini talab k’ilmaydi, dedi Mikroelektronika PLUS direktori Sarvarbek Rahimbekov.
Smartfon yordamida to’lov.
Yo’l hak’ini NFC texnologiyasini k’o’llab-k’uvvatlovchi smartfonlar yordamida ham amalga oshirsa bo’ladi. Foydalanuvchilar bepul ilovani o’rnatishlari lozim bo’ladi. Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgandan so’ng o’z safarlari, hisobini to’ldirish va pul echib olishlari tarixini kuzatib borishi mumkin. Shaxsiy ma’lumotlar yo’lovchilarning turli toifalariga (maktab o’k’uvchilari, talabalar va pensionerlar) imtiyozlar berish uchun ham zarur — bularning barchasi dasturga kiritiladi.
Validator prototipi. K’urilmaning yakuniy ko’rinishi yanada ixchamrok’ bo’ladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.