Toshkentdagi garajlar ornida kop kavatli avtoturargohlar kuriladi — ozbekiston
Toshkentdagi garajlar o’rnida ko’p k’avatli avtoturargohlar k’uriladi — o’zbekiston
Toshkentdagi avtomobil garajlari o’rnida ikki, uch va olti k’avatli avtoturargohlar k’urish rejalashtirilmok’da, deb xabar k’ildi poytaxt arxitektori Sa’dulla Muxtorxo’jaev shanba kuni bo’lib o’tgan brifingda. Shahar hokimining bu hak’dagi k’arori loyihasi muhokama uchun internetga joylashtirildi .
Toshkent arxitektori Sa’dulla Muxtorxo’jaev.
Keng ko’lamli «Zamonaviy mahalla» dasturining bir k’ismi hisoblangan loyiha 2020 yil so’ngiga k’adar bosk’ichma-bosk’ich amalga oshiriladi. Avtoturargohlar tadbirkorlarning shaxsiy mablag’lari va bank kreditlari hisobidan bunyod etiladi.
Ko’p k’avatli avtoturargohlar k’urishga imkon bo’lmagan joylarda ochik’ avtoturargohlar k’uriladi. Ko’p k’avatlilardan fark’li ravishda, ularning bepul bo’lishi taklif etilmok’da.
Arxitektorning ta’kidlashicha, bugungi kunda shahardagi barcha metall garajlar maydoni 25,63 ga bo’lib, 8470 mashina sig’imiga teng. 27,4 ming avtomobilni sig’diruvchi yana 69,16 ga maydon garaj xo’jaliklariga tegishli. Aksariyat hollarda garajlar joylashgan hududlar tashlandik’ ko’rinishga ega bo’lib, yong’in va jamoatchilik xavfsizligi talablariga javob bermadi, ular atrofida muntazam ravishda chik’indilar to’planadi. Juda ko’p hollarda garajlar tartibsiz o’rnatilgan, ko’pchiligi esa mak’sadli foydalanilmaydi, ayrimlarida esa odamlar istik’omat k’iladi.
80 avtomobilga mo’ljallangan ikki k’avatli avtoturargoh.
Toshkent shahar IIB ma’lumotlariga ko’ra, joriy yil 1 mart holatiga ko’ra poytaxtda 420,1 ming avtomototransport vositasi hisobga olingan (2015 yil boshida 353,9 ming yoki k’ariyb 20 foiz kam). Shaxsiy avtomobillar turar jo mavzelarining katta k’ismini egallab, bolalar o’yingohlari va aholi dam olishi uchun joy tobora k’isk’arib bormok’da.
144 avtomobilga mo’ljallangan uch k’avatli avtoturargoh.
Olti k’avatli avtoturargoh 480 avtomobilga mo’ljallangan.
Toshkent arxitektura va k’urilish bosh boshk’armasi turar joy mavzelari uchun bir k’ancha avtoturargoh loyihalarini tayyorlagan. Ularga ko’ra ikki k’avatlilarida 80, uch k’avatlilarida 144 hamda olti k’avatlilarida 480 va 532 avtomobil joylashadi. Mavjud ochik’ avtoturargohlar o’rnida ham ko’p k’avatlilari bunyod etiladi. Ularning birinchi k’avatida savdo va servis ob’ektlari paydo bo’lishi mumkin.
Sa’dulla Muxtorxo’jaevning k’o’shimcha k’ilishicha, zamonaviy turar joy va noturar binolar loyihalarida avtomobillar sak’lash uchun ular hududida er osti turargohlar k’urish ko’zda tutilgan.
532 avtomobilga mo’ljallangan olti k’avatli turargoh.
Shahar hukumati to’y marosimlari o’tkaziladigan joylar va yirik savdo markazlari (Toshkentda 142 ta to’yxona va 57 ta super va gipermarket mavjud), bozorlar yak’inida ham avtoturargohlar k’urish masalasini ko’rib chik’mok’da.
Комментарии 0