Toshkentdagi saylovning yakuniy natijalari elon qilindi — ozbekiston

Toshkentdagi saylovning yakuniy natijalari elon qilindi — o’zbekiston
Dushanba kuni Toshkent shahar khalq deputatlari tuman Kengashlari saylovining yakuniy natijalariga bagishlangan matbuot anjumani bulib utdi, deya khabar qildi UzA.
Toshkent shahar saylov komissiyasi raisi Hamid Karimov tashkil etilgan barcha 330 saylov okrugidan deputatlar tuliq saylanganini malum qildi.
Saylovda Toshkent shahrida ruykhatga olingan 1 million 560 mingdan ziyod saylovchilarning 1 million 267 mingdan ortiqrogi ishtirok etdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 81,2 foizini tashkil etadi.
Toshkent shahar khalq deputatlari tuman Kengashlariga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Uzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 137, Uzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan 54, Uzbekiston Khalq demokratik partiyasidan 49, Uzbekiston «Adolat» sosial-demokratik partiyasidan 37, shuningdek, fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlaridan 53 nafar fuqaro deputat etib saylandi.
Saylangan 330 deputatning 254 nafarini erkaklar, 76 nafarini ayollar tashkil etadi. 20 nafar deputat 30 yoshgacha bulgan yoshlardir.
Deputatlarning 87 nafari iqtisodchi, 34 nafari huquqshunos, 61 nafari pedagog, 43 nafari shifokor, 55 nafari muhandis va 50 nafari boshqa kasb egalaridir.
Eslatib utamiz, 2017 yil 24 dekabr kuni Toshkent shahar khalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov bulib utdi. Saylangan deputatlar uz vakolatlarini 2019 yil mamlakatimizda utkaziladigan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylovgacha amalga oshiradi.
Комментарии 0